Fanidan ma'ruzalar matni


-mavzu. O’rta Osiyodagi davlatlarning tarixiy atamalari (qadimgi davrdan arablar bosqinchiligigacha)


Download 127.98 Kb.
bet4/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

2-mavzu. O’rta Osiyodagi davlatlarning tarixiy atamalari (qadimgi davrdan arablar
bosqinchiligigacha)

Reja:

  1. O’rta Osiyodagi Qadimgi davlatlar tarixiga oid siyosiy atamalar.

  2. Qadimgi O’rta osiyo tarixiga oid iqtisodiy atamalar.

  3. Qadimgi O’rta Osiyo madaniyatiga oid madaniy atamalar.

O'rta Osiyo, shu jumladan, O'zbekiston ulkan tarixiy o'tmishga ega. O'lkamiz ushbu tarixni o'z ajdodlari qo'li bilan uzoq ming yilliklar davomida yaratdiki, bu esa uning insoniyatning paydo bo'lib o'z tsivilizatsiyaviy hudud barpo etganidan dalolat beradi.
O'rta Osiyoning ilk davlatlarida tarixiy atamalar og’zaki nutqning shakllanishi hamda Qadimgi xorazm, so'g’d, baqtriya hamda turkiy tilning kelib chiqishi bilan shakllandi. O'rta Osiyo hududida tarixiy atamalarning shakllanishida forsiy (Eron) atamalar ham ta'sir etgan. Bundan tashqari VIII —IX asrlarda arab tilidan o'zlashgan atamalar, garchi ular O'rta Osiyo atamashunosligida etakchi, aniqlovchi o'rin egallamagan bo'lsa ham keng qo'llanib kelingan. Ba'zi atamalarning paydo bo'lishi O'rta Osiyoga XVI — XVII asrlarda ko'chmanchi o'zbeklarning kirib kelishi bilan bog’liqdir. Avvalo O'rta Osiyo hududida qadimgi davrlardagi atamalarga to'xtalsak.
Mil. av.gi IX — VIII asrlarda O'zbekiston hududida ilk temir asriga o'tish boshlangan.
Temirning xo'jalikda keng qo'llanishi natijasida hunarmandchilik, savdo taraqqiy etib, ilk shaharlar, davlatlar vujudga kelgan. Davlatlar vujudga kelishi mil. av.gi VII — VI asrlarga to'g’ri keladi. Bu davrda O'zbekiston hududida so'g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget kabi elatlar yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug’ullangan ko'plab aholi istiqomat qilgan. YOzma manbalarda bu hudud So'g’da («Avesto»da), Sug’uda (Bexistun yozuvlarida), Arrian, Kurtsiy Ruf, Strabon asarlarida Sug’diyona deb nomlangan.
Bu hududda yashagan aholi so'g’diylar deb atalgan. Ularning o'z yozuvlari hamda tili ham mavjud bo'lgan.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling