Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet16/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Vosita kelishigi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu kelishik qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan hodisadir. Lekin u XIII-XIV asr yodgorliklarining ayrimlarida uchrab turadi. Fasih tilin javab berdi (Taf.). Ani' kishilar ko’zin ko’rgan bar-mu.(Taf).
Vosita kelishigi XV asrga oid manbalarda Lutfiy, Atoiy asarlarida ham uchraydi. Lekin bu davrda vosita kelishigining iste'mol doirasi chegaralangan bo’lib, ma’nosi toraygan.
Vosita kelishigi formasidagi so’zlarning ravish kategoriyasiga o’tgan. Ravish kategoriyasiga o’tish,asosan, payt bildiruvchi so’zlar doirasida bo’lgan. Bu so’zlar tarkibidagi -i’n,-in, -yn,-yn,-n Vosita kelishigi affiksi bo’lib, keyinchalik so’zning tarkibiy qismiga aylangan va bunday so’zlar ravish sifatida shakllangan.

Savol va topshiriqlar:
1. Qaratqich kelishigi qo’shimchalarini sanang
2. Jo’nalish kelishigining qadimgi turkiy tilga xos bo’lgan qanday qo’shimchalari mavjud?
3.Kelishik qo’shimchalarning har biriga yodnomalardan misollar yozing
4.Vosita kelishigi qanday hosil qilingan.

5-MA’RUZA




S I FAT


Reja:
1.Sifat so’z turkumining tarixiy taraqqiyoti.
2.Sifat yasalishi.
3.Sifat darajalari va uning intensiv formalari.


Tayanch tushunchalar:
Sifat darajalari - sifatlarda belgi miqdorining ifodalanishini bildiruvchi grammatik shakllar jami.
Oddiy daraja - belgining kamligi va ortiqligini hosil qilish uchun negiz vazifasini bajaruvchi shakl, belgi neytral aks etadi.
Belgining kamligi - sifat leksemasiga xos bo’lgan asosiy belgini emas, balki boshqa sifatdagi belgining qisman aks etishini bildiradi.
Belgining ortiqligi - belgining odatdagi me'yoridan ortiq ekanligini yoki kuchaytirib berilishini ifodalovchi shakl.

XV—XIX asrlarga mansub manbalar tilida qayd etilgan sifatlar, umuman, turkiy tillardagi, xususan, o’zbek tilidagi sifatlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo'lib, bulardan asosiylari quyidagilar:


•narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub (asliy) va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o’zgachaliklarga egadir;
• tub sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi shu sifatning to’gridan-to’gri ma'nosidan anglashiladigan rang, tus, tur, ta'm, maza, hajm, vazn, me'yor, sath, miqyos kabi doimiy sifat belgilari bilan bog’liq bo’ladi, bu doimiy sifatiy belgilar konkret va abstrakt xarakterda bo'lishi mumkin: aq alma, aq kynyl, achchi’q danak, achchiq dard kabi;
• nisbiy sifatda esa belgi tushunchasi shu yasama sifatga asos bo’lgan so’zdan anglashiladigan narsa-predmet yoki hodisa ma'nosi bilan bog’liq bo’lib, uning belgi-xususiyati boshqa turdagi narsa-predmet yoki hodisaga turli darajada nisbat berilishi orqali ifodalanadi.
Turkiy tillarda, jumladan, o’zbek tilida sifat tarixan maxsus morfologik ko’rsatkichga ega bo’lmagan. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra sifat dastavval mustaqil so’z turkumi sifatida mavjud bo’lmagan, u so’ngroq ot turkumidan o'sib chiqqan va shakllanib rivojlangan.E.V.Sevortyanning ta'kidlashicha, sifatning otdan differensiasiyalanish jarayoni ancha ilgarigi davrlarda boshlangan, V—VIII asrlarga kelib bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi va kristallashishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo'lgan turli formalar hisobiga yuz bergan. Bu formalarning ayrimlari qadimdayoq, kammahsul bo’lgan, ayrimlari esa o'z sermahsulligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan va hatto yanada kengaytirgan. Ayrim formalar ot va sifat uchun mushtarak bo’lgan, ayrimlari faqat sifatgagina tegishli bo’lgan, lekin keyingi davrlarda taraqqiy qilmagan.
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo’lib, bu jarayon hanuz davom etmoqda. Bundan hamma sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Chunki sifat mustaqil kategoriya sifatida ajralib chiqqandan keyin bu turkum tarkibiga yangidan qo’shilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama so’zlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning kelib chiqishi va tabiati hozircha aniqlangan emas.
Sifat turkumiga oid so’zlarning katta qismini yasama sifatlar tashkil qiladi. Yasama sifatlar ikki xil yo’l bilan: morfologik (affiksasiya) va sintaktik (kompozisiya) usuli bilan hosil qilinadi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling