Fanidan testlar


«O‘z-o‘zingni bil», «Men hech nima bilmasligimni bilaman» singari fikrlar qaysi faylasufga mansub?


Download 71.24 Kb.
bet4/25
Sana13.01.2023
Hajmi71.24 Kb.
#1091623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Тестлар-Фалсафа-Якуний назорат

21. «O‘z-o‘zingni bil», «Men hech nima bilmasligimni bilaman» singari fikrlar qaysi faylasufga mansub?
A) Geraklit.
B) Suqrot.
C) Aflotun.
D) Anaksimen.


22. O‘z falsafiy qarashlarida idealistik falsafani rivojlantirgan faylasuf nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) Geraklit.
B) Suqrot.
C) Aflotun.
D) Anaksimen.


23. «Aflotun menga do‘st bo‘lsa ham, haqiqat qadrliroqdir». Mazkur mashhur ibora mullifini toping.
A) Arastu.
B) Suqrot.
C) Fales.
D) Anaksimen.


24. Sezish bilishning yagona manbai deb hisoblaydigan falsafiy yo‘nalish nomini toping.
A) Idealizm.
B) Materializm.
C) Sensualizm.
D) Ratsionalizm.


25. «Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe’llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi». Mazkur jumlalar muallifini toping.
A) Abu Rayhon Beruniy.
B) Abu Nasr Forobiy.
C) Abu Ali ibn Sino.
D) Konfutsiy.


26. U kishilar fazilatlarini tug‘ma, bir xil va o‘zgarmas, deb hisoblaydi. Uningcha, insonda tug‘ilgandayoq, yaxshilik, sofdillik, yomonlik, g‘arazgo‘ylik, qo‘rqoqlik to‘g‘risida tushuncha hosil bo‘ladi. Mazkur jumlalarda qaysi faylasufning fikrlari xususida so‘z bormoqda?
A) Pifagor.
B) Aflotun.
C) Arastu.
D) Fales.


27. «Boshqalarni biluvchi – oqil, o‘zini biluvchi – donishmanddir». Ushbu fikr muallifuni toping.
A) Lao Szi.
B) Konfutsiy.
C) Demokrit.
D) Zardusht.


28. «Odamlar tuzilishining rang, surat, tabiat va axloqda turlicha bo‘lishi faqatgina nasablarining turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yerning, odam yashaydigan joylarning turlichaligi hamdir». Mazkur jumlalar muallifini toping.
A) Abu Rayhon Beruniy.
B) Abu Nasr Forobiy.
C) Abu Ali ibn Sino.
D) Konfutsiy.


29. «Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi». Mazkur jumlalar muallifini toping.
A) Alisher Navoiy.
B) Abu Nasr Forobiy.
C) Abu Ali ibn Sino.
D) Konfutsiy.



Download 71.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling