Dionis - vinochilik, Afrodita-dastlab hosil, keyinchalik sevgi va go'zallik, ayni paytda dengiz sayoxatchilari homiysi bo'lgan.
Afina - Zevsning qizi bo'lib, u urush, g’alaba, san'at, bilim, donolik ma'budasi bo'lgan.
Politizm (yunoncha theos - xudo) — ko'pxudolik, ko'pxudolikka inonish SHuningdek, Afina shaxrining homiysi bo'lgan.
Gefest — temirchilik xudosi hisoblangan.
Germes — savdo — sotiq xudosi
Mitraizm - esa Rim imperiyasidagi asosiy diniy e'tiqodlardan hisoblangan. Uning nomi Mitradan olingan bo'lib, ilk Mitra kul’tidan farq qilgan Mitraizm SHarqda Rim legionerlari orasida tarqalib, Flaviy davrida Rimga ko'chirilgan o'z mazmuni va diniy an'anasiga ko'ra Mitra Rim imperiyasidagi barcha aholi qatlamlari kayfiyatlariga mos kelgan, ammo ko'proq Rim legionerlarining manfaatlariga mos kelgan. Mitraizmning er osti ibodatxonalari Rim imperiyasining Britaniyadan to Parfiyagacha bo'lgan Ulkan hududlaridan ko'plab topilgan. Mitraizm uzoq vaqt Rim imperiyasida xristianlik diniga muholif bo'lgan.
Patritsiylar - Qadimgi Rimning eng qadimgi tub aholisi bo'lib, buning ma'nosi lotincha pater — ota so'zidan olingan. Italiyaning boshqa joylaridan ko'chib kelgan odamlar va ularning avlodlarini plebeylar deb atashganlar.
Polis (yun polls lot civita;») —shahar—davlat, Qadimgi Italiyadagi davlat va jamiyatning ijtimoiy — iqtisodiy va siyosiy tashkiloti hisoblangan. Polislar teng xuquqli grajdanlardan iborat bo'lib, ularning xar biri er egaligi va siyosiy erkinliklarga ega bo'lgan. Polisda hokimiyat shakli turlicha (oligarxiya, demokrachiya) bo'lgan.
En — Messopatamiyada mil avv III—II ming yilliklarda shahar— davlatlar nomi enlarni oliy ruhoniy boshqargan. Uni lugal’ deb ham atashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |