Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet13/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qo’shimchasi ko’p variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qo’shila bergan:
-ni'n\\nin. Mazkur qo’shimcha har qanday negizlarga qo’shila beradi: qoychi'ni'n iti (Taf.). Yelchinin shahdli'q zahri' shishasi... (Nav.SS). Bu qo’shimcha XV asrgacha bo’lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bo’lmagan negizlarga qo’shilgan.
Qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi bo’g’inda lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo’shiladi: Rasulnin so’zi (Taf.). Xarunnun aqli' (Rabg’.). Ko’zunnun alli'da nargis kelib qati'g’ ko’zlug.. .(Nav.SS). Bu qo’shimchaning yuqoridagi negizlarga qo’shilishi XV-XV1 asrlargacha davom etgan. Shuningdek, bu qonuniyatdan chekinish hollari uchraydi: Ko’znin niyati (Atoiy), xalqnun ranji' (Taf.).
-i'n\in\yn. Qadimgi turkiy tilda undosh bilan tugagan negizlarga qo’shiladigan bu qo’shimchalar eski o’zbek tilida uchraydi. Lekin uning qo’llanishi ayrim so’z shakllarigagina xosdir. Bu davr yodnomalaridan mazkur qo’shimcha faqat «Tafsir»da ancha keng qo’llangandir: ul yelin yevlari, anlari'n yevlari.
-un qo’shimchasi. Bu qo’shimcha kim olmoshi bilangina qo’llangan: Sen kimun o’g’li'-sen?
Qaratqich kelishigi qo’shimchasining bunday variantlari singarmonizmli turkiy tillarda va singarmonizmli o’zbek shevalarida ham uchraydi.
Bu kelishikning belgisiz qo’llanishi eski o’zbek adabiy tili uchun ham xarakterli bo’lgan: Mulk ikki bag’i' ikki alam \\ Sultanli'g’ yerur sana musallam (Nav.SS).
Tushum kelishigi. Eski o’zbek adabiy tilida tushum kelishigi –ni \\ n\\i'\\i variantlariga ega bo'lgan.
-ni'\\ni. Bu affiks o’zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida qo’llanib kelgan: Yolni' berkitayin, qamugni' qutqarayi'n (Rabg’.). Bu so’zni kizladilar (Taf.). Bu qo'shimcha «Boburnoma» asarida qaratqich ma'nosini bildirgan.
-n. Bu affiks varianti eski o’zbek tilida ancha faol qo’llangan. Lekin u III shaxs egalik qo’shimchasidan keyin qo’shilgan: Qi'li'ch birla bashi'n kesti (O'N), Ismailni'n yevin sordi' (Rabg’.).Tushum kelishigining bu qo’shimchasi she'riy asarlarda keng qo’llangan.
-i'\\i. Bu qo’shimcha I va II shaxs egalik qo’shimchalaridan keyin qo’shilgan: Adl qulagi'-la eshit hali'mi' (Muq.)- Aqli'mi' tomam aldi' tugmai giribanin (Furq.).
Tushum kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun xarakterlidir: Qoymag’umdur yetagin (Bobir). Ko’nul shakar bikin ag’zi'n ko’rup (Sakk.).
Tushum kelishigining qadimgi turkiy tilga xos bo’lgan –g’\g,-i'g’\ig\ug’\ug variantlari eski o’zbek tilida uchramaydi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling