Fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali
Undalmaning gap bo`laklari bilan aloqasi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Ergasheva Gulchehra
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 8- SON ILMIY
Undalmaning gap bo`laklari bilan aloqasi
1990-2011 yillar o`zbek adabiyoti nasriga nazar tashlasak, bu davrda ko`plab asarlar yaratildi. SH.Xolmirzaev, Tog`ay Murod, Murod Muhammad Do`st, Omon Muhtor kabi yozuvchilarimizning bir talay asarlari, ayniqsa, Tohir Malikning "Shaytanat" asari Xalq orasida keng tarqalganiga va sevib o`qilgani va o`qilyotganiga guvoh bo`lamiz. YAratilgan asarlar xususida o`z vaqtida adabiyotShunoslarimiz fikrlarini bildirishdi va bildirishmoqda.. Asarlar tilshunoslik nuqtai nazaridan 7o`rganilsa, arziydigan jihatlari ham talaygina, xususan, biz ularda qo`llangan undalmalar haqida fikr britamiz. Badiiy nutqning kommunikativ va Shu bilan birga estetik funktsiya bajarishi ma`lum. Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajratib turadigan asosiy belgisi ham uning estetik funktsiyasi, obrazliligi va eskpressivligidir. Bu narsa uning stilistik kobig`ini ham belgilaydi. Bunda umum xalq tilining boy sintaktik imkoniyatlaridan foydalanishning o`rni va ahamiyati muximdir. Biz xuddi Shu O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 8- SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.05.2022 644 o`rinda badiiy asarlar tilining sintaktik qurilishi, xususan, undagi undalma va uning tiplarini, semantik-stilistik xususiyatlarini kuzatish orqali Yozuvchining umumXalq tili imkoniyatlaridan foydalanishdagi o`ziga xos jihatlarini ochishga harakat qilamiz. Undalma bosh kelishikdagi ot Yoki ot ma`nosidagi so`zlar orqali ifodalanadi. "Shaytanat" asrida qo`llangan undalmalarning asosiy qismini ot so`z turkumiga mansub bo`lgan so`zlar tashkil etadi. 1. Ot orqali ifodalanganda, asosan, atoqli otlar Yoki turdosh otlar bo`lishi mumkin. Atoqli otlardan eng ko`p uchraydigani kishi ismlaridir: Yigitali aka, bizda bunaqa odat Yo`q. Qo`ysangiz -chi, SHoali aka, o`hshatishga topgan jonivoringizni qarang. Esingizdami, Anvar, maktabda ”Tumov bo`lgan oshiq“ degan she`riing bor edi. Asarda familiya va otasining ismi bilan ifodalangan undalmalar ham ko`plab uchraydiki, bu holat rasmiy munosabatlarni Yoritish maqsadida qo`llanadi. Asosan, Zohid SHaripov va Arina Bergir kabi sud prokuratura xodimlarining nutqida bunday holatlar ko`p kuzatiladi: Gap bunday Petrashvili, biz obro`yimizni to`kmaslikka harakat qilamiz. Namozov, Kozlov bergan ikki millionni kaerga qo`yding. Arina Iosifovna, qo`shinlarni chaqiraymi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling