Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha
Download 193.31 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy ijod
- Pedagogik ijod
2. Ijod turlari
Ijod turlari ijodning mohiyati haqidagi tasavvurlarning xususiyati bilan belgilanadi. Jumladan, soha olimlaridan I.Kant ijod jarayonini maxsus tahlildan o‘tkazdi va unga insonning tasavvuri mahsuli deb qaradi. Ijodni shartli ravishda ikki bo‘lish mumkin. 1. Ilmiy ijod 2. Badiiy ijod. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki ijod turi rivojlangan bo‘lishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’yektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning sub’yektiv, o‘ziga xos qarashlari, his-tuyg‘ulari aks etadi. Badiiy ijodda hayotning turfa ranglari hamda voqealari orasidan ibratli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lganlari tanlab olinadi va badiiy umumlashtiriladi. Ijodning taraqqiy etishida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bilan birga yaratuvchilikning o‘ziga xos tomoni turli g‘oyalar, turli xil faoliyat turidagi hayoliy fantaziyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Unga ko‘ra: Ilmiy ijod – turli xil kashfiyotlar. Yakuniy mahsulot – bilim. Badiiy ijod – dunyodagi estetik asos, go‘zallikka intilishdir. Yakuniy mahsulot –badiiy tasvirdir (she’r, rasm, haykal). Texnik ijod – amaliy va texnologik rivojlanishdir. Yakuniy mahsulot –mexanizm yoki dizayndir. Bola ijodkorligi – bolaning tasavvuf jarayoni, uning tasavvuridir. Pedagogik ijod – ijodiy yondashuv asosida yangi bilimlarni o‘rgatishdir. 3. O‘quvchi texnik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari O‘quvchilar texnik ijodkorligining mazmuni ularning yoshlariga qarab tanlanadi. Jumladan: I-IV sinflarda elementar bilimlar; V-IX sinflarda asosiy chuqur texnik tayyorgarlikka ega bo‘lgan bilimlar; X-XI sinflarda o‘quvchilar tanlagan kasbi bo‘yicha ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatlariga oid bilimlar shakllantiriladi. Egallangan bilim va ko‘nikmalarga tayangan holda o‘quvchilarning texnik ijodkorligi mazmuni kengayib boradi. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish va uni rivojlantirishning besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy-ilmiy jixatlar asoslangan. Ular quyidagilardan iborat: 1-daraja. O‘quvchilarning buyumning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish kiritib, berilgan hujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi. 2-daraja. O‘quvchining instruksiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga yoki alohida sxemaga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi. 3-daraja. O‘quvchining buyumni, uning konstruksiyasini dastlabki original variantini takomillashtirib va texnologik hujjat yoki sxemaga mustaqil holda o‘zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi. 4-daraja. O‘quvchining original konstruktorlik g‘oyasini mustaqil holda texnologik jihatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni uddalay olishi. 5-daraja. O‘quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionlizatorlik g‘oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera olishi, hujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara olishi. Shuni ta’kidlash zarurki, o‘qituvchi o‘quvchining ijodiy tayyorgarligi darajasini baholash uchun emas, balki har bir o‘quvchining ijodiy o‘sish imkoniyatlarini hisobga olishi muhim hisoblanadi. Download 193.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling