Fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali
Undalmaning o`rni va intonatsiya
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Ergasheva Gulchehra
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pospozitiv holatda
Undalmaning o`rni va intonatsiya
Undalma gapning har erida kela oladi: gapning boshida ham o`rtasida ham, ohirida ham. Undalmaning o`rni uning semantik funktsiyasiga, stilistik xususiyatiga, tarkibiga, asosiysi, gapning strukturasi va mazmuniga bog`liq bo`ladi. Yozuvchilar o`z asarlarida undalmalarni uch holatda qo`llaydi: prepozitiv, interpozitiv va postpozitiv. Prepozitiv (odatdagi) holatda, ya`ni undalma gap boshida kelganda so`zlovchining maqsadi tinglovchining diqqatini tortish bo`lib, fikr konkret adresatga qaratiladi: Egachi, o`g`lingiz keldilar. (II t, 234-b). Mahmudjon, bolam, o`tir, gapimni aytama-nu ketaman. (II t, 163-b). Qorijon, do`xtirlar bilan gaplashib olib ketaymi? (II t, 127-b). Gapning boshida kelgan undalma boshqa o`rinda keladigan undalmaga nisbatan kuchlirok ajratiladi, unda har vaqt ajratuvchi pauza bo`ladi. Atoqli otdan ifodalangan undalmaning ko`pincha gap boshida kelishi ham Shu xususiyat bilan bog`lanadi. Tinglovchinig diqqatini tortishi emas, balki u bilan aloqani uzmaslik muhimligi anglashiladi. O`rtada kelgan undalama kuchsizrok ajraladi: pauza ham kuchsiz bo`ladi. O`rtada kelgan undalma Shu bilan birga ko`pincha kirish so`zga o`xshab tezrok, Shuningdek, pastroq ohangda aytiladi. Gap boshida kelgan undalma undash funktsiyasini bajarish bilan Xarakterlansa, gap o`rtasida va gap ohirida keladigan undalmalar ko`pincha undov vazifasi bilan emas, balki emotsinallikni, modallikni - so`zlovchining suhbatdoshga munosabatini bildirish uchun xizmat qiladi: Kechirasiz, domla tarixga ikki xil ko`z bilan karab bo`lmaydi. (II t, 366-b). Qani, Ahadboy, o`rningdan tur ketdik. (II t, 344-b). Boshingni ko`tar, Fediya, mendan uyalma. (III t, 259-b). Pospozitiv holatda, ya`ni undalma gap ohirida kelganda avval fikrni ifodalanadi, so`ngra tinglovchining diqqati tortiladi. Tinglovchi va so`zloichi orasidagi aloqa bunday holatda nihoyatda sustlashadi. Ohirida undalma kelgan gaplar ko`pincha tarkibiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling