Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


Parrandalar uchun almashinuv enegriyasini hisoblash usuli


Download 339.39 Kb.
bet29/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

Parrandalar uchun almashinuv enegriyasini hisoblash usuli. Parrandalar uchun mo‘ljallangan oziqalarning to‘yimliligini almashinuv energiyasida hisoblash uchun regressiya tenlamasidan (birinchi usul) tashqari X.U.Titus tomonidan tavsiya etilgan energetik ekvivalentlaridan foydalaniladi (10-jadval). Buning uchun oziqa yoki ratsion tarkibidagi hazm bo‘lgan to‘yimli moddalar mos kelgan eneregetik ekvivalentlariga ko‘paytiriladi va barcha ko‘rsatkichlar jamlanadi, so‘ngra hazm bo‘lmagan kletchatka hisobiga chegirma qilinadi va almashinuv energiyasining umumiy miqdori aniqlanadi.


7-jadval
1 g hazm bo‘lgan to‘yimli moddalar uchun energetik ekvivalentlari
(X.U.Titus bo‘yicha)

Oziqa turi

kkal

kDj

Hazm bo‘lgan protein:







Tuxum

4,35

18,21

Baliq va go‘sht

4,25

17,79

Sut

4,40

18,42

Makkajo‘xori, sorgo

4,40

18,42

Arpa, bug‘doy,so‘li, javdar, tariq

4,00

16,75

Bug‘doy kepagi

4,20

17,58

Dukkakli donlar

4,30

18,00

Soya

3,90

16,33

Guruch

4,10

17,17

Kungaboqar doni

3,40

14,24

Beda o‘ti

3,60

15,07

Hazm bo‘lgan yog‘







Go‘sht va baliq mahsulotlari

9,33

39,06

Sut mahsulotlari

9,25

38,73

Boshoqli va boshqa donlar turi

9,11

38,14

Hayvonot yog‘i

9,49

39,73

Hazm bo‘lgan AEM







Go‘sht va baliq mahsulotlari

3,9

16,33

Sut mahsulotlari

3,7

15,49

Boshoqli va boshqa donlar turi

4,2

17,58

Dukkakli donlar, guruch

4,0

16,75

Beda va dukkakli ko‘k o‘tlar

3,8

15,91

Hazm bo‘lgan kletchatkaning energetik ekvivalenti



4,2

17,58

Hazm bo‘lmagan kletchatkaning energetik ekvivalenti (oziqa tarkibidagi umumiy kletchatkadan hazm bo‘lgan kletchatka ayirmasi)

0,34

1,42


Quyidagi misolda parrandalar uchun 100 g makkajo‘xori tarkibida almashinuv energiyasini hisoblash usuli ko‘rsatilgan (8-jadval).
8-jadval
Parrandalar uchun 100 g makkajo‘xori tarkibida almashinuv energiyasini hisoblash (X.U.Titus bo‘yicha)

Ko‘rsatkichlar

Protein

YOg‘

Klet-chatka

AEM

Kimyoviy tarkibi,%

10,2

4,7

2,7

66,1

Hazmlanish koeffitsienti,%

87

82

23

90

Hazm bo‘lgan modda miqdori,g

8,87

3,85

0,62

59,49

Titus bo‘yicha 1 g hazm moddaning energetik ekvivalenti, kkal

4,4

9,1

4,2

4,2

Hazm modda tarkidigi almashinuv modda, kkal

39,03

35,07

2,60

249,86

100 g oziqa trkibida jami almashinuv energiya, kkal

326,56

Hazm bo‘lmagan kletchatka miqdori, g (xom kletchatkadan hazm bo‘lgan miqdori ayiriladi)

2,7-0,62=2,08

Hazm bo‘lmagan kletchatka energiyasi, kkal

2,08×0,34=0,71

Almashinuv energiya, hazm bo‘lmagan kletchakani hisobga olib, kkal

326,56-0,71=325,85


Demak 100 g makkajo‘xori donida parrandalar uchun saqlanadigan almashinuv energiyasi 325,85 kkal yoki 325,85×4,1868=1364,24 kDj yoki 1,36 MDj ga teng.


6- AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: PICHANLAR SIFATINI BAHOLASH. JAMG‘ARILGAN DAG‘AL OZIQALAR MIQDORINI ANIQLASH.


Mashg‘ulot maqsadi: pichan sifatini aniqlash usulini o‘rganish, jamg‘arilgan dag‘al oziqalarning miqdorini hisob yo‘li bilan aniqlashni usulini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rstamalar. Pichan bu ekiladigan yoki tabiiy o‘tlarni namligi 15-17 % gacha asosan tabiy (quyosh nuri yordamida yoki soyada) sharoitda yoki sun’iy ravishda quritish yo‘li bilan konservatsiya qilingan oziqalardir.
Pichanlar botanik tarkibi va o‘sish sharoitiga qarab 4 turga bo‘linadi:
1. Ekiladigan dukkaklilar (dukkaklilar 60% dan ko‘p).
2. Ekiladigan boshoqlilar (boshoqlilar 60% dan ko‘p, duqqaklilar 20% dan kam).
3. Ekiladigan duqqakli-boshoqlilar (dukkaklilar 20% dan 60% gacha).
4. Tabbiy o‘tlar pichani.
Pichanlar sifatini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: o‘simlikni o‘rib olish vaqtidagi vegetatsiya fazasi, rangi, xidi, quruq modda miqdori, zararli va zaharli o‘tlarning saqlanishi yoki boshqa mexanik qo‘shimchalar bilan ifloslanganligi. Pichan tarkibida quruq modda miqdori 83% dan kam bo‘lmasligi kerak, ya’ni uning namligi 17% dan oshmasligi lozim. Mineral moddalar bilan ifloslanganligini (qum, tuproq, chang, tosh) aniqlashda pichan tarkibida xom kulning umumiy miqdori bilan belgilanadi. Bunda xlorid kislotasi tarkibida erimaydigan mineral aralashmasi 0,7% dan oshmasligi kerak.
Pichan tarkibida saqlanadigan xom protein va almashinuv energiya miqdori bo‘yicha uch sinifga bo‘linadi (15-jadval).
15–jadval
Pichanlarning siniflarga bo‘linshi

Pichan
turilari

Pichan sinfi

Quruq modda tarkibida xom protein miqdori,% (kamida)

1 kg quruq modda tarkibidagi (kamida)

almashinuv energiyasi, MDj

oziqa biligi, kg

Ekiladigan dukkaklilar

1

16

9,2

0,68

2

13

8,8

0,62

3

10

8,2

0,54

Ekiladigan boshoqli

1

13

8,9

0,64

2

10

8,5

0,58

3

8

8,2

0,54

Ekiladigan dukkakli–boshoqli

1

14

9,1

0,67

2

11

8,6

0,60

3

9

8,2

0,54

Tabbiy o‘tlar

1

11

8,9

0,64

2

9

8,5

0,58

3

7

7,9

0,50

Pichan sifatini laboratoriya tahlillari yordamida yoki xo‘jalik sharoida organoleptik usullar bilan baholanadi. Buning uchun jamg‘arilgan oziqadan olingan o‘rtacha namuna umumiy pichan partiyasiga tegishli bo‘lishi kerak.


Pichan rangi o‘rganilganda kun yorig‘ligida jamg‘arilgan oziqa partiyasi ko‘zdan kechiriladi, g‘aramga bostirilgan va presslangan pichanlarning ichqi qavatlari ham o‘rganiladi. Ekiladigan dukkakli o‘tlardan tayyorlangan pichanlarning rangi yashil, yashil-sarg‘ichdan och-ko‘kimtirgacha, ekiladigan boshoqlilar va tabiiy o‘tlardan tayyorlangan pichanlarning rangi yashildan sarg‘ich-yashilgacha bo‘lish kerak. YOg‘ingarchilik yoki namgarchilik paytda o‘rilgan pichanlarning rangi to‘q-qo‘ng‘ir yoki och-qo‘ng‘irgacha bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida quritilgan pichan rangi och-sariq yoki kul rang bo‘ladi.
Pichan xidi o‘tlarni o‘rib olishdagi vegetatsiya davri, yig‘ishtirib olishdagi ob-havo sharoiti, quritish va saqlash usullariga bog‘liq bo‘ladi. Sifatli pichan xidi o‘ziga xos tabiy, hushboy hid beradi. Uzoq muddatda yig‘ishtirib olinmagan yoki shamolatilmay saqlangan pichan dimmiqan yoki zax bosgan hid beradi. Nam sharoitda saqlangan pichandan mag‘or hidi keladi. Hidi bo‘yicha pichan sifatini baholash qiyin bo‘lsa, 50-100 g miqdorda pichan namunasi 1 l hajmdagi shisha idishga joylashtiriladi va ustidan qaynoq suv quyiladi. Idish og‘zi 2-3 daqiqaga berkitiladi, so‘ngra xidi aniqlanadi. Bunda xidi buzulishi boshlang‘ich davrda bo‘lsa mag‘or, chirik yoki aynigan xid kuchayadi.

Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling