Fanidan kursi sh I mavzu


- jahon bozorida raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish


Download 1.37 Mb.
bet11/12
Sana26.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1066861
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
iqtisod nazariya kurs ishi

- jahon bozorida raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish

Milliy
valyutani
qadrlash va
undan tejab-
tergab
foydalanish



- qat’iy moliyaviykredit siyosatini izchillik bilan o ‘tkazish;
- kredit resurslaridan samarali va muayyan maqsad yo‘lida foydalanish



- aholi va korxonalar tomonidan moliyaviy resurslardan tejamli foydalanishni kuchaytirish;
- kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash;
- kredit resurslarini eng ko‘p samara beradigan sohalarga yo‘naltirish

Inflyatsiyaga
qarshi
baquvvat,
puxta
o ‘ylangan
siyosat
o'tkazish



- milliy valyutaning
yuksak to‘lov
qobiliyatini uzoq
muddat davomida
saqlab qolishini
ta’minlash;
- ishlab chiqarish
hajmi bilan
to‘lovga qobil
talabning o‘sishi
o'rtasidagi maqbul
nisbatni ta’minlash



- muomalaga chiqariladigan har bir so‘mning muayyan tovarlar bilan ta’minlanishiga erishish;
- savdo korxonalarining ishini tubdan yaxshilash;
- iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatning
moddiy hajmi ko'payishiga bevosita
bog‘liq qilib qo‘yish;
- naqd pul va kredit emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga
yo‘l qo'ymaslik

Bu belgilangan dasturlarning izchil ravishda amalga oshirilishi milliy valyutamizning mustahkamlanishiga, qat’iy valyutalarga nisbatan uning almashuv kursining barqarorlashuviga ahamiyatli darajada ta’sir ko'rsatadi.


Milliy valyutamiz so‘mning barqarorligini ta’minlash, uning xarid quwatini oshirish doimiy ravishda davlatimizning e’tiborida bo‘lib, uning chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Uning bir misoli sifatida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan farmonini aytish mumkin. Bu farmonda “ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash” bandi kiritilgan. Bundan tashqari ushbu harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar hajmini, turini ko‘paytirish, sifatini oshirish, ular sotiladigan bozorlar miqyosi va geografiyasini kengaytirishning bir qancha yo‘nalishlari, chora-tadbirlari belgilangan bo‘lib, ular milliy valyutamiz barqarorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.

Xulosa

Tovar-pul munosabatlari mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘ liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsirftlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi. Tovar qiymatini aniqlash borasida iqtisodiyot nazariyasida asosan ikki xil yo‘nalishdagi yondashuv mavjud: qiymatning mehnat nazariyasi, naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyalari. Birinchi nazariya tovar qiymatini unda mujassamlashgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari tashkil qiladi desa, ikkinchi nazariya tovarning qiymatini uning nafliligi, ayniqsa keyingi qo‘shilgan tovar nafliligi belgilab beradi, deb ko‘rsatadi.


Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar.
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog‘oz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to‘g‘risida so‘z yuritilganda, Amerika, G‘arbiy Yevropa va Rossiyada chop etilgan iqtisodiy adabiyotlarning ko‘pchiligida qog‘oz pulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar.
Tovar ishlab chiqaruvchilarni qiymat qonuni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag‘batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq sarflashga erishib bozor narxlarida sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan deb bo‘lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika yangiliklarini, samarali ishlab chiqarish usullarini o‘z vaqtida qo‘llab turmasalar, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.
Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi. Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo‘ladi. Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o‘rin tutadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalent bo‘lib emas, balki o‘z egasining qo‘lida foyda, daromad olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, o‘zidan-o‘zi o‘suvchi qiymatga, bir so‘z bilan aytganda kapitalga aylanadi. Pul kapital sifatida muomalada bo‘ladi, unga qo‘shimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan maxsus vositaga aylanadi.
Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar-pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va uning rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi.
O’ylashimcha, bizning bozorlarimizda xaridorlar “Xo’rozqand chet elniki deyishsa, yotib olib yalashadi” tamoyilida ish ko’rishadi. Bizning hozirgi kundagi vazifamiz iste’molchilarga o’zimizning mahsulotlarimizning, milliy tovarlarimizning chet elnikidan qolishmasligini isbotlash va shu bilan birgalikda milliy tovarlarning narxlari arzonroq ekanini, ya’ni iste’molchilar daromadlarini ancha tejashlarini tushunishlariga ko’maklashishimiz darkor.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling