Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet15/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

O’rin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi:
-da\da’ jarangli undosh va unli bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: Qayg’uda za'if boldi' (Rabg’).
-ta\ta’ jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga q’shiladi. Bu ishta ixti'yari'm yoq turur (Atoiy). Tani'maqta magar yani’lmi’sh-sen (Nav.SS).
O’rin-payt kelishigining –ta\ta' affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da\da’ affiksi qo’shila bergan.
Chiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud:
-di'n\din unli va jarangli undosh bilan tugagan so'zlarga qo’shiladi: Charx qasri'di'n quyash har kun tushar alamara (Nav.SS).
-ti'n\tin jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: Sen bashti'n ayaq jan-sen (MN). Lekin jarangsiz undoshlar bilan tugagan so’z negizlariga ham -di'n\din affiksi qo’shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan so’zlarga ham –tin\ti'n affiksining qo’shilishi qayd qilinadi: Xojandti'n Axsi'g’a kelur (BN).
-dan\da’n\tan\ta’n. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular fakultativ xarakterdadir: Uch kundin so’n zindandan chiqardi'lar (Rabg’.).
Chiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid so’zning –dun\du’n\tun\tu’n affikslari so’zning oxirgi bo’g’inlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qo'shiladi. Bu affikslar faqat «O’g’uznoma»da uchraydi: Qirq kundun so’n,ko’p to’qushg’udun so’n, anun ko’zu ko’ktun ko'krak yerdi.
Til tarixi faktlari shuni ko’rsatadiki chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda shakllangan bo’lib, uning o’rnini ma’lum davrlarda o’rin-payt kelishigi vazifasini bajargan. Eski o’zbek xususiyat qadimgi turkiy tilga xos bo’lsa ham, eski o’zbek adabiy tilida chiqish kelishigi ma'nosida o’rin-formasi qo’llangan: Bashi'ni' uch yerda yardi'lar (Tafsir).Bu ishlarda birini qi'lsangi'z (Rabg’.).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling