“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/24
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1580378
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g

ISHQORIY METALLARNI ANIQLASH 
Ishqoroy metallar va ularning birikmalarini o‘ziga xos alanga rangidan 
aniqlash mumkin: litiy – qizil rang; natriy –sariq rang; kaliy – siyohrang; rubidiy va 
seziy – pushti-siyohrangli alangalanadi. 
Kaliyli o‘g‘itlar 
K’pincha kaliyli tabiiy tuzlar maydalanib o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Ulardan 
silvinit NaCl · KCl va kainit KCl · MgSO
4
· 3H
2
O suvda yahshi erigani va tarkibida 
o‘g‘it miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham foydalaniladi. Lekin 
ayrim hollarda ularni qayta ishlab kaliyning xloridlari va sulfatlari olinadi. Bundan 
tashqari, tarkibida potash (kaliy karbonat) bo‘lgan torf va mahalliy o‘g‘itlarning 
zollari ham qishloq xo‘jaligida kaliyli o‘g‘it sifatida ishlatiladi. 
ISHQORIY METALLAR VA ULARNI BIRIKMALARINING 
QO‘LLANILISHI 
Alyuminiyli-litiyli qotishma aviatsiya va kosmik kemalarda ishlatiladi. 
Litiy – litiyli akkumulyatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi va bunday 
akkumulyatorlar kardiostimulyator sifatida ishlatiladi.


Natriy va kaliy atom reaktorlari va aviatsiya dvigatellarida issiqlikni tutuvchi 
sifatida ishlatiladi. 
Natriy bug‘i lyuminatsiyalangan yoritgichlarda foydalaniladi.
Natriy kauchuk ishlab chiqarishda katalizator sifatida ishlatiladi. 
Natriy – kaliy, titan, tsirkoniy va tantal ishlab chiqarishda va benzin 
yoqilg‘ilari detonatsiyasini pasaytiruvchi tetraetilqo‘rg‘oshinga qo‘shimcha sifatida 
ishlatiladi. 
Natriy va kaliy peroksidlar suv osti kemalari va kosmik kemalarda 
kislorodni qayta tiklash uchun foydalaniladi. 
Kaliy gidroksid suyuq sovun va oyna ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 
Natriy gidroksid qog‘oz, sun’iy matolar, sovun ishlab chiqarishda, neft 
qurilmalarini tozalashda, sun’iy tolalar va ishqoriy akkumulyatorlar ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladi. 
Natriy xlorid – oziq-ovqat maxsulotlari va natriy xamda uning birikmalarini 
olish uchun hom ashyo, tibbiyotda fiziologik eritmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling