Fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o


P.Shamsiyevning o‘zbek matnshunosligini rivojlantirishdagi o‘rni


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1644737
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Otaboyeva Sevinchoy. Matnshunoslik-MUSTAQIL-TA LIM

P.Shamsiyevning o‘zbek matnshunosligini rivojlantirishdagi o‘rni 
Porso Shamsiyev (1897.10.2, Buxoro — 1972.21.3, Toshkent) — navoiyshunos va 
matnshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1970), O‘zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan fan arbobi (1972). Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. 
30-yilarga qadar madrasa, maktab va maorif yo‘nalishidagi muassasalarda xizmat 
qilgan. O‘zbekiston Davlat nashriyoti (1931—36) va O‘quvpedagogika nashriyoti 
(1936—40) da muharrir, O‘z FAN nashriyotida muharrir (1941—45), Til va 
adabiyot intida katta ilmiy xodim (1945—72). 
«Adabiyotdan ish kitobi», «Adabiyot darsligi», «O‘zbek tili darsligi», «O‘qish 
kitobi» (1- va 2-kitoblar) muallifi. Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn», 
«Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlarining ilmiy-tanqidiy 
matnini nashrga tayyorlagan hamda shoir asarlarining 15 jildligini nashr etishda faol 
katnashgan. «Xamsa»ning ilmiy-tanqidiy matnini yaratib, mazkur matn yuzasidan 
amalga oshirilgan tekstologik tadqiqotlarini doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya 
etgan. 


Porso Shamsiyev, bundan tashqari, Xondamirning «Makorim ul-axloq» asarini fors 
tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan, Boburning «Boburnoma» (S.Mirzayev bilan 
hamkorlikda) asarining ilmiy nashrini yaratgan, 5 kitobdan iborat «O‘zbek 
adabiyoti» majmuasini tuzish, tahrir etish va izoxlar yozishda ishtirok etgan. Sh. 
Britaniya muzeyida saqlanayotgan va Abdujamilga nisbat berilgan «Tuhfat 
ul-salotin» asari mikrofilmini o‘rganib, uning Navoiy g‘azallaridan olingan va 
Abdujamil xattot tomonidan ko‘chirilgan shohbaytlar ekanini va mavzu bo‘yicha 45 
faslga bo‘linganini aniqlagan. 
Porso Shamsiyev G‘afur G‘ulomning 4 jildli «Tanlangan asarlar»i va 2 jildli 
«Adabiy-tanqidiy maqolalar»ini ham nashrga tayyorlagan. Porso Shamsiyev 
shuningdek, S.Ibrohimov bilan hamkorlikda «O‘zbek klassik adabiyoti lug‘ati» 
(1953) va «Navoiy asarlarining lug‘ati» (1972)ni tuzgan. 
Toshkent ko‘chalaridan biriga Porso Shamsiyevnomi berilgan. 
Porso Shamsiyev adabiy manbashunos va matnshunos. Porso Shamsiyevning noyob 
iste’dodi, chuqur bilim egasi ekani tekstologik tadqiqotlar jarayonida juda yorqin 
namoyon bo‘ladi. Porso Shamsiyevning o‘zbek klassik adabiyotining o‘ziga xos 
xususiyatlarini namoyon qiladi. Porso Shamsiyevning o‘zbek klassik adabiyotining 
o‘ziga va xususiyatlarini yaxshi bilishi, fors -tojik adabiyotidan puxta xabardorligi, 
arab va fors tillarini bilishi matnshunoslik faoliyatida katta yordam beradi. 
Ma’lumki,mumtoz adabiyotimiz namunalari, jumladan, Alisher Navoiy asarlari 
ustida tekstalogik ishlar olib borish uzoq davrlarda har xil saviyadagi kotiblar 
tomonidan ko‘chirilgan matnlarda jiddiy xatolar, chalkashliklarni bartaraf etish 
atroflicha chuqur bilim, o‘tkir ziyraklik, katta mas’ulyat hamda kasbga nisbatan 
kuchli muhabbat bilan ish olib borishlikni taqazo qilar edi.
Kundalik 
matbuotdagi 
matnshunoslik 
mavzusidagi
bahs-munozaralar 


Bugungi 
kunda matnshunoslik
, ayniqsa, Oʻzbekiston uchun dolzarb ahamiyatga 
ega. Chunki oʻlkamiz tarixi va madaniyatiga oid yuzlab bebaho asarlar hali nashr 
etilmasdan qoʻlyozma holida saqlanmoqda. Shularni hisobga olib, soʻnggi yillarda 
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik institutida matnshunoslik yetakchi ilmiy yoʻnalishlaridan biriga 
aylandi. 
Qoʻlyozmalar xazinasida saqlanayotgan qimmatli asarlarning ilmiy-tanqidiy 
matnlarini nashrga tayyorlashga jiddiy eʼtibor qaratildi. 
Sir emas
, bir necha nusxada 
yetib kelgan asar qoʻlyozmalari orasida ancha-muncha tafovutlar boʻlishi tabiiydir. 
Asarning turli nusxalari muqoyasa qilinib yaratilgan ilmiy matnigina tarjima va 
tadqiqotlar uchun ancha ishonchli boʻladi. 
Qolaversa, turli mavzuda izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar tarjima 
emas, 
balki asl matnga tayanishsa
, ularning tadqiqotlari koʻproq tosh bosadigan 
boʻladi. Asl matnda muhim atama va unvonlar asar yozilgan davrda qanday 
ishlatilgan boʻlsa, shunday yoziladi. Tarjimada ular oʻzgarishga uchrashi va boshqa 
baʼzi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin. 
Milliy fanimizning xalqaro obroʻsi bilan bogʻliq yana bir jihat borki, bizning 
tariximiz va madaniyatimizga oid asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlari Arab 
mamlakatlari (movarounnahrlik ulamolar kitoblari), Eron (fors tilidagi bir qancha 
tarixiy va adabiy manbalar), Amerika (Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” 
asarining Yuriy Bregel tarafidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni), Yaponiya 
(Muhammad Hakimxonning “Muntaxab ut-tavorix” 
asarining Yayoi Kavaxara

“Boburnoma”ning Eyji Mano tarafidan nashr etilgan ilmiy-tanqidiy matnlari) va 
boshqa 
mamlakatlar 
olimlari 
tomonidan 
nashr 
etilayotganida 
oʻzbek 
manbashunos-matnshunoslari 
bu ishda nainki ishtirok etish

balki faol kirishib
, bu 
sohada yetakchilikni oʻz qoʻllariga olishga burchlidirlar. 
O‘zbek matnshunosligi shakllanish bosqichlari 


Matnshunoslik sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biri 
bo‘lib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash hamda ularni nashr ettirishning 
nazariy va amaliy jihatlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslikning asosiy vazifasi 
qo‘lyozma yoki toshbosma nusxadagi muayyan asarning matnini muallif qalamidan 
chiqqan asl holatini tiklash va nashr ettirishdir. 
Izohli lug‘atda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi: “Matnshunoslik – 
adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning haqiqiy, 
asl matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab e’lon(nashr)qilish maqsadida 
ular ustida tadqiqotlar olib boruvchi yordamchi 
tarixiy-filologik fan sohasi

tekstologiya”1. 
O‘zbek tilida bu istiloh arabcha “matn” (ﻥتﻤ) lug‘aviy ma’nosi – mustahkam, pishiq, 
qattiq degani bo‘lib, qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi “shunos”(“tanimoq”, 
“bilmoq” ma’nolarini ifodalovchi forscha “shenoxtan” fe’lidan olingan) va turkiy 
“-lik” ot yasovchi qo‘shimcha tarkibidan yasalgan. 
XX asr boshlarida Turkistonda ham matnni tanqidiy o‘rganishga munosabat 
shakllana bordi. Turli matbaa yoki kutubxonalarning tashkil etilishi muayyan 
ma’noda matnshunoslik tarixini yangicha yo‘nalishda o‘rganishga sabab bo‘ldi. 
1920 yili martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti(Turkdavnashr) ta’sis 
etish haqida qaror qabul qilinadi. Bu O‘rta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti bo‘lib, 
unga o‘lkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qog‘oz taqsimoti va bosmaxona 
jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazifalari yuklandi. 
O‘tgan asr 20-yillaridan ilmiylik bosh mezon bo‘lgan o‘zbek adabiyotshunosligi 
alohida soha sifatida shakllana boshladi. Adabiyot tarixi tadqiqotchilari 
muntazam 
ravishda klassiklarimiz hayoti
, ijodiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon 
qilish bilan birga ularning asarlarini chop ettirish, ommalashtirishga ham jiddiy 
kirishdilar. Olib borilgan amaliy ishlar bevosita matnshunoslikning ilmiy 


shakllanishiga olib keldi. 
Matnshunoslik nashr ishlarining olib borilishi bilan rivoj topdi. O‘zbek 
matnshunosligining shakllanishi, rivojlanish usullari va metodlari mumtoz adabiyot 
namunalari nashr etilishi bilan bog‘liq. 
Arxeografiya yozma manbalarni qidirib topish, 
ilk tavsifga olish
, ilmiy muomalaga 
kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning 
turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda 
muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini 
ta’minlaydi. 
Germenevtika qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan shug‘ullanadi, 
matnshunoslik uchun germenevtika asarning qadimda tutgan o‘rni, asar umumiy 
mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi. 
Ekzegetika esa diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari 
bilan bevosita bog‘lanadi. 
Matnshunoslik, eng avvalo, ikki asosiy qismga bo‘linadi: amaliy va nazariy 
matnshunoslik. 
Nazariy 
matnshunoslik 
– 
sohaning 
umumiy 
masalalari

matnshunoslik tarixi, matn tuzish tadqiqot usullari hamda asosiy tamoyillari kabi 
masalalarning jamlanmasidir. Hozirgi kunda matnshunoslik nazariy yo‘nalishini 
ham rivojlantirish asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Amaliy matnshunoslik – muayyan asarning muallif qalamiga yaqin eng asl matnini 
tuzish, sharhlar bilan nashrga tayyorlashni bajaradi. Umuman, matnshunoslikning 
nazariy va amaliy ishlaridan maqsad, asarning muallif nusxasiga eng yaqin matnini 
yaratishdan iborat. 
Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlashda turli xil qarashlar mavjudligi 
kuzatiladi. Ba’zi olimlar matnshunoslik filologiyaning yordamchi tarmog‘i 
deb 
hisoblasalar
, boshqalari matnshunoslikni mustaqil fan sifatida e’tirof etishadi. 
Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlash matnshunoslikning tarixi, amaliy 


va nazariy yo‘nalishlari rivojlanishi, shu kungacha erishgan natijalari va kelajagiga 
bo‘lgan ilmiy doiraning mulohaza yoki fikrlarini ham ko‘rsatadi. 
O‘z tadqiqotlarini asosan qo‘lyozmalar bilan bog‘liq holda olib borgan 
adabiyotshunos A. Hayitmetov matnshunoslikni “adabiyotshunoslikning uzviy 
qismlaridan biri” deb yozadi.2 
A. Habibullaev esa matnshunoslikni “filologiya fanining adabiy, tarixiy, ilmiy 
asarlar hamda tarixiy hujjatlar matnini ilmiy-tanqidiy o‘rganish va nashr qilish bilan 
shug‘ullanuvchi sohasidir”3, – deb hisoblaydi. 
Adabiy manbalar ustidagi tadqiqotlarda matnshunoslikning nazariy asoslari ham 
bo‘lishi 
kerakligini qayd etarkan
, N. SHodmonov matnshunoslik masalalariga 
e’tibor qaratadi va matnshunoslik butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham 
alohida mustaqil fan sifatida e’tirof qilinganligini ta’kidlaydi.4 
Umuman olganda, matnshunoslikning fan yoki sohaga oid bo‘lishi haqida aniq 
xulosaga kelishning o‘zi munozaralidir. Ravshanki, matnshunoslik XIX asr 
o‘rtalarigacha to‘liq soha yoki 
fan sifatida shakllanmagan
, u XX asr boshlariga 
qadar adabiy, tarixiy asarlar nashrida zaruriy bo‘lib, vazifasi ham asosan amaliyot 
talablari bilan cheklangan. Matnshunoslik keyingi davrlarda nazariy ishlanmasi, 
metodikasi va vazifalarining aniq belgilanishiga erishdi. Bu kabi ilmiy-tadqiq 
natijalari uning inson bilim tizimida fan sifatida tavsiflanishiga olib keldi. Lekin 
matnshunoslikni filologiyaning tarixiy-adabiy dissiplinasi yoki maxsus sohasi deb 
ta’riflash ko‘proq uning imkoniyatlarini aniq va to‘la namoyon etadi. 
Matnshunoslikka fan deb yondashilganda esa, boshqa sohalar bilan bog‘liq 
aralashuvi yuzaga keladi va matnshunoslikning o‘ziga xos xususiyatlari yaqqol 
ko‘rinmaydi. 
Matnshunoslikning adabiyotshunoslik va tilshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni 
Matnshunoslik, tekstologiya — yordamchi tarixiyfilologik fan soxasi, adabiyot va 
folislorga oid qoʻlyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning aniq matnlarini 


aniqlash va tanqidiy oʻrganish, sharhlab eʼlon qilish maqsadida ular ustida 
tadqiqotlar olib boradi. M.ning vazifasi matnni har tomonlama tadrijiytanqidiy 
(matn tari-xiga chuqur kirib borish, matnni yaratishda foydalanilgan manbalarni, 
muallif taxrirlari, variantlari va boshqalar) oʻrganib, nashrga tayyorlashdan iborat. 
M.ning kuy-idagi asosiy xillari farqlanadi: antik, oʻrta asr va yangi adabiyot. Mas, 
kad. yunon olimi Aristarx (miloddan avvalgi 2-asr) Gomer asarlari matnini tanqidiy 
oʻrgangan. Sharq islom olamida 7-asrdan hozirgacha bir harfi oʻzgarmay, mashhur 
xattotlar tomonidan minglab nodir nusxalarda koʻchirilgan qoʻlyozmalardan biri 
muqaddas Qurʼoni Karim matnidir. Ular dunyoning turli joylaridagi kutubxonalarda 
saqlanadi. Uygʻonish davrida antik adabiyot yodgorliklarining dastlabki 
koʻrinishlarini, asliy matnlarini tiklashga qiziqish kuchaygan. 
Oʻzbekistonda M. oʻz tarixiga ega. 1400-yil davomida Oʻzbekiston olimlarining 
arab, fors va oʻzbek tilida yaratgan koʻplab yirik durdona asarlari oʻz davrida, undan 
keyingi davrlarda oʻrganilib, xattotlar tomonidan koʻchirilib, xatonuqsonlari boshqa 
nusxalar orqali toʻgʻrilanib, hozirgi kunimizga qadar yetkazib kelingan. Bu ishga rus 
olimlari V. V. Bartold, I. Yu. Krach-kovskiy, A. K. Borovkov, A. N. Kononov va 
boshqa ham munosib hissa qoʻshishdi. Respublikamizda M. boʻyicha ishlar 
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot, Sharqshu-noslik institutlarida olib 
borilmoqda. Alisher Navoiy asarlarining ilmiytanqidiy matnlarini tayyorlash va 
nashr ettirishni S. Ayniy ("Hamsa"ning qisqartirilgan nashri), O. Sharafiddinov, I. 
Sultonov ("Mezon ul-avzon"), A. N. Kononov ("Mahbub ul-qulub") va boshqa 
amalga oshirdilar. Matn-shunos olim P. Shamsiyev Navoiy "Hamsa"sining toʻla va 
yaxlit bir kitob holida nashrga tayyorlash borasida murakkab matnchiliktadqiqiy 
ishlar olib bordi. Natijada "Hamsa"ga kirgan besh doston: "Hayrat ul-abror", 
"Farhod va Shirin", "Layli va Maj-nun", "Sabʼai sayyor", "Saddi Iskandariy"larning 
barcha nashrlarini Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib va boshqa kotiblar 
tomonidan koʻchirilgan nusxalari bilan qiyoslab, "Hamsa"ning asl matniga yaqin 


keladigan ilmiytanqidiy matnini tayyorladi va 1960-yil nashr ettirdi. Hamid 
Sulaymonov Navoiyning "Xazoyin ulmaoniy" asari tanqidiy matnini tayyorlab 
nashr ettirdi (1958—61). S. Gʻaniyeva "Majolis unnafois" asari tanqidiy matnini 
tayyorladi. Oʻzbek olimlardan S. Mirzayev, Gʻ. Karimov, S. Mutallibov, S. 
Dolimov, R. Majidiylarning matnchilikdagi xizmatlari natijasida bir qator oʻzbek 
mumtoz shoirlarining asarlari nashr etildi. Yozuvchi va shoirlardan Abdulla 
Qodiriy, Choʻlpon, Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Usmon Nosir 
asarlari matnini nashr etishda ham M. ishlari amalga oshirildi. Oʻzbek xalq ogʻzaki 
ijodi asarlari matnini tayyorlash, nashr etish sohasida B. Karimov, H. Zarifov, 3. 
Karimova, M. Afzalov, T. Mirzayev, M. Murodov va boshqa xizmatini taʼkidlash 
mumkin 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling