Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Morfologik usul bilan sifat yasalishi


Download 1.09 Mb.
bet17/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Morfologik usul bilan sifat yasalishi. Morfologik usul bilan sifat yasalishi uzoq, tarixga ega bo’lgan asosiy usuldir.Sifat yasalishiga asos bo’lgan o'zak morfema ism yoki fe'l turkumiga oid bo’lishiga qarab yasovchi morfemalar ham ismlardan yoki fe'llardan sifat yasovchi tarzida ikkiga bo’linadi.
Sifat yasovchi affikslar tarixan ko’p bo'lmagan, ular hozir ham unchalik ko’p emas. Tekshirilayotgan davr tilida ular qo’llanish darajasiga ko’ra bir xil emas: ba'zilari unumli, ba'zilari esa unumsizdir.
Otlardan sifat yasovchi affikslar. Otlar turkumiga oid so’zlardan sifat yasashda quyidagi affikslar qo’llangan.
-li'g’\lig,-luq\lug’,-luk\lug’. Ushbu affiks variantlari­ning ishlatilishidagi fonetik sharoit quyidagicha:
Tarkibida lablanmagan unlilardan biri bo’lgan bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so'nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ko’p bo’g’inli qattiq negizlarga affiksning asosan lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga esa old qator variantlari qo’shiladi: ag’i'zli'q, yazli'q, bag’li'g’, tatli'q, yashli'q, qanli'q, biliglig, qorg’anli'q, atli'q, yevlik, yamag'li’q, kechalik.
Lablangan unlili bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so’nggi bo’g’inda lablangan unlisi bo’lgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo’shiladi: boyluq, qayg’uluq, otluq, anduhluq, kychlyk, yyzlyk, olturushluk. Ba'zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili negizlarga affiksning lablangan variantlari, shuningdek, orqa qator variantlari yumshoq o’zaklarga va aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —XIX asrlarda ko’proq kuzatiladi.
-li\li,-lyi,-ly. Bu affiks variantlarining ishlatilishida ham asosan singarmonizm qonuniyatiga amal qilingan: old qator variantlari yumshoq negizlarga, orqa qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilgan: kendli', yag’i',tatli',men’zli,biligli,yarali kabi. Lablangan –lu\-ly variantlarining qo’llanishida boshqacharoq manzara kuzatiladi; singarmonizm qonuniga binoan tarkibida lab unlilaridan biri bo’lgan bir bo’g’inli yoki so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ikki yoki ko’p bo’g’inli qattiq negizlarga affiksning orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo'shiladi: otlu,tug’lu,Ko’zly,yuzlu,ko’rykly. Lekin bunday shakllar siyrak uchraydi. Ko’p hollarda lablangan unlisi bo’lmagan so’zlarga ham affiksning lablangan variantlari aksincha, lablangan unlili so’zlarga affiksning lablanmagan variantlari qo’shilish hollari mavjud:

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling