Fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Ergasheva Gulchehra
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 8- SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.05.2022 643 BADIIY ASARLARDA UNDALMALAR VA UNING TASNIFLANISHI Ergasheva Gulchehra Andijon viloyati Andijon shahari 35-son Davlat ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada badiiy asarlarda undalmalardan foydalanish, unig qo’llanilishi bo’yicha namunalar bayon etilgan. Shuningdek undmalar batafsil tasniflab berilgan. Kalit so’zlar: badiiy adabiyot, undalma, tilshunoslik, ta’lim tizimi, roman, lingvistika, tasnif. Gapda ba`zan, gapning bo`lagi vazifasidagi so`zlardan tashqari, Shunday so`z Yoki so`zlar guruhi ham bo`ladiki, ular Shu gapga mazmun jihatdan bog`lansa, grammatik jihatdan bog`lanmaydi. Ular gap bo`lagi bo`la olmaydi, bu jihatdan grammatik bog`lanmaganlik jihatdangina "organizmga kirib qolgan voqeaga o`xshaydilar". (Peshkovskiy). Bunday so`zlar nutqda intonatsion jihatdan pauza (to`htam) bilan ajralib turadi. Gap bo`laklariga bog`lanmagan so`zlarning turli ko`rinishlari bor. Masalan: Tushunmadim, birodar men hech narsaga tuShunmadim, - Yigitali Shunday deb o`grildi. Hali bunaqasi bo`lmagan debdimi, demak, bo`lmagan. Asadbek – yaralangan Yo`lbars holidagi odam – kim o`q uzganini aniq bildi. Bu misollardagi birodar, demak, yaralangan Yo`lbars holidagi odam, gapning avvali Shuki, bolam kabi so`zlar va gaplar ma`lum maqsadning ifodasi uchun asosiy gapga kiritilgandir. Bu tipdagi so`zlarning bari undalamdadir. Biz bu ishimizda badiiy asarlar tilida, ko`proq Tohir Malikning "Shaytanat" asarida qo`llangan undalmalarni va ularning asarda tutgan o`rnini, tasviriy bo`yoqdorlikni oshirishdagi rolini, leksik - semantik xususiyatlarini o`rganishni o`z oldimizga maqsad kilib qo`ydik. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling