Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet58/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

«Sovuq urush» — bu atama Ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga keldi, kapitalistik davlatlarning sobik Sovet Ittifoqi va boshqa sotsialistik mamlakatlarga nisbatan kullagan siyosati. «Sovuq urush» siyosatiga AQSH va G’arbdagi boshqa mamlakatlar eng reaktsiey kuchlarining manfaatlari sabab bo'lgan, uning elementlari AQSH va Buyuk Britaniya hukmron doiralarining xatti — xarakatlarida Ikkinchi jahon urushi tugamasdan ilgariyoq namoyon bo'lgan edi. Ingliz siyosiy arbobi U. CHerchilning 1946 yil 5 martda Fultonda (AQSH) so'zlagan nutqi sotsializm dunyosiga G’arb tomonidan «Sovuq urush»ni oshkora e'lon qilish bo'lgan edi. Bu nuqta, aslida, «Sovuq urush» dasturida bayon qilib berilgan edi. 1947 yilda u sobiq SSSRga qarshi G’arbi Yevropaning harbiy blokini tuzish loyixasini ham ko'tarib chikdi. «Sovuq urush» uchun kuch ishlatish xavfini solish, diktatorlikka intilish, sotsialistik davlatlarga qarshi iqtisodiy blokada tashkil ztish va ko'poruvchilik faoliyati olib borishga urinish, qurollanish poygasini va harbiy tayyorgarlikni butun choralar bilan tezlashtirish, agressiv bloklar va ittifoqlarni tuzish «psihologik urush» xarakterini avj oldirish xarakterlidir. «Sovuq urush» va u vujudga keltirgan tashqi siyosiy kontseptsiyalar va doktrinalar — «zuravonlik siyosati», «kommunizmni uloqtirib tashlash», «urush yoqasida tutish» va boshqa G’arb mamlakatlari eng reaktsion monopolistik doiralarining manfaatlaridan kelib chiqqan edi. Xalqaro keskinlikning oshib ketishi va jahon urushining boshlanib ketish xavfi «Sovuq urush» natijasi bo'ldi.
Kuchlar nisbatidagi o'zgarishlar asosida jahonda xalqaro munosabatlarning butun sistemasida qayta qurilish ro'y bermoqda. So'nggi yillarda «Sovuq urush»dan xalqaro keskinlikni yumshatish tomon, ijtimoiy tuzumi turlicha bo'lgan davlatlar o'rtasidagi munosabatlar amaliyotida tinch-totuv yashash printsipini qaror toptirish tomon burilish qilishga erishildi.
«London klubi» — matbuotda qo'llaniladigan ibora bo'lib, yadro texnologiyasi, asbob— uskuna va materiallar etkazib beruvchi bir guruh davlatlarni bildiradi. Bu guruhga Rossiya, AQSH, Angliya, Frantsiya, Germaniya, .CHexiya, Pol’sha, YAponiya, Kanada, Italiya va ba'zi boshqa eksporterlar kiradi. eksporterlarning 1975—1977 yillarda Londonda bo'lib o'tgan qator kengashlarida yadro asbob—uskunalarini va materiallarni eksport qilishga nisbatan ba'zi bir muhim printsiplarni qo'llash to'g’risida ana shu mamlakatlar o'rtasida bitimga kelindi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling