38. Dunyoning moddiy asosi noaniq materiya – apeyron deb hisoblagan faylasuf kim?
A) Anaksimandr.
B) Suqrot.
C) Fales.
D) Anaksimen.
39. Kim hamma narsaning asosini sonlar tashkil etadi deb ularni mutlaqlashtirgan?
A) Aflotun va uning maktabi vakilllari.
B) Pifagor va uning maktabi vakilllari.
C) Fales va uning maktabi vakilllari.
D) Anaksimen va uning maktabi vakilllari.
40. U hamma narsaning asosida olov yotadi, dunyoni xudo ham, inson ham yaratmagan, balki u qonuniy tarzda alangalanib, o‘chadigan olovdir deydi. Gap qaysi faylasuf to‘g‘risida bormoqda?
A). Anaksimen
B) Suqrot.
C) Aflotun.
D) Geraklit.
41. Uningcha, moddiy olam mayda, bo‘linmas zarra va bo‘shliqdan iborat. Mavjud barcha narsalar mayda zarralar – atomlardan tashkil topgan? Gap qaysi faylasufning qarashlari to‘g‘risida bormoqda?
A) Empidokl.
B) Anaksagor.
C) Aflotun.
D) Levkipp.
42. Demokrit ilk bor fazo va vaqt masalasini qo‘ydi. Fazoni ulkan bo‘shliq deb hisoblab, unda nimalar harakat qiladi, deydi?
A) Changlar.
B) Astroidlar.
C) Mayda zarralar.
D) Sayyoralar.
43. Nemis klassik falsafasining qaysi buyuk vakili birinchi marta dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va chuqur ta’limot sifatida ishlab chiqqan?
A) Gegel.
B) Kant.
C) Feyerbax.
D) Gerder.
44. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik va bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan; voqelikdagi narsa va hodisalar, ularning fikriy in’ikoslari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi prinsiplar, ularni doimo o‘zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai «o‘z harakati»da, deb qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‘la tarixiy taraqqiyot haqidagi ta’limot qaysi?
A) Dogmatika.
B) Sofistika.
C) Sinergetika.
D) Dialektika.
45. U borliq, ya’ni tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va rivojlanishlarning umumiy qonuniyatlari haqida bizga to‘g‘ri yo‘nalish berib, dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi nazariyadir, usuldir. Gap qaysi nazariya, usul haqida bormoqda?
A) Dialektika.
B) Sofistika.
C) Sinergetika.
D) Dogmatika.
Do'stlaringiz bilan baham: |