46. Bu tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda, ayniqsa, keng tarqaladi va rivojlanadi. Gap qaysi tafakkur usuli haqida bormoqda?
A) Dialektika.
B) Sofistika.
C) Sinergetika.
D) Dogmatika.
47. Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir hunarni yoki biron bir bilim sohasini mukammal egallagan kishilar, keyinchalik o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan kishilar ham, turli omonim so‘zlar asosiga ko‘rilgan turli fikrlar bilan kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan kishilar qanday nom bilan deb atala boshlanadi?
A) Dialektiklar.
B) Dogmatiklar.
C) Eklektiklar.
D) Sofistlar.
48. Abu Nasr Forobiy «yolg‘ondakam donolik» deb qaysi tafakkur usuliga ta’rif bergan?
A) Dialektikaga.
B) Sofistikaga.
C) Sinergetikaga.
D) Dogmatikaga.
49. Qaysi tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi?
A) Dialektikada.
B) Dogmatikada.
C) Eklektikada.
D) Sofistikada.
50. Bu falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushunchalar va qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. Gap qaysi tafakkur usuli xususida bormoqda?
A) Dialektikada.
B) Dogmatikada.
C) Eklektikada.
D) Sofistikada.
51. Bu tafakkurga ega kishilar, ayniqsa, rahbarlik sohalarida jamiyatga juda katta zarar keltiradilar, ular jahon (jamiyat) taraqqiyotining o‘zgargan sharoitlarini hisobga olmasdan, o‘zlari ko‘nikkan vaziyatga muvofiq eski qarashlarga qattiq yopishib olib, ish tutadilar va fikr yuritadilar. Gap qaysi tafakkur usuli xususida bormoqda?
A) Dialektikada.
B) Dogmatikada.
C) Eklektikada.
D) Sofistikada.
Do'stlaringiz bilan baham: |