Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet83/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Uyga vazifa: 1.Matnni transkripsiya bilan yozing
2.Matndagi gaplarni alohida-alohida qilib ajratib yozing.
3.Gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga bo‘ling.
4.Ularni hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi gap qoliplari bilan solishtiring.
5.Matnni yod oling.
Va Yofas o‘g‘lonniki, Abut-turkdur, ta’rix ahli ittifoqi bila debdurlarki, nubuvvat toji bila sarafroz va risolat mansabi bila qardoshlaridan mumtoz bo‘ldi. Va uch tilki, turkiy va forsiy va hindiy bo‘lg‘ay, bu uchchovning avlod va atboi arasida shoye’ bo‘ldi... Chun arabiy til va maqol bila kalom va hindiy alfoz bila muzaxxarofoti nnofarjom, biri g‘oyati sharafi ulvi manziladin va biri nihoyati nuhusat va dunuvvi martabadin aradin chiqtilar. Qoldi turkiy alfoz bila maqsud adosi va forsiy iborat bila kalom ma’nosi. Andoq ma’lum bo‘lurki, turk sorttin tez fahmroq va baland idrokroq va xilqati sofroq va pokroq maxluq bo‘lubtur va sort turkdin taaqqul va ilmda daqiqroq va kamol va fazl fikratida amiyroq zuhur qilibdur va hol turklarning sidq va safo va tuz niyatidin va sortlarning ilm va funun va hikmatidin zohirdurur. Va lekin tillarida kamol va nuqson haysiyatidin fohish tafovutlardurki, alfoz va iborat va’z qilurda turk sortqa foyiq kelibdur va o‘z alfozida ishorat, iboratig‘a maziyatlar ko‘rguzubturki, o‘z mahalida inshoollo mazkur bo‘lg‘ay. Yana turkning muloyamati tab’ining sortdin ortug‘lug‘ig‘a dalili mundin vozihroq va shohidi mundin loyihroq bo‘la olurmukim, bu ikki toifaning yigiti va qarisi, balki uluqdin kichik borisi orasida ixtilot alas-saviyadur. Har miqdorki, bu birining u biri bila amizish va gufti-guzori bor, ul birining ham bu biri bila hamoncha takallum va guftori bor. Va sort orasida ahli tab’ va donish va zumrai ilmu zihn va binish ko‘proqdur. Va turk elida ajlof va soda el sorttin ziyodadur. Ammo turkning ulug‘din kichigiga degincha va navkardin begiga degincha sort tilidin bahramanddurlar. Andoqkim, o‘z xurd ahvolig‘a ko‘ra ayta olurlar, balki ba’zi fasohat va balog‘at bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim, forsiy tili bila rangin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar. Ammo sort ulusining arzolidin ashrofig‘acha va omisidin donishmandig‘acha hech qaysisi turk tili bila takallum qila olmaslar va takallum qilg‘anning ma’nosin ham bilmaslar. Agar yuzdin, balki mingdin biri bu tilni o‘rganib so‘z aytsa ham har kishi eshitsa bilur va aning sort ekanini fahm qilur va ul mutakallim o‘z tili bila o‘z rasvolig‘ig‘a o‘zi iqror qilg‘ondekdur.
Adabiyotlar: Alisher Navoiy. Muhokamatul-lug‘atayn. Nashrga tayyorlovchilar Oybek va Porso Shamsiyev. Toshkent, O‘zdavnashr, 1948, 176-177-betlar.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling