Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Download 2.21 Mb.
bet34/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

To‘lov talabnomasi hisob-kitob xujjati bulib, mol etkazib beruvchi yuk jo‘natuvchi va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O‘zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va vlarni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkassa uchun to‘lovchiidan muayyan summani bank orqali to‘lash talab qilingan hisob-kitob xujjatiniim etadi. To‘lovchilarning aktseptli yoki aktseptsiz talabli hisob-kitoblari korxona o‘rtasida yuklab junatilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilganatlar uchun, boshqa to‘lovlar bo‘yicha esa - amaldagi konunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan xollarda kullanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy xujjat, shartnoma bandiga, albatta, xavola qilinishi kerak.
Olingan aktsept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aktsept muddati tugagan kunning ertasiga tulanadi. To‘lovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bank muassasasiga mazkur muassasasi talabnomani olgan kundan sung 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunini Hisobga olmaganda, aktseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish xuquqiga egadir. Zarurat tug‘ilganda korxonaning so‘roviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aktsepti muddatiini 10 kunga qadar o‘zaytirishi mumkin. Bank tomonidan 10 kun mobaynida rozilik (aktsepti) olinmagan takdirda bunday talabnomalar bank muassasasiga kaytarilib, xujjat aktseptlanmagani ko‘rsatiladi. Aktseptdan voz kechishlarni qabul qilish xukuki berilgan mansabdor shaxslar doirasi bank rahbari tomonidan belgilanadi..
Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi korxonalar hisobvaraq-
laridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan uchirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: byudjetga to‘lovlar bo‘yicha , jarimalarni undirishda va mablag‘larni xisobdan o‘chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning farmonlari bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan xujjatlar bo‘yicha. Mablag‘larnihisobvaraqlardan so‘zsiz tartibda hisobdan uchirish undiruvchilarning to‘lov talabnoma-torshiriknomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling