Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet11/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

CHokar — O'rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo'lgan qurollangan yigitlar guruhi.
Ixshid — Sug’d hokimlarining nasabi, unvoni. Tarixiy ma'lumotlarga Sug’d arab halifaligi tomonidan istilo qilingunga qadar bu erda 13 ixshid hukmronlik qilib turgan.
Bo'dun — chorvador aholi, qora bo'dun — qora xalq.
Ilk O'rta asrlarda O'rta Osiyoda feodal munosabatlarining o'rnatilishi bilan ilk o'rta asr shaharlari vujudga kela boshladi. Bu davrda ayrim markaziy shaharlarining tashqi devorlariga tutashgan joylarda hunarmandchilik mavzelari paydo bo'ladi. Atrofi devor bilan o'ralmagan bu istehkomsiz mavzelar manbalarda «rabot» nomi bilan eslatiladi. Keyinchalik rabotlar ham devor bilan o'rab olinadi. Rabotlarda hunarmandchilik mahallarlaridan tashqari savdogarlar, o'zga yurtlardan kelgan musofirlar uchun karvonsaroy, bozor, ibodatxona va daxmalar qad ko'taradi.
SHunday qilib, shaharlar yonboshida rabodlarning qad ko'tarishi bilan ilk o'rta asrlarda ular uch qismli bo'lib qoladi. Uning podshox qasri joylashgan qismi «ark», ichki shahar, «shaxriston» deb yuritiladi. SHaharning uchala qismi ham alohida — alohida devorlar bilan o'rab olinadi. Ularning bir nechta darvozalari bo'lgan. Manbalarda ta'rif etilishicha, VIII asrda Buxoro besh qismidan iborat bo'lib, u besh qator devorlar xalqasi bilan o'ralgan edi. SHahar devorlari bo'ylab oqib o'tgan anxor xandaq vazifasini bajargan.
Ilk o'rta asrlarda shahar va qishloq aholisi «naf» deyilgan. Ijtimoiy jixatdan u bir nechta tabaqaga bo'lingan. Mulkdorlar «ozod», shahar hunarmandlari «ozodkor», ziroatkorlar «kashovarz», xizmatkorlar «korikor», mute qo'shchilar «kadivar», qul va cho'rilar: erkaklar

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling