Fan va ta’lim integratsiyasida innovatsion faoliyat adilova Munisa Furkatovna
Download 339.65 Kb. Pdf ko'rish
|
2-сон-7-14
Key words: educational space, innovation, integration, educational practice,
continuous education, innovative project; criteria for evaluating innovations, objects of pedagogical creativity. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 2 ~ 8 ~ KIRISH: Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko’plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fantexnikaning yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differentsiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Bunday sharoitda, yuqori malakali pedagoglarga bo’lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo’lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo’llash ko’nikma va malakasiga ega ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi. Fan va ta’lim integratsiyasi, shuningdek, nazariya va amaliyotning uyg’unligi muammolari doimo dolzarb bo’lib kelgan. Shubhasiz, integratsiya yangi sifat bilan tavsiflangan uyg’unlashuv asosida bir butunlikni yaratishning tarkibiy qismlarini boyitishga olib keladi. O’zbekiston o’z iqtisodiyotini rivojlantirishning innovatsion paradigmasiga o’tish davrida fan va ta’limning integratsiyasiga alohida qiziqish uyg’otdi. Chunki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining mazkur tarkibiy qismlari integratsiyasi mamlakatning innovatsion rivojlanishida muhim bo’lgan bo’g’in: ta’lim - tadqiqot - venchur loyihalar - innovatsiyalarni ommaviy rivojlantirish xavfsizligini ta’minlash muammosini hal qilishi mumkin. Bular albatta O’zbekiston iqtisodiyotining orqada qolishining oldini olishi bilan birga, innovatsion iqtisodiyot va axborot sivilizatsiyasining asosiy xususiyatlarini ta’lim sohasida amalga oshirishga yordam berishi uchun mo’ljallangan [1]. Shuni alohida ta’kidlash joizki, fan va ta’lim integratsiyasi, uning amaliy yo’nalishlarini hisobga olgan holda, nazariy-uslubiy asoslari hamda amalga oshirish shart-sharoitlarini anglash bilangina kafolatlangan ijobiy samara beradi [2]. Bunda aynan integratsiyaning kutilayotgan muvaffaqiyati uchun zarur shart-sharoitlarni tushunmaslik, balki fan va ta’lim o’rtasidagi aniq va maxsus dalillarni talab qilmasa- da uni etarlicha baholay olmaslik, shuningdek, ko’plab tadqiqotchi va etakchi olimlar ta’lim tizimiga muntazam ravishda ilmiy mahsulotlarni joriy etish darajasining etarli emasligini ta’kidlaydilar. Mana shunday qarama-qarshiliklarni biz ob’ektiv ravishda quyidagi holatlarda: • psixologiya va pedagogika fanlari bilan ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik va ushbu fanlar yutuqlarini o’quv amaliyotiga joriy etish mexanizmlarining nomukammalligida; • tadqiqotlar natijasida yaratilgan ilmiy mahsulotlarni ta’lim jarayonining tarkibiy qismlariga joriy etish va shuningdek, ilmiy natijalarni o’quv amaliyoti ob’ektlariga aylantirish zarurati mavjud bo’lgan sharoitlarda esa ilmiy-metodik vositalarning etarli emasligida ko’rishimiz mumkin. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 2 ~ 9 ~ Biroq shunga qaramasdan, ushbu qarama-qarshiliklarni ijtimoiy-iqtisodiy tizimning zaruriy bo’g’ini bo’lgan ta’limning innovatsion faoliyatida hal qilishimiz ham mumkin. Ya’ni psixologiya va pedagogika fanlari bilan ta’lim amaliyotini integratsiyalash mexanizmini ishlab chiqish orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shu jumladan ta’limda integratsiyalashuv jarayonining muvaffaqiyatli innovatsion o’zgarishlar natijasiga erishish mumkin [3]. Download 339.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling