Fanidan mustaqil ishi mavzu: «Iqtisodiy tahlilning oddiy-an`anaviy usullari» Bajardi


Download 95 Kb.
bet2/11
Sana16.04.2023
Hajmi95 Kb.
#1360104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil va audit Mavzu Iqtisodiy tahlilning oddiy an`anaviy

Demak,korxonalar faoliyatini to'liq va samarali o'rganish uchun iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish hamda har bir tahlil turini to'liq o'rganish zarur ekan, Bu bilan iqtisodiy tahlilni analitiklik tavsifi yanada oshadi hamda boshqaruv maqsadlari uchun yetarli ma'lumotlarni yetkazib bera oladi. Iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish zarurati zamirida boshqaruv funksiyalari va ularing murakkabligi yotadi. Iqtisodiy tahlilni faqatgina bir belgi bo'yicha turlarga ajratib o'rganish murakkab tavsif kasb etadi

IQTISODIY TAHLILNING METODI

Iqtisodiy tahlilning metodi - korxonadagi xo'jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o'zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulida o'rganishdir. Ijtimoiy iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo'jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko'rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko'rsatkichlarning o'zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning o'zaro bog'liqliklarini aniqlash hamda hisobkitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o'ziga xos jihatlaridir.

Metodining mazmuniga ko'ra tahlil vositasida xo'jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarini o'rganishda dialektik yondashuv, ya'ni har bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan sifat o'zgarishiga va yangi sifatning paydo bo'lishi, inkorni - inkor qilish, qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi - ilg'or voqeliklarning paydo bo'lishi kabi xususiyatga ega bo'ladi. Dialektik yondashuv va uning barcha usullari ho'jalik jarayonlarini o'rganishda, tahlil qilishda korxona faoliyatini barcha bosqichlarida qo'llaniladi. Iqtisodiy tahlil metodining ta'rifida uning e'tiborli jihatlari ham ko'rsatilgan. Jumladan, xo'jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil qilishda juda ko'plab ko'rsatkichlardan foydalanish zarurligi. Tahlil uchun kerak bo'lgan ko'rsatkichlar, ularning turi hamda miqdori o'rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va davriga bog'liq bo'ladi. Hatto, tahlil natijasida avvaldan mo'ljallanmagan yangi ko'rsatkichlar ham hisoblab topilishi mumkin. Mazkur holat iqtisodiy tahlil metodining o'ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.


Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling