Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet18/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Amir al—mo'minin - mo'minlarning hukmdori Ilk Islom davrida halifalarning keng qo'llanilgan unvoni. Bu unvonni dastlab halifa Umar olgan. Keyinchalik barcha halifalar degan ma'noni anglatadi.
Anbiyoi — izom - Ulug’ payrambarlar degan ma'noni anglatadi.
Ansorlar - Islom tarixida 622 yilda Makkadan Madinaga ko'chib kelgan musulmonlarga va ularning Payg’ambari Rasululloh Muhammad sallolohu alayhi vasallamga yordam bergan va islom dinini qabul qilgan madinalik avs va xazraj qabilalarining a’zolariga nisbatan qo'llanilgan nom. Ansorlar Makkadan qochib kelgan muxojirlar bilan birga ilk musulmonlar jamoasini tashkil kilgan.
Baytullox - Makka Islom dinining yagona markaziga aylanganligidan keyin Olloxning uyi — Ka'baga berilgan nom.
Baytulmol - Islom mamlakatlarida davlatga qarashli qimmatbaho buyumlar, mol— mulklar hamda egasiz qolib davlat ixtiyoriga o'tgan mol— mulk va shu mol—mulk saqlanadigan maxsus joy xazina.
Bid'at - Islom dinidagi rasmiy ta'limotlarga qarshi yangi fikr va aqidalar Islom Muhammad (S A V )dan keyin paydo bo'lgan unsur va qoidalar.
Buroq - rivoyat bo'yicha me'roj kechasi Makkadan Baytul muqaddasga keyin osmonga Muhammad (CAB )ni olib ketgan otning nomi.
Umra - Islom an'anasida kichik xaj Ka'ba ziyoratiga boriladigan muayyan kunlardan boshqa vaqtda Makkaga borib xaj qilish «kichik xaj» deb hisoblangan va umra deb atalgan.
Fatvo - Islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, xuquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror hukm yoki izoh. Fatvo diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan bajarilishi kerak. Fatvo Qur'on, xadislar va shariatga yoki ilgari berilgan fatvolarga asoslanishi kerak.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling