Fanidan joriy nazorat mavzu: Angliya va Fransiyada Klassik Maktabning Shakllanishi. Bajardi
XVII-XVIII asrlarda Fransiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining xususiyatlari va uni P.Buagilberg qarashlarida aks etishi
Download 186.71 Kb.
|
BEGZOD5565
- Bu sahifa navigatsiya:
- Per Buagilber
- Boylik, pul va o’lponlarning tabiati to’g’risida mulohaza
4.XVII-XVIII asrlarda Fransiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining xususiyatlari va uni P.Buagilberg qarashlarida aks etishi.
Angliyada klassik iqtisodiy g’oyalarning boshlanishi V.Petti nomi bilan bog’liq bo’lsa, Franstiyada P.Buag’ilber bilan boshlanadi, bu G’’oyalar Ang’liyada Rikardo bilan intixosig’a etg’an bo’lsa, Franstiyada Sismondi bilan yakunlanadi.Franstiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muxit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. Franstiyada feodal munosabatlar ҳali ҳam kuchli bo’lib, qirollar («qirol - quyosh - Lyudovik XIV») va uning atrofidagilar tomonidan qattiq ҳimoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilg’an siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo’jalig’ining’ ziyoniga o’tkazildi, feodal munosabatlar to’la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua inqilobi XVII asrda bo’lib o’tdi, vaҳolanki Franstiyada bu inqilob XVIII asr oxirida ro’y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishg’a to’siq edi. Manufakturalar paydo bo’ldi, ammo rivoj topmadi. Stex tizimi saqlangan bo’lib, rivojga to’siq edi. Yer masalasi to’la ҳal etilmadi, «Senoriysiz yer yo’q» tamoyili saqlandi, mayda yer egaligi, deҳqonlarning turli soliq va yig’imlarga maҳkum etilganligi ularni bu tizimda yerni yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantirmas edi, vaҳolanki aҳolining 3/4 qismi deҳqonlar bo’lib, ular bu soҳada tushkunlikda edi. Shu sababli bu soҳada islohotlar o’tkazish zarur bo’lgan, ammo unga shu davrdagi tizim xalaqit berardi. Ichki bozor tor bo’lib, kapitalistik tadbirkorlikning o’sishig’a yo’l bermasdi. Bu sinf asosiy soliq to’lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to’lamagan, shaҳar burjuaziyasi ҳali nisbatan kam sonli, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi. Yana bir muҳim to’siq - bu urushlar edi. Franstiya olib borgan urushlar tufayli mablag’larning’ asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. Qirol saroyidagi bazmi jamshidlar ҳam davlat xazinasiga katta ziyon keltirar edi. Demak, Franstiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal munosabatlar o’zining chuqqisiga chiqqan edi vaholanki Angliyada burjua inqilobi bo’lib, kapitalistik munosabatlar tez shakllana boshladi. Franstiyada yuqori tabaqa barcha erning egasiga aylandi, deҳqonlar shaxsan ozod bulsalar ҳam, feodal majburiyatlar niҳoyatda ko’p edi. Ana shunday sharoit Franstiyaning’ XVII asr oxiri - XVIII asr boshidag’i sostial-iqtisodiy aҳvoli klassik iqtisodiyotning Franstiyadag’i asoschilaridan biri bo’lgan Per Buagilber(1646-1714) ning iqtisodiy qarashlariga katta ta’sir ko’rsatdi. Per Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo’lib, de Buagilber - bu oila yer pomestesining nomi edi. Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi. Per Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma’lumot olg’ach, adabiyot bilan shug’ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-ҳunar sudya (ҳakam) lavozimini eg’alladi; deҳqonlar ishini olib bordi; o’z ko’zi bilan ularning nochor aҳvoliga guvox bo’ldi; u bu lavozimni umri oxirigacha saqlab qoldi va katta o’g’liga topshirdi; o’zini «qishloq xo’jalig’ining’ advokati - ҳimoyachisi» deb atadi. Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boylig’i konstepstiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, g’o’sht, kiyim-kechak va boshqalardan iboratdir. Ҳatto yerga va pulga egalikning o’zi boylikni ta’minlaydi. Agar er ishlanmasa, pul esa ҳayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak)g’a almashtirilmasa bunday «boylik» egasi qashshoqlikka maҳkum etiladi. Shu sababli jamiyatda pulni ko’paytirish emas, balki ishlab chiqarishni o’stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi ҳisoblanishi kerak. Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos erkin raqobat sharoitida iqtisodiyotda avtomatik mo’tadillik mavjud bo’lat tovarlar va xizmatlar qiymatini belgilashda ҳarajatlar qoidasiga amal qilinadi milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat manfaatlaridan ustunlig’i tan olinadi xo’jalikҳayotida pulning mustaqil va aҳamiyatli roliga etarli baҳo berilmaydi va boshqalar. Buag’ilber sanoat va savdoni kamsitish yo’li bilan qishloq xo’jaligining ro’li ataylab mutlaqlashtirgan. Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat (egoizm)ning jamiyat uchun aҳamiyati Buagilberning bu muloҳazalari iqtisodiy ta’limotlarning keyingi yuz yillikdagi rivojiga katta ta’sir etdi. Jamiyat boyligi va iqtisodiy o’sish buyicha prinstipial jiҳatdan ikki xil qarash mavjud. Buag’ilber o’zining’ «Boylik, pul va o’lponlarning tabiati to’g’risida mulohaza» asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro’y berishini yorqin va obrazli ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat etishmovchilikdangina emas, ortiqcha boylikdan ҳam olishilar mumkin ekan. Tasavvur qilingki, deydi u, 10-12 odam bir-biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-ovqat ko’p, ammo boshqa ҳech narsa yo’q; ikkinchisida esa kiyim-kechak serob, uchinchisida ichimliklar ko’p va hokazo, ammo ular bu maҳsulotlarni almasha olmaydilar. Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbai almashuv soҳasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi. Buag’ilber V.Pettidan ҳoli, mustaqil ravishda qiymatning meҳnat nazariyasiga asos soldi, u bozor baҳosi va «ҳaqiqiy baҳo»ni farqlagan, «ҳaqiqiy baҳo meҳnat sarfi bilan bel’ilanadi», deg’an. U ҳaqiqiy baҳo deganda, ishlab chiqarishning’ turli tarmoqlari o’rtasida meҳnat taqsimotining’ to’g’ri proporstiyasini tushungan. Shunday proporstional taqsimotning zaruriy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yotadi. V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat’iy ravishda inkor etgan, shunday zaruratga eҳtiyoj yo’q degan. Agar V.Pettining diqqat markazida pullar v boshqa tovarlar o’rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo’lsa, Buagilberning e’tibori tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya’ni tovarlarning’ to’g’ridan-to’g’ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa ҳarakterli ediki, u pulga keskin qarshi bo’lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning manbai mujassamlangan, tovarlarning «ҳaqiqiy baҳo» asosida almashuvi buzilishining sababi ҳam shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baҳolaydi, pulg’a qarshi mutaassiblik (fanatizm) bilan kurashadi. Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste’molni qondirishda deb xato o’ylagan ( tavar iste’mol va almashuv uchun kerak). Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sarflangan ish vaqtiga teng’lashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomonini saqlagan xolda uning salbiy tomonlarini tug’atishni orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati asosiy bo’lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rolni o’ynaydi. Aslida ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Buag’ilber qarashlaridagi cheklanganlik (faqat deҳqonlarni ҳimoya qilishi, sanoat va savdoni etarlicha baҳolamasligi), bizningcha tarixan bo’lib, Franstiya kapitalizmi rivojining xususiyatlaridan kelib chiqadi, nazariy jiҳatdan orqaga qarash bor. Agar Angliyada sanoat, savdo va xatto qishloq xo’jalig’ida kapitalistik munosabatlar to’la g’alaba qozong’an bo’lsa, uning iqtisodiyoti meҳnat taqsimoti, raqobat, kapital va ishchi kuchlarining’ faollig’i bilan ҳarakterlanar edi; Franstiyada esa bu munosabatlar endi shakllana boshlag’an edi Download 186.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling