“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g
Kimyoviy xossalari
Ishqoriy metallarning gidroksidlari parchalanmay suyuqlanadi, litiy gidroksid 600°S temperaturagacha qizdirilganda parchalanadi: 2LiOH = Li 2 O + H 2 O. Barcha gidroksidlar kuchli asos xossa nomoyon qiladi. Amalda suvda to‘liq dissosilanadi: NaOH = Na + + OH - . Metalmaslarning oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi: KOH + CO 2 = KHCO 3 ; 2NaOH + CO 2 = Na 2 CO 3 + H 2 O; 2KOH + 2NO 2 = KNO 3 + KNO 2 + H 2 O. Kislotalar bilan ta’sirlashadi, neytrallanish reaksiyasida qatnashadi: NaOH + HCl = NaCl + H 2 O; KOH + HNO 3 = KNO 3 + H 2 O. Tuzlar bilan almashinish reaksiyasida qatnashadi: 2NaOH + CuCl 2 = Cu(OH) 2 + 2NaCl. Galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi: 2KOH + Cl 2 = KClO + KCl + H 2 O (sovuq sharoitda); 6KOH + 3Cl 2 = KClO 3 + 5KCl + 3N 2 O (qizdirilganda). Suyultirilgan holda amfoter metallar va ularning oksidlari bilan ta’sirlashadi: 2KOH + Zn = K 2 ZnO 2 + H 2 ; 2KOH + ZnO = K 2 ZnO 2 + H 2 O. Gidroksidlar suvda eritilganda amfoter metallar, ularning oksidlari va gidroksidlari bilan ta’sirlashib gidroksokomplekslar hosil qiladi: 2NaOH + Be + 2H 2 O = Na 2 [Be(OH) 4 ] + H 2 ; 2NaOH + BeO + H 2 O = Na 2 [Be(OH) 4 ]; 2NaOH + Be(OH) 2 = Na 2 [Be(OH) 4 ]. Gidroksidlarning suvdagi eritmalari va suyuqlanmalari bor, kremniy va ularning oksidlari va kislotalari bilan reaksiyaga kirishadi: 4NaOH + 4B + 3O 2 = 4NaBO 2 + 2H 2 O (suyuqlanmasi); 2NaOH + Si + H 2 O = Na 2 SiO 3 + 2H 2 (eritmasi). Olinishi Litiy, natriy va kaliy gidroksidlari xloridlarining konsentrlangan eritmalarini elektroliz qilib olinadi. Bunda katodda vodorod, anodda xlor ajraladi: 2NaCl + 2H 2 O H 2 + 2NaOH + Cl 2 . Rubidiy va seziy gidroksidlari ularning tuzlaridan almashinish reaksiyasi yordamida olinadi: Rb 2 SO 4 + Ba(OH) 2 = 2RbOH + BaSO 4 . Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling