Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- strateg
- Ellinlashtirish
- Katta yuechj:i
Maroqanda — Samarqandning yunoncha nomi. Mil. av.gi VII — VI asrlarda Maroqanda o'rnida mudofaa devorlar bilan o'ralgan qishloq bo'lgan. YUnon tarixchilari Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf, Strabonning ma'lumotlariga ko'ra mil. av.gi 329 yilida A.Makedonskiy So'g’diyona poytaxti Maroqandni zabt etib, vayron qilgan, so'ngra o'zining harbiy garnizoni uchun qal'ani qayta tiklagan. So'g’diylar Spitamen boshchiligida bu bosqinchilarga qarshi kurashgan, qo'zg’olon bostirilgach, Makedonskiy Marokandni yana vayron qilishni buyurgan. Maroqand keyinchalik Semizkent, Samarqand nomini olgan.
Iskandar vafotidan so'ng O'rta Osiyo Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Salavka ham bu erdagi erlarni satrapliklarga bo'ldi. Satraplikdagi davlat mudofaasi va qo'shinlarini tashkil etish ishlari bilan strateg shug’ullangan. YUnon va Makedon istilolaridan boshlab O'rta Osiyo viloyatlari madaniyati tarixida antik (yunoncha «qadimgi») davr boshlandi. Bu hol SHarq va G’arb o'rtasida madaniy munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, Baqtriya madaniyatida yunon madaniyatining ta'siri sezila boshladi. Ellinlashtirish — SHarqda yunon madaniyatining yoyilish jarayoni, aralash madaniyatining — yunon va mahalliy SHarq madaniyatining tashkil topish jarayoni. YUechji — ulkan ko'chmanchi qabila bo'lib, eramizdan avvalgi II asr o'rtalarida Tyan’shan tog’lari g’arbidan Dun’xuandan sharqqa tomon Labnor ko'ligacha bo'lgan hududda, hozirgi Xitoyning Gan’su provintsiyasi hududlariga to'g’ri keladi. YUechjilar xaqida ma'lumotlar. Qadimgi Xitoy yozma manbalari (Ban Gu, Sima TSzyan’)da uchraydi. YUechjilar Kushon podsholigi tizimida katta rol’ uynagan. etnik tarkibi haligacha o'rganilmagan (SHarqiy eronliklar, xindoYevropaliklar, turklar). Yuechjilar tili Baqtriya shaharlaridan va qabilalarining nomlaridan bo'lak saqlanib qolmagan. etnik qiyofalari Holchayondagi skul’pturalarda, tangalarda va boshqa yodgorliklarda saqlanib qolgan. Mil. av.gi II asr o'rtalarida YUechjilar Xunnlar siquvi ostida Ili daryosi vodiysiga qochishga majbur bo'lganlar keyinroq mil. av.gi II asr o'rtalarida Xunnlar tazyiqi kuchaygach, janubga SHimoliy Baqtriya hududlariga ko'chganlar. G’arb ko'chgan YUechjilar «Katta yuechj:i», Nan’shan toglarida qolganlari esa «Kichik YUechji» nomini oldilar. Keyinroq YUechjilar butun Baqtriyani ishg’ol qildilar va o'zlarining konfederativ davlatini tuzdilar. Bu konfederatsiyalar: Xyumi (Syumi) SHuanmi Guyshuan’ Xisi. Xuanmi Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling