Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet210/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

Oraliq nazorat (ON) semestr davomida o‗quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‗z ichiga olgan) bo‗limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko‗p o‗tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‗zaki, test va hokazo) o‗quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi. ONda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. ONga jami ballning 30%, ya‘ni 30 ball ajratish tavsiya etiladi. ON yozma ish, nazorat ishi, test, og‗zaki savol-javob va boshqa ko‗rinishlarda o‗tkazilishi mumkin.
Har bir professor-o‗qituvchi o‗zining ixtiyoridan kelib chiqqan holda ONni yuqorida keltirilgan ko‗rinishlaridan birini tanlab oladi. Oraliq nazoratni yozma ish shaklida o‗tkazilganda 3 ta savoldan iborat bo‗lgan variantlar tuzib olinadi. Oraliq nazorat test shaklida o‗tkazilsa, u holda 10 ta test savolidan kam bo‗lmagan variantlar tuziladi. Agar oraliq nazorat og‗zaki savol-javob tarzida o‗tkazilsa, u holda 3 ta savoldan iborat bo‗lgan variantlar tuzilib, ular asosida talabaning bilimi baholanadi. Fan bo‗yicha bir semestr davomida ikki marta ON o‗tkazish rejalashtirilgan. Har bir oraliq nazorat bo‗yicha talabaning bilimini 15 balldan, jami 30 ballga qadar baholash mumkin. ONlar TDShIda ishlab chiqilgan kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorati jadvallari asosida o‗tkaziladi.
Har bir professor-o‗qituvchi belgilangan kunlarda oraliq nazoratni o‗tkazib, talabalarning olgan ballarini tegishli guruh jurnaliga, kafedra va dekanatdagi oraliq nazoratlarni qayd qilish jurnallariga yozib qo‗yishlari shart.
Yakuniy nazorat (YaN) odatda semestr yakunida muayyan fan bo‗yicha nazariy bilim va amaliy ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan ―Yozma ish‖ shaklida o‗tkaziladi. Yakuniy baholashga jami ballning 30%, ya‘ni 30 ball ajratilgan.

  1. Oraliq nazoratni o‗tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o‗tkaziladi.

  2. Oliy ta‘lim muassasasi rahbarining buyrug‗i bilan ichki nazorat va monitoring bo‗limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‗tkazish jarayoni davriy ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta o‗tkaziladi.

  3. O‗quv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga ko‗ra talabalarni keyingi kursga o‗tkazish to‗g‗risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.

Fan bo‗yicha talabaning JN, ON va YaNdagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi har bir semestr yakunida dekanatlar tomonidan beriladigan maxsus qaydnomalarga kiritilishi va ularning natijalari kafedra majlisida tahlil qilib borilishi lozim.
III. Baholash tartibi va mezonlari

  1. Talabalarning bilim saviyasi, ko‗nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

  2. Har bir fan bo‗yicha talabaning semestr davomidagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi: yakuniy nazoratga – 30 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga – 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball
kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).

  1. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisobgrafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‗yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi – 100 ballik tizimda baholanadi.

  2. Talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish ko‗rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o‗rinlarda namunaviy mezonalar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:


    Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling