Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet7/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Ahuramazda — Zardo'shtiylik xudosi bo'lib, yorug’lik, obodonlik, farovonlik, salomatlik kabi hamma ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi xudo sifatida ifodalangan.
Ahriman — zulmat, qorong’ulik, ochlik, vabo, sovuq, zaxarli jonivorlarni yaratuvchi va boshqaruvchi yovuzliklar xudosi.
Zardo'shtiylik urf—odatiga ko'ra o'lgan kishi dafn qilinmagan. Jasadni qushlarga em bo'lishi uchun maxsus baland joyga quyilgan. Suyaklari tozalanib, qushlarga em bo'lishi uchun maxsus idish «ossuariy» — «suyakdon, ostadon»larda saqlaganlar. Ular nous deb ataluvchi maxsus binolarga qo'yilgan.
Ahamoniylar — mil. av.gi 558—330 yillarda eronda hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga mil. av.gi VIII asrda elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i Ahmon asos solgan. Kir I davrida O'rta Osiyo hududlari ham Ahamoniylar sulolasiga bo'ysundirilgan. Uning davrida Qadimgi SHarqning katta qismi o'z hukmronligiga bo'ysundiriladi va Ahamoniylarning buyuk imperiyasi tuziladi Ahamoniylar sulolasi vakillari: Ahmon (Xaxomanshi), CHish-pish, Kir I, Kambiz I, Kir II, Kambiz II, Doro I, Kserks I, Ortokseroks I, Kserks II, Sekudian II, Doro II, Ortokserks II, Ortokserks III, Arses, Doro III.
Gerodotning yozishicha, Ahamoniylar bosib olgan hududlarni satrapliklarga bo'lib idora qilganlar. Ularning soni 20 ta bo'lgan. O'rta Osiyo hududi esa uchta satraplikka bo'lingan.
Satraplik — Ahamoniylar, salavkiylar, Parfiya va sosoniylar davlatlaridagi ma'muriy — hududiy tuzilma. Forscha «Xshatra» — «viloyat» so'zidan kelib chiqqan. Har bir satraplik belgilangan miqdorda soliq to'lashga majbur bo'lgan.
Satrap — viloyat boshlig’i bo'lib, u cheklanmagan vakolatlarga ega edi. Mil. av.gi IV asrning oxirlarida O'rta Osiyoga Aleksandr Makedonskiyning yurishi boshlanadi. Bu davrda O'rta Osiyo xalqlarining harbiy san'ati yuqori darajada bo'lgan. Xanjar «akg’ainak» atalgan, jangovor bolta «sagiris» deb nomlangan.
Spitamen —O'rta Osiyoning yirik qo'mondoni va Makedonskiyga qarshi mil. av.gi 329— 327 yillarda Marokandda ko'tarilgan qo'zg’olon rahbari.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling