Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet211/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

Ball

Baho

Talabaning bilim darajasini ifodalovchi holatlar

86 -100

A‘lo

-o‗tilgan mavzular bo‗yicha to‗liq va yetarli darajada nazariy hamda amaliy bilimlarga ega ekanligini namoyish eta olishi;
-muhim topshiriq va masalalar bo‗yicha to‗g‗ri xulosa va qarorlar qabul qilishi;
-muammolarni hal etishga ijodiy yondasha olishi;
-mustaqil fikrlashi va mushohada yuritishi;
-fanning mohiyatini aniq tushunish orqali uning asosiy qoidalarini to‗liq bayon eta olishi;
-mamlakatimizda ro‗y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlar to‗g‗risida to‗liq tasavvurga ega bo‗lishi va h.k.

71 -85

Yaxshi

-o‗tilgan mavzular bo‗yicha deyarli to‗liq darajada nazariy hamda amaliy bilimlarga ega ekanligini namoyish eta olishi;
-muhim topshiriq va masalalar bo‗yicha ma‘lum darajada xulosa va qarorlar qabul qilishi;
-mustaqil fikrlashi va mushohada yuritishga harakat qilishi;
-fanning mohiyatini aniq tushunish orqali uning asosiy qoidalarini ma‘lum darajada bayon eta olishi va h.k.

55 – 70

Qoniqarli

-o‗tilgan mavzular bo‗yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni qisman o‗zlashtirishi;
-muhim topshiriq va masalalar bo‗yicha qabul qilingan xulosa va qarorlarning to‗liq va aniq emasligi;
-fanning mohiyatini tushunish orqali uning asosiy qoidalarini qisman bayon etishi va h.k.

0 - 54

Qoniqarsiz

-o‗tilgan mavzular bo‗yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni o‗zlashtirishning past darajasi;
-muhim topshiriq va masalalar bo‗yicha xulosa va qarorlarni qabul qila olmasligi;
-fanning mohiyatini tushunmasligi hamda uning asosiy qoidalarini bayon eta olmasligi va h.k.

  • Namunaviy mezonlar asosida muayyan fanlardan joriy va oraliq nazoratlar bo‗yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e‘lon qilinadi. Jumladan, ―Iqtisodiy nazariya (umumiqtisodiy fanlar)‖ kafedrasidagi barcha fanlar bo‗yicha tayyorlangan oraliq nazorat savollari kafedraning 2010 yil 28 avgustdagi 1-majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

  • Yakuniy baholashda yozma ishni o‗tkazish tartibi.

    Fanlar bo‗yicha yakuniy nazorat semestr oxirida yozma ish shaklida o‗tkaziladi. Yozma ish savollari va variantlari har o‗quv yilining boshida kafedra professor-o‗qituvchilari tomonidan yangidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama etiladi va tasdiqlanadi. Jumladan, 2009-2010 o‗quv yili uchun barcha fanlardan yakuniy baholash bo‗yicha yozma ish savollari va variantlari «Iqtisodiy nazariya (umumiqtisodiy fanlar)» kafedrasining 2010 yil 28 avgustdagi 1-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
    Yozma ishning har bir varianti bo‗yicha qo‗yilgan savollarning mazmuni, qamrov darajasi va ahamiyatligi darajasi kafedra mudiri tomonidan tekshirilib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Yozma ishni o‗tkazish asosan har bir semestrning so‗nggi o‗quv haftasiga mo‗ljallangan bo‗lib, u belgilangan haftalardagi mazkur fan bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlari chog‗ida o‗tkaziladi. Yozma ish variantida 5 ta savol tayanch iboralari bilan keltiriladi. Yozma ishlarni baholash mezonlari yakuniy baholashga ajratilgan 30 balldan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi, ya‘ni har bir savolga maksimum 6 balldan to‗g‗ri keladi. Yozma ish o‗tkazilgandan keyin ikki kun davomida professor-o‗qituvchilar uni tekshirib baholaydilar. Yozma ish hajmi talabaning fan bo‗yicha tasavvuri, bilimi, amaliy ko‗nikmasini baholash uchun yetarli bo‗lishi zarur. Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo‗yicha saralash balidan yuqori ball to‗plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to‗plangan ballarga qo‗shiladi. Aks holda talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish ko‗rsatkichi faqat joriy va oraliq nazoratlarining ballari yig‗indisidan iborat bo‗ladi.
    Fanlar bo‗yicha talabalarning yozma ishlari ikki yil mobaynida dekanatda saqlanadi.

    1. Talabalarning o‗quv fani bo‗yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

    2. Talabaning fan bo‗yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

    Rf =V O' 100
    bu yerda:
    V – semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗quv yuklamasi (soatlarda);
    O' – fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda).

    1. Fan bo‗yicha joriy, oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‗plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

    Joriy va oraliq nazorat turlari bo‗yicha 55 va undan yuqori ballni to‗plagan talaba fanni o‗zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‗yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‗l qo‗yiladi.

    1. Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari yig‗indisiga teng.


    Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   263




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling