Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


-mavzu. Hisob-kitob, valyuta va maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga olish


Download 2.21 Mb.
bet31/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

6-mavzu. Hisob-kitob, valyuta va maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga olish
Reja:
1.Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi.

2. Maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga olish
3. Valyuta muomalalari hisobi
4. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni yuritish
1.Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi.
Korxonalar boshqa yuridik shaxslar, davlat nazorat organlari va boshqa tashkilotlar ba’zan bo‘ladigan hisob-kitoblarini asosan nakd pulsiz hisob-kitoblar kurinishida amalga
oshiradi. Mablag‘larni bir xisob rakamidan ikkinchi hisob-rakamiga nakd pul ishtirokisiz, pul o‘tkazish yuli bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar nakd pulsiz hisob-kitoblar deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasi xududida nakd pulsiz hisob-kitoblar 1995 yil 4 sentyabr- dagi «O‘zbekiston Respublikasida nakd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish to‘g‘risida”gi 60-yo‘riqnomaga asosan olib boriladi.
Nakd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
    • korxona, tashkilotlar o‘z pul mablag‘larini (o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari bankda saklashlari lozim;


    • barcha nakd pulsiz hisob-kitoblar bank orqali utishi kerak


    • xo‘jalik organlari hisob-kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustaxkamlab kuyishlari mumkin;


    • xo‘jalik organlarining hisob-kitoblar bo‘yicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmasligi kerak


  • to‘lovlar xo‘jalik organlarining hisobrakamidagi mablag‘lari hisobidan,


    bank krediti hisobidan amalga oshirishi mumkin;

to‘lov qoidasi mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol berish etkazib to‘g‘risidagi shartnoma asosida kelishib olinadi;


- mol etkazib beruvchining hisobraqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish mazkur
mablag‘larning mol sotib oluvchining hisobrakamidan uchirilganidan keyin amalga
oshiriladi.
Bank muassasasida hisob-kitob schyotini ochish uchun korxona quyidagilarni taqdim qilishi lozim:
  • Hisobvaraqni ochish haqida ariza (0401025-shakl); uni korxona rahbari imzolashi


    shart;
  • korxonaning davlat ruyxatidan o‘tkazilganligi haqida xujjat;


imzolar namunalari va muxr nusxasi tushirilgan, notarius tasdikdagan varaqcha (0401026-shakl);


korxonani tuzish haqidagi ta’sis shartnoma (muassisning Qarori, ta’sischilar umumiy yigilishining Qarori) nusxasi;
- soliq organida ruyxatdan o‘tganligi va identifikatsiyalashgan soliq to‘lovchi
nomeri berilganligi to‘g‘risida notariusda tasdiqlangan guvoxnoma ko‘chirmasi yoki shaxs
soliq to‘lovchi sub’ekt emasligi to‘g‘risida ma’lumot.
Korxonaning hisobvarag‘ida olingan materiallar, asosiy vositalar uchun mol yuboruvchiga tulanmalari, byudjetdan, ijtimoiy sugurtadan bo‘lgan qarzni to‘lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun tulangan pul mablag‘lari aks ettiriladi. Odatda, bank tomonidan xar kanday pul utkazib berish yoki nakd pul korxona yoki hisobvaraqdsh tasarruf etuvchining buyrugi yoki u bilan kelishilgan amalga oshiriladi. Lekin bank quyidagi xollarda korxona roziligini olmay tashkilotlarning xujjatlari bo‘yicha uning hisob-kitob schyotidan pulni majburiy u beradi: moliya va soliq organlarining buyrugi bo‘yicha tulanmagan soliq va yip shuningdek ular bo‘yicha jarima va bokimandalar summasini; kondirilgan dat summasini - ijro varaklari, xo‘jalik sudining buyrugi bo‘yicha; kreditdan foydal ligi uchun foiz summasini; bank tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar summasini.
Hisob-kitob schyoti bo‘yicha barcha muomalalar hisob-kitob schyotining egasi roziligi bilan belgilangan shakldagi to‘lov (bank) xujjatlari asosida amalga oshiriladi.
To‘lov shakllari deganda, odatda, huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan, kreditor hiobigas mablag‘larni o‘tkazish usuli, hisob-kitob xujjati turi va xujjatlar aylanishi tartibi bilan farklanuvchi nakd pulsiz to‘lovlar shartlari ko‘zda tutiladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling