Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet56/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Millatlar Ligasi (1919—1946) - xalqlarning tinchligi va xavfsizligi yo'llaridagi hamkorlikni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot. Fashist davlatlar ittifoqiga befarq qaraganligi uchun ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin amalda o'z faoliyatini to'xtatdi.
Boshqaruvning parlament shakli (parlament — fr. Parlez — gapirmoq) — qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining va vazifalari aniq taqsimlanganda parlamentning imtiyozli mavkyaga ega bo'lishi. Parlament deputatlari hukumatni shakllantiradilar, bosh vazirni va konstitutsiyaviy nazorat organlarini saylaydilar.
Konservatorlar (lot. «conservator» — «muxofazakor», «saqlovchi») — konservativ qarashlar maslakdoshlari, u yoki bu islohotlar yoxud o'zgarishlarga qarshilar.
Interventsiya — bir yoki bir necha davlatning boshqa davlat ichki ishlariga zo'ravonlik bilan aralashuvi, uning suverenitetini buzish.
Dominion (ingl. Dominion — mulk, hokimiyat) — Britaniya imperiyasi tarkibida bo'lgan, ingliz qirolini o'z rahbari deb e'tirof etuvchi davlat (1867 yildan Kanada, 1901 yildan Avstraliya ittifoqi, 1097 yildan YAngi Zelandiya va boshqalar.).
Reyxstag (nem. Reich — davlat, Tag — majlis) — 1867 yildan 1945 yilgacha Germaniya parlamentining nomi. YAlpi saylov xuquqi asosida saylangan xukumat Reyxstag oldida javob bermas edi. 1933—1945 yillarda u rasman saqlanib, hukumat bayonotlarini (reyxstag nomidan) e'lon qilish va qulay vositaga aylandi.
Reyxsrat (nem. Reich davlat, Rat kengash) — 1919—1934 yillarda Germaniya parlamentining o'lka va viloyatlar vakillaridan iborat bo'lgan, qonunchilik va boshqaruv masalalari bo'yicha mas'ul palatasi. Natsistlar tomonidan 1934 yilda Germaniyaning federativ tuzilishi bekor qilingan paytda tarqatib yuborilgan.
Reyxsver (nem. Reich — davlat, Werh — mudofaa) — 1919—1935 yillarda Germaniya qurolli kuchlari. 1919 yilgi Versal’ tinchlik shartnomasi asosida tashkil etilgan. 1935 yil 16 martda Germaniya bir tomonlama tarzda Versal’ shartnomasining harbiy moddalarini bekor qildi va yalpi harbiy majburiyatni joriy etdi.
Xunta (ispan. Junta — yigin, birlashma) — xukumatni g’ayriqonuniy ravishda egallovchi va diktatorlik usullari bilan hukmronlik qiluvchi fitnachilar guruhi (Ispaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari). 1991 yil avgustida Moskvada ham sobiq SSSRni saqlab q,olish maqsadida GKCHPchilar urinish qilgan edi. Ammo bu xunta demokratik kuchlar tomonidan bartaraf etilgan edi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling