Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet6/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Undoshlar taraqqiyoti. Eski o'zbek tilidagi undoshlar tavsifi Mahmud Qoshg’ariy tomonidan berilgan. Lekin bu olim ko’rsatgan undoshlar to’la emas. Chunki u eski o’zbek tiliga arab va fors tillari ta'siri ostida o'zlashgan f, x,g’, j tovushlarini va ayrim boshqa tovushlarni o’z sirasiga qo’shmagan. Eski o’zbek tili undoshlari qadimgi turkiy tilI bilan solishtirilganda, eski o’zbek tilida yangi lab-tish v va f, lab-lab v, lab-tish z, sirg’aluvchi j, chuqur til orqa sirg’aluvchi x, bo’giz undoshi paydo bo’lganini ko’rish mumkin. Demak, eski o’zbek tilida quyidagi undoshlar amalda bo’lgan: b,p, f, v, m, t, d, s, z, n, r, l, sh, jh j, ch, k, g, s, q, g’,n, y, x, h.
Eski o’zbek tili undoshlarini hozirgi o’zbek tili bilan qiyoslash shuni ko’rsatadiki, o'zbek tili tarixida undoshlar keskin sifat o'zgarishlariga uchramagan. Undoshlarga oid o'zgarishlar, asosan, yangi undosh o’zlashtirish va tovush almashinishlari bilan chegaralanadi.
Bu esa o'zbek tili tarixida undoshlar unlilardan ko’ra barqaror bo’lgan deb xulosa chiqarishga asos bo'ladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Old qator va orqa qator unlilarni sanang.
2. Lablarning ishtirokiga ko’ra unlilar qanday tasnif qilinadi?
3. Cho’ziq, unlilar x,avdsa gapiring.
4. Qadimgi turkiy tilga xos bo’lmagan undoshlarni sanang.
5. Manbalardagi arab va fors tilidan o’zlashgan undoshlar qatnashgan so’zlarni topib, lug’at tayyorlashga kirishing.
4-MA’RUZA


MORFOLOGIYA. OT SO’Z TURKUMI


Reja:
1. Morfologiya haqida umumiy ma'lumot.
2. Ot yasalishi.
3. Grammatik son kategoriyasi.
4. Egalik kategoriyasi.
Tayanch tushunchalar:


So’z turkumi – so’zlarning leksik- grammatik xususiyati bo’lib, so’z ma'nosi, morfologik kategoriyalarga egaligi, sintaktik vazifasi jihatdan guruhlanishidir.
Grammatik kategoriya - bir tizimdagi shakl (forma)lar jami u odatda shakllanmagan va shakllangan so’z shakllarining ziddiyatidan (oppozisiyasidan) hosil bo’ladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling