“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metalmaslarga ta’siri
ISHQORIY METALLAR FIZIKAVIY XOSSALARI Litiy, natriy, kaliy va rubidiy erkin holda kulrang-oq rangli metallar, seziy esa oltinrang-sariq rangga ega. Bu metallarning barchalari juda yumshoq va mayishqoq. Litiy nisbatan qattiqroq, qolgan metallar pichoqda oson kesiladi. Barcha ishqoriy metalllarning zichligi kichik. Eng yengil metal- litiy, uning zichligi 0,53 g/sm 3 . Bu metallarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari past. Suyuqlanish temperaturalari tartib raqami ortgan sari pastlab boradi. Ularning barchasi juda aktiv bo‘lib, kavsharlangan ampulalarda hamda kerosin ostida saqlanadi. Ishqoriy metallarning ayrim fizik xossalari. Xossalari Li Na K Rb Cs Zichligi, kg/m 3 530 970 860 1530 1880 Suyuqlanish harorati,°S 180 98 64 40 29 Qaynash harorati,°S 1342 883 759 688 671 ISHQORIY METALLARNING KIMYOVIY XOSSALARI Barcha ishqoriy metallar juda aktiv, ular barcha kimyoviy reaksiyalarda qaytaruvchi xossa nomoyon qiladi. Ular o‘zlarining yagona valent elektronini berib, musbat zaryadlangan kationga aylanadi: M 0 - M + 1. Metalmaslarga ta’siri Ishqoriy metallar kislorod bilan oson reaksiyaga kirishadi. Lekin, har bir metalning reaksiyasi o‘ziga xos; Faqat litiy oksid hosil qiladi: 4Li + O 2 = 2Li 2 O, Natriy peroksid hosil qiladi: 2Na + O 2 = Na 2 O 2 , kaliy, rubidiy va seziy – nadperoksid xosil qiladi: K + O 2 = KO 2 . Barcha ishqoriy metallar galogenlar bilan ta’sirlashib galogenidlar hosil qiladi: 2Na + Cl 2 = 2NaCl. Vodorod, oltingugurt, fosfor, uglerod va kremniy bilan qizdirilganda ta’sirlashadi va Vodorod bilan gidridlar: 2Na + H 2 = 2NaH, Oltingugurt bilan sulfidlar: 2K + S = K 2 S, Fosfor bilan fosforidlar: 3K + P = K 3 P, Kremniy bilan silitsidlar: 4Cs + Si = Cs 4 Si, Litiy va natriy uglerod bilan karbidlar hosil qiladi: 2Li + 2C = Li 2 C 2 , kaliy, rubidiy va seziy karbidlar xosil qilmaydi, Azot faqat litiy bilan oson ta’sirlashadi, u xona temperaturasida litiy nitrid xosil qiladi: 6Li + N 2 = 2Li 3 N. 2. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling