O’quv rejasida quyidagilar aks etadi:
- o’quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
- ta’lim muassasasida o’rganiladigan o’quv fanlarining tartibi;
- fanlarning o’qish yillari bo’yicha taqsimlanishi;
- har bir fan bo’yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o’rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
- har bir fanni o’rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar kabilarning davomiyligi.
O’quv rejalarining quyidagi turlari mavjud:
tayanch o’quv rejalari;
namunaviy o’quv rejalari;
ishchi o’quv rejalari.
Tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblanuvchi asosiy me’yoriy hujjat bo’lib, u namunaviy va amaliy o’quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tayanch o’quv rejasi Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Namunaviy o’quv rejalari tayanch o’quv rejasi asosida uzoq muddatga mo’ljallab tuziladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ishchi o’quv rejalari namunaviy o’quv rejalari asosida o’quv muassasalarining mavjud sharoitlarini hisobga olgan holda yaratiladi.
O’quv dasturi muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalar mazmuni, umumiy vaqtning muhim bilimlarni o’rganilishi bo’yicha taqsimlanishi, mavzular ketma-ketligining belgilanishi va ularning o’rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
O’quv dasturlarini yaratishda:
ilmiylik;
g’oyaviylik;
amaliyot va nazariya birligi;
ta’lim va tarbiyaning o’zaro aloqadorligi;
tizimlilik;
tarixiylik;
o’quv predmetlarining o’zaro bog’liqligi;
o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish;
o’quvchilar tarbiyasining ijtimoiy maqsadlarga mos kelishi kabi tamoyillar ustuvor o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |