“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g
ruxlash deb x,am ataladi. Buyumni ruxlash uchun u suyuqlantirilgan va
temperaturasi 450—480°S ga yetkazilgan ruxli vannaga botiriladi-da, ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin vannadan olinadi, bunda uning sirti rux bilan qoplanib (ruxlapib) qolgan bo‘ladi. Qalaydai temir tunuka, idish-tovok. va Shu kabi buyumlar sirtini qoplashda foydalaniladi. qalay qoplat oqartirish yoki qalay yugurtirish deb ham ataladi. Sirtiga qalay yugurtirilishi kerak bo‘lgan temir tunuka sulfat kislotaning kuchsiz eritmasi bilan ishlanib, uning sirtidagi oksidlar ketkaziladi, Shundan keyin, namni va oksidlarning qoldiqlarini ketkazish uchun, suyuqlantirilgan rux xloridga botirib olinadi. Ana Shu tarzda ishlov berilgan tunuka 270—300°S temperaturali suyuq qalay vannasiga tushiriladi va ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin vannadan olinib, chigit moyi, mol yog‘i yoki texnikaviy yor qatlami orqali o‘tkaziladi. Yog‘ qatlami qalay qoplamning qotishini susaytiradi, natijada qoplam bir tekis chiqadi. Qo‘rg‘oshin bilan qoplat texnologiyasi xuddi qalay bilan qoplash texnologiyasi kabidir. Farq faqat Shundaki, qo‘rg‘oshin bilan qoplashda 85% R va 15% Sn dan iborat suyuqlanma ishlatiladi va uning temperaturasi 340—350°S qilib turiladi. Qo‘rg‘oshin bilan qoplash usuli metall buyumlarni ba'zi kislota va eritmalarga chidamli qilish uchun qo‘llaniladi. Suyuqlantirilgan korroziyabardosh metallga botirish usulining afzalligi Shundaki, bu usul ancha oddiy bo‘lib, qoplam puxta chiqadi, kamchiligi; qoplam qalinligi bir tekis bo‘lmaydi va qoplash metalli ko‘p sarflanadi. Galvanik usul. Bu usulning mohiyati metall buyumga korroziyabardosh metallni elektr toki vositasida qoplashdan iborat. Buning uchun elektrolitik vannaga korroziyabardosh metall tuzining suvdagi eritmasi (elektrolit) solinadi, elektrolitga esa sirti qoplanishi kerak bo‘lgan buyum bilan korroziyabardosh metall plastinkasi tushiriladi. Buyum o‘zgarmas tok manbaining manfiy qutbiga, plastinka — musbat qutbiga ulanadi. Binobarin, buyum katod, plastinka esa anod bo‘ladi. Zanjirdan tok o‘tkazilganda elektroximiyaviy protsess sodir bo‘ladi, ya'ni anod (korroziyabardosh metall plastinkasi) zarrachalari elektrolit orqali o‘tib, katod (buyum) sirtiga o‘tiradi, natijada buyum korroziyabardosh metall bilan qoplanadi. Qoplam qalinligi tok kuchiga va tok o‘tish vaqtiga bog‘liq. Metallmaslar bilan qoplash. Metallmaslar bilan qoplash. usullari jumlasiga bo‘yash, emallash (sirlash), oksidlash, fosfatlash va boshqalar kiradi. Oksidlash. Oksidlashning mohiyati metall buyumlar sirtida korroziyadan himoyalovchi oksid pardalar hosil qilishdan iborat. Po‘lat buyumlar sirtida oksid pardalar termik, kimyoviy va elektrokimyoviy usullari bilan hosil qilinishi mumkin. Termik, usul buyumni havo yoki suv bug‘i muhitida qizdirishdan iborat. Bunda buyum sirtida qalinligi 3 mkm parda hosil bo‘ladi. Metallning tarkibi va oksidlash rejimiga qarab, parda har xil tusda bo‘lishi mumkin. Buyum 80% o‘yuvchi natriy va 20% natriy nitrat aralashmasida 25O...35O°S gacha qizdirilsa, kora tusli, 55% natriy nitrit bilan 45% natriy nitrat aralashmasida qizdirilganda esa ko‘k tusli parda hosil bo‘ladi. Po‘lat buyum sirtida qora tusli himoya-bezak pardasi hosil qilish uchun u 45O...47O°S gacha qizdirilib, zig‘ir moyiga botiriladi. Termik usul kesuvchi asboblarni va ba'zi mayda detallarni oksidlash uchun qo‘llaniladi. Elektrokimyoviy x.imoyalash. Bu usulning mohiyati Shundan iboratki, elektr o‘tkazuvchi suyuklikda (elektrolitda) ishlaydigan metall kismlarga protektor ulanadi. Masalan, dengiz kemasining po‘latdan yasalgan suv osti qismiga rux quymasi ulansa, po‘lat — rux galvanik jufti hosil bo‘ladi va bunda rux korroziyalanib, kemaning po‘lat qismi saqlanib qoladi. Elektrokimyoviy himoyalash usuli kemasozlik, samolyotsozlikda, bug‘ kozonlari, truboprovodlar va boshqalarda qo‘llaniladi. Metall tuzi eritmasi ta'sirida bo‘ladigan konstruktsiyalarni korroziyalanishdan saqlash uchun elektrik himoyalash deb ataladigan usuldan ham foydalaniladi. Bu usulning mohiyati Shundan iboratki, himoyalanishi kerak bo‘lgan metall konstruk- tsiya o‘zgarmas tok manbaining (dinamomashina, akkumulyator yoki tug‘rilagichning) manfiy qutbiga ulanadi, tok manbaining musbat qutbi esa biror metall, chunonchi, cho‘yan plastinka bilan tutashtiriladi. Natijada metall plastinka anod, konstruktsiya metali esa katod bo‘lib qoladi. Katodda vodorod ajralib chiqadi, eritmaning anod yonidagi qismi esa ishqorga aylanadi. Binobarin, bu- usuldan ishqorbardosh metallardan tayyorlangan konstruktsiyalarnigina korroziyadan saqlash mumkin. Legirlash. Qotishmalarni ba'zi elementlar bilan legirlash ham korroziyaning oldini olish usullaridan biridir. Legirlangan qotishmalardan tayyorlangan buyumlar juda agressiv muhitda ham korroziyabardosh bo‘ladi, chunki ularda turg‘un himoya pardalari bo‘ladi. Bunday qotishmalar jumlasiga, masalan, korroziyabardosh, olovbardosh va issiqbardosh po‘latlar kiradi. Diffuzion legirlash. Bu usulda metallarning sirtqi o‘avati korroziyabardosh metallar, masalan, alyuminiy, xrom bilan to‘yintiriladi, natijada metall normal temperaturadagina emas, balki yuqori (900°S gacha) temperaturada ham korroziyalanmaydigan bo‘lib qoladi. Qattiq qotishmalar bir kator metall karbidlaridan tashkil topgan va uch guruxga bo‘linadi; volfram-kobaltli qattiq qotishma (VK), titan-volfram-kobaltli qattiq qotishma (TK), titan-tantal-volfram-koboltli qattiq qotishma (TTK). Volframli qotishmalarning tarkibi kobalt (So) bilan bog‘langan Volfram karbidi donalaridan (WC) tashkil topgan. Ayrim hollarda vanadiy (VC), niobiy (NbC) va tantal (TaC) karbidlari ham qo‘shiladi. Titan-volframli qotishmalarning tarkibi kobolt bilan bog‘langan titan karbidlari (TiC) va WC-ning ko‘p donalaridan tashkil topgan. Titan-tantal-volframli qotishmalarning tarkibi kobalt bilan boglangan TiC- TaC-WC qattiq aralashma donalaridan va WC-ning ko‘p donalaridan tashkil topgan. Qattiq qotishmalar – qattiq va murt karbid donalaridan va kobalt fazalaridan, tashkil topgan bo‘ladi. Ko‘rinishi va sifati Belgilanishi Tavsifi Bir karbidli VK2, VK3, VK4, VK6, VK10, VK11, VK15, VK20, VK25, Raqam koboltning % dagi miqdori Ikki karbidli T60K6, T30K4, T15K6, T14K8, T5K10, T5K12, T8K7 Raqam titan karbidining, ikkinchisi kobolt karbidi, qolgani volfram karbidining % dagi miqdori Uch karbidli TT7K12, TT20K9, TT21K9, TT15K6, TT8K6, TT8K7, TT6K8, TT10K8B, Birinchi raqam titan va tantal karbidlarining yig‘indi miqdorini bildiradi TT20K9A, TT39K9 Oz volframli TV4 Volframsiz STU, NTN30, TNM25, MNT- L2 TM1, TM3 Niobiy bo‘lgan qotishmalar KNT16, TN20, TN25, TN30, TN50 Nikellomolibdenli bog‘lovchili qotishmalar Reniy va koboltli bog‘lovchilar VRK9, VRK15, R – reniy, raqam reniy va koboltning umumiy miqdori Yaxshilangan struktura bilan VK6VS, VK3M, VK10M, VK60M, VK10OM, VK15OM, VK6XOM, VK10XOM, VK15XOM, VK4V, VK8V, vk8VX, VK15VX, VK4M5, VK8MP, VK6LP, VK8LP, T5K12V VS – volframning youqori temperaturali karbidi. M – mayda zarrachali karbidkar, O – juda mayda zarrachali karbidkar, V –kuydirish uchun katta zarrachali kukun, X -xrom, VX- vanadiy xrom, MP – mayda mikronli kukun LP - legirlangan kukun “Haqiqat va rivoyat” metodi. Bu metod talabalarni o‘tilgan oldingi mavzular bo‘yicha bilimini baholashda qo‘l keladi. Buning uchun alohida vatman qogʼoziga daraxt rasmi chiziladi va unga mevalari osib qo‘yiladi. Mevalarda to‘gʼri va xato maʼlumotlar keltirilgan bo‘lib, ularni haqiqat va rivoyatga ajratish kerak bo‘ladi.Bu harakatlar ketma-ketligini to‘gʼri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan mavzu asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, maʼlumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu metod asosida tanlangan javoblar yozilgan kartochkalar “maxsus pochta” qutisiga yigʼiladi, har bir talabaning javoblari ragʼbatlantiriladi, agar noto‘gʼri javob berilsa olmani joyiga ilib quyiladi. Daraxt mevalarida quyidagi maʼlumotlar keltirilgan, ularni mos qutilarga ajrating. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling