Fanidan joriy nazorat mavzu: Angliya va Fransiyada Klassik Maktabning Shakllanishi. Bajardi
Fiziokratizm. F.Kene va A.Tyurgoning iqtisodiy bilimlari
Download 186.71 Kb.
|
BEGZOD5565
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransua Kene
5.Fiziokratizm. F.Kene va A.Tyurgoning iqtisodiy bilimlari
XVIII asrning o‘rtalarida Fransiyada iqtisodiy bilimlar tarixida fiziokratizm yo‘nalishi yuzaga keldi. Bu ta’limot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy, butun zanjirning ajralmas qismi sifatida muxim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vaqillari F.Kene, A. Tyurgo mamlakatdagi usha davr iqtisodiy xolatini xar tomonlama taxlil etib iqtisodiyotning muxim kategoriyalari bo‘yicha kimmatli fikrlarni berdilar. Ular fermerlarni ximoya qilgan xolda avvalo Merkantilizmdan vos kechib, boylikning asosiy manbai mexnat va yer ekanligini ko‘rsatdilar. "Tabiiy tartib" konsepsiyasi asosida "Unumli mexnat" "Sof maxsulot", kapital to‘g‘risidagi bilimlar ilgari surildi. Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baxolar, erkin raqobat davlatning iqtisodga kam aralashuvi "Tabiiy xol" deb tan olindi. Ularning fikricha, qiymat iste’mol qiymati bo‘lib, xatto tabiat, yer in’omi sifatida talqin etiladi. Shundan dexqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto‘g‘ri fikrning paydo bo‘lishi Fransiyaning usha davrdagi axvoli (agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir. Kapital tushunchaning kiritilishi va uning boshlangish va yillik bunak kabi ikki qismga bo‘linishi iqtisodiyot tarixida muxim kadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital g‘oyalari ham kelib chikadi. Fransua Kene (1694-1774) ҳar tomonlama keng bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida kambag’al deҳqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan medistinaga xavas qo’ydi, qishloq jarroҳidan dars oldi, medistina amaliyoti unga shuҳrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo’ldi va Versal saroyig’a (Lyudovik XV qirol saroyig’a) o’tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi. 1744 yilda medistina doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752 yildan esa Lyudovik XV xonadonida tabiblik qildi. Medistina va biologiyaga oid ko’pg’ina asarlar yaratdi. Eng muҳimi shuki, u oltmish yoshidan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug’ullana boshladi. F.Kenening g’oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o’zini F.Kene shog’irdi yoki davomchisi deb ҳisoblamagan. U Parijda normand dvoryanlar oilasida tug’ildi, Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatdi, ammo bu soҳada ishlamadi. 1751 yildan Parij parlamentining chinovnigi, 1761-1774 yillarda Limojda intendant (ҳarbiy qismda xo’jalik mudiri), 1774-1776 yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Lyudovik XVI davrida moliya vaziri sifatida bir qancha antifeodal isloҳotlar o’tkazdi (don savdosidagi cheklashni yo’q qildi, savdo gildiyalarini tugatdi...), ammo bu o’zgarishlar Tyur’o iste’foga chiqqach, bekor qilindi. U ҳam F.Kene singari Didro, DAlamber va ularning yordamchilari tomonidan chiqarilayotgan « Qomus»ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar yozdi. A.Tyurgo ҳayoti va ijodida progressiv chinovnik Vensan Gurne katta rol o’ynadi. U fiziokratlardan ancha farqli ravishda sanoat va savdoning mamlakat ravnaqidag’i rolini to’g’ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi mashҳur laissez faire, laissez passer(bu tamoyilga ko’ra, iqtisodiyot davlat aralashuvisiz rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar qatori ҳunarmandchilikdagi stex cheklashlariga qarshi chiqdi, erkin raqobatni qo’llab-quvvatladi. A.Tyurgo V.’urne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kene xuzurida ko’p bo’lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo’lsa ҳam, ko’p soҳalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Tyurgo Parijda A.Smit bilan ҳam uchrashgan. Download 186.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling