Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Kassa muomalalarini hisobga olish


Download 2.21 Mb.
bet28/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

2. Kassa muomalalarini hisobga olish
Kassa muomalalarini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli Qarori bilan tasdiklangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Bevosita korxona kassasidan naqd pulni olish va sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari jumladan kiradi. Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z kassalarida nakd pul qoldikdari chegarasida nakd pullarni saklab turishlari va ularni tushumdan olib, me’yorlar chegarasida foydalanishlari mumkin.
Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi tuzib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruk chiqkanidan sung korxona rahbari uni o‘pimalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini xech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga extiyoj tugilganida korxona rahbarining Qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishini tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa xollarda) uning tegishili boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga utkazadi. Bunda kayta hisoblashish natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi.
Korxona rahbari pul mablag‘larining kassada but saqlanishini ta’minlaydigan shart sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jixrzlangan alohida xona, seyf o‘rnatilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surguchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muxr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar, kutichalarda korxona rahbarida turadi.

Kassir nakd pul belgilari va tangalarni kassaga qabul kilib olishda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining to‘lovga yaroklilik alomatlarini aniqlash qoidalariga rioya qilishi lozim. Bu qoidalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ishonchliligiga shubha tugdirmaydigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Gerbining tasviri


ataylab buzish alomatlari bulmagan, shuningdek bo‘zilish tarzidan qat’iy nazar yuza tomoni (ungi)da qiymatining to‘liq miqdori va tasviri saqlangan xarfli seriya va rakamlari to‘liq saqlangan kogoz pullar va tangalar to‘lovga yarokli hisoblanadi.
Quyidagi kamchiliklarga ega bo‘lgan kogoz pullarni korxonalar tushum sifatida so‘zsiz qabul qilishi va bankka topshirishi shart:
  • yirtilgan va shu yirtilgan joyidan elimlab yopishtirilgan, lekin ikkala kism ham


    bir kogoz pulga tegishli bo‘lgan kogoz pullar;
  • buyok tegib, o‘z rangini o‘zgartirgan joylari bo‘lgan kogoz pullar;


  • to‘liq kattaligi saklanib kolmagan kogoz pullar.


Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to‘lash, nafaka berish, xizmat safari xarajatlarini koplash va boshqa maksadlar uchun sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maksadlar uchun sarflanishi lozim.


Korxona kassasiga nakd pullarni qabul qilish KO-1 shaklidagi kassa kirim orderi bilan amalga oshiriladi. U ikki kiemdan iborat: kirim orderi (blankning chap kismi) va unga oid kvitantsiya (ung kismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergal shaxs tomonidan imzolanadi. Kirim orderini kassaga topshirishdan oldin, albatta, kirim va chiqim xujjatlarini kayd qilish jurnalida (Ko-3 yoki KO-4 shakli) kayd qilinishi lozim. Jurnal ikki kiemdan iborat: chap kismida kassaga kelib tushgan pul mablag‘lari, ung kismida sarflangan pul mablag‘lari kayd qilinadi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling