Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: OZIQALARNING TO‘YIMLILIGINI ENERGIYASI BERISHIGA QARAB BAHOLASH . ENERGETIK OZIQA BIRLIGI


Download 339.39 Kb.
bet28/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

5. AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: OZIQALARNING TO‘YIMLILIGINI ENERGIYASI BERISHIGA QARAB BAHOLASH . ENERGETIK OZIQA BIRLIGI.
Mashg‘ulot maqsadi: oziqalarnig to‘yimliligini almashinuv energiya va energetik oziqa birligida hisoblashni o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Oziqalarning to‘yimliligini energetik jixatdan baholash uchun 1963 yilda almashinuv energiyasidan foydalanish tavsiya etilgan. Almashinuv energiya oziqa tarkibidagi yalpi energiyaning bir qismi bo‘lib u hayvon organizmida issiqlik va mahsulot energiyasini hosil qilish uchun sarflanadigan energiyadir. Hayvon organizmida energiyaning almashinuvi 3-chizmada ko‘rsatilgan.
3-chizma
Energiya almashinuvi chizmasi

ЯЛПИ ЭНЕРГИЯ


Ҳазм бўлган моддалар энергияси

Тезак энергияси








Алмашинув ёки физиологик фойдали энергия

Ичак газлари энергияси

Сийдик энегияси







Маҳсулот энергияси

Иссиқлик алмашинуви энергияси


Oldingi mavzularda energiya balansi o‘rganilgandek, oziqa tarkibida yalpi energiyani aniqlash uchun kalorimetr asbobidan foydalanadi. Bu asbobda atmosferadagi sof kislorod ishtirokida moddalar kuydiriladi va hosil bo‘lgan issiqlik energiya miqdori qayd etiladi. Ushbu natijalar asosida 1 g yoki 1 kg oziqaning energetik qiymatiga megajoul (mDj) yoki kilokaloriya (kkal) o‘lchov birliklarida baho beriladi.
Quyidagi ma’lumotlar asosida to‘yimli moddalarning yonish natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi to‘g‘risida hulosa qilinadi: 1 g hazm bo‘lgan yog‘ - 39,7 kDj yoki 9,5 kkal; 1 g hazm bo‘lgan protein - 23,3 kDj yoki 5,3 kkal; 1 g hazm bo‘lgan uglevodlar - 17,5 kDj yoki 4,2 kkal almashinuv energiyasini hosil qiladi.
9867-61 sonli Davlat andozasiga asosan:
1 kal = 4,1868 Dj;
1 Dj = 0,2388 kal;
1kDj = 1000 Dj;
1 MDj = 1000 kDj.
Oziqa tarkibidagi almashinuv energiyasini aniqlash uchun yalpi energiyadan organizmdan ajralib chiqgan energiyalarni ayirish kerak. SHuning uchun oziqa tarkibidagi almashinuv energiyasini aniqlash uchun to‘la qonli oziqlantirish tashkil etilgan sharoitda moddalar balansi tajribalarini o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu tajribalar har xil hayvonlar uchun quyidagi ko‘rinishda ega:
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar va otlar uchun:
AlEn=yalpiEn-(tezakEn+siydikEn+metanEn);
CHo‘chqalar uchun:
AlEn=yalpiEn-(tezakEn+siydikEn);
Parrandalar uchun:
AlEn=yalpiEn – ahlatEn.
Bunda: Al ­ almashinuv; En ­ energiya.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar va otlar uchun almashinuv energiyasini aniqlash uchun metan bilan ajralgan energiyani alohida aniqlash kerak, buning uchun respiratsion kameralardan foydalaniladi. CHo‘chqa va parrandalarda ichak gazlar bilan ajraladigan energiya juda kam miqdorda bo‘lganligi uchun hisobga olinmaydi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar va otlar uchun ichak gazlari bilan ajraladigan energiyani hisob–kitob yo‘li bilan ham aniqlash mumkin, masalan konsentrat va ildizmevali oziqalar hisobiga metan bilan ajraladigan energiya yalpi energiyaga nisbatan 5% ni tashkil etadi, ko‘k va siloslangan oziqalarda – 10% va dag‘al oziqalarda – 15% ni tashkil etadi. Umuman olganda oddiy ratsionlarda metan bilan ajraladigan energiya kavsh qaytaruvchilarda o‘rtacha 5-7% dan 12% gacha tashkil etadi.
Oziqalarning almashinuv energetik qiymatini energetik oziqa birligida (EOB) ifodalanishi tavsiya etilgan, 1 EOB o‘rtacha 2500 kkal yoki 10467 kDj (o‘rtacha 10 MDj) ga teng qilib qabul qilingan. 1 EOB o‘rtacha 10 MDj ga teng bo‘lganligi uchun har xil hayvonlar uchun oziqalarning almashinuv energiyasi quyidagi formula yordamida EOB hisoblab chiqariladi:

;
Oziqalarni energetik to‘yimliligini hisob–kitob yo‘llari bilan almashinuv energiyasida ifodalashning bir necha usullari mavjud.
Birinchi usul. Oziqalarning kimyoviy tarkibi va hazmlanish koeffitsientlari yordamida hazm bo‘lgan to‘yimli moddalar miqdori aniqlanadi. Almashinuv enargiyasini hisoblash uchun har bir hazm bo‘lgan to‘yimli modda o‘zining energetik koeffitsientiga ko‘paytiriladi, buning uchun hayvonlarning turlari bo‘yicha quyidagi regressiya tenglamalaridan foydalaniladi:
1) qoramollar uchun: 17,46 h.pr.+31,23 h.yog‘+13,65 h.kl+14,78 h.AEM;
2) qo‘ylar uchun: 17,71 h.pr.+37,89 h.yog‘ +13,44 h.kl +14,78 h.AEM;
3) otlar uchun: 19,46 h.pr.+35,43 h.yog‘ +15,95 h.kl +15,95 h.AEM;
4) cho‘chqalar uchun: 20,85 h.pr.+36,63 h.yog‘ +14,27 h.kl +16,95 h.AEM;
5) parrandalar uchun: 17,84 h.pr.+39,78 h.yog‘ +17,71 h.kl +17,71 h.AEM.
Bunda: h.pr. – hazmanuvchi protein; h.yog‘ – hazmanuvchi yog‘; h.kl - hazmanuvchi kletchatka; h.AEM – hazmanuvchi AEM.
YUqorida keltirilgan misolimizda boshoqli-dukkakli o‘tning kimyoviy tarkibi quyidagicha bo‘lgan: protein – 2,4%, yog‘ – 0,6%, kletchatka – 6,0% va AEM – 12,5%.
Balans tajribalarida aniqlangan to‘yimli moddalarning hazmlanish koeffitsientlari quyidagicha bo‘lgan: protein – 60%, yog‘ – 52%, kletchatka – 68% va AEM – 78%.
Kimyoviy tarkibi va to‘yimli moddalarning hazmlanish koeffitsientlari asosida 1 kg o‘tning tarkibida: 14,4 g (24×60÷100) hazm bo‘ladigan protein; 3,1 g (6×52÷100) hazm bo‘ladigan yog‘; 40,8 g (60×68÷100) hazm bo‘ladigan kletchatka va 97,5 (125×78÷100) hazm bo‘ladigan AEM borligi aniqlandi.
YUqorida keltirilgan qoramollar uchun regressiya tenlamasi yordamida 1 kg boshoqli-dukkakli o‘t tarkibida saqlanadigan almashinuv energiyasini hisoblab chiqamiz:
AlEn=17,46×14,4+31,23×3,1+13,65×40,8+14,78×97,5=2346,2 kDj yoki 2,34 MDj
Ikkinchi usul. Ushbu usulda almashinuv energiya hazm bo‘lgan energiya orqali aniqlanadi, ma’lumki 1 g hazm bo‘lgan to‘yimli modda yig‘indisi 18,43 kDj (4,41 kkal) hazm bo‘lgan moddalar energiyasiga teng, va ushbu energiya almashinuv energiyaga nisbatan qoramollarda – 82%, qo‘ylarda 87%, otlarda – 92%, cho‘chqalarda – 94% ni tashkil etadi. Buning uchun oziqa yoki ratsion tarkibida to‘yimli moddalar yig‘indisi aniqlanadi (HTMY ni aniqlash formulasi 2-mavzusida keltirlgan) va uning miqdori yuqorida keltirilgan koeffitsientga ko‘paytiriladi. Ushbu ko‘rsatkich hazm bo‘lgan moddalar energiyasiga teng bo‘lib uni almashinuv energiyasiga o‘tkazish uchun, turli xil hayvonlar uchun nisbatlar koeffitsientlaridan foydalaniladi.
Masalan, yuqorida keltirilgan misolimizda 1 kg boshoqli-dukkakli o‘tning tarkibida hazm bo‘lgan to‘yimli moddalar miqdorini hisoblab chiqamiz:
HTMY=14,4+(3,1×2,25)+40,8+97,5=159,7 g.
Hazm bo‘lgan to‘yimli moddalarning energiyasini hisoblab chiqamiz:
159,7×18,43=2942,7 kDj hazm bo‘lgan energiya.
Keyingi navbatda hazm bo‘lgan energiyani almashinuv energiyasiga o‘tkazish uchun qoramollar uchun qayta hisoblash koeffitsientidan foydalanamiz, ya’ni bu 82% ga teng:
2942,7×82÷100=2413 kDj yoki 2,41 MDj almashinuv energiya
Ko‘rinib turibdiki, ikkinchi usul yordamida 1 kg boshoqli-dukkakli o‘tning tarkibida aniqlangan almashinuv energiyasi birinchi usulga nisbatan 0,07 MDj ga yuqori bo‘lmoqda, yoki bu farq 2,9% ni tashkil etadi.
Uchinchi usul. Oziqa yoki ratsionning to‘yimliligini almashinuv energiyasini aniqlash uchun J.Akselson koeffitsienlaridan foydalaniladi, ma’lumki J.Akselson koeffitsientiga asosan qoramollar uchun 1 g hazm bo‘lgan modda yig‘indisi 15,45 kDj (3,69 kkal) almashinuv energiyasiga teng. Bizning misolimizda 1 kg boshoqli-dukkakli o‘t tarkibida 159,7 g HTMY borligi hisoblab chiqarildi, demak ushbu oziqa tarkibida qoramollar uchun almashinuv energiyani hisoblash uchun J.Akselson tavsiya etgan koeffitsientga ko‘paytirish kerak:
159,7×15,45=2467 kDj yoki 2,46 MDj almashinuv energiya
Ko‘rinib turibdiki, uchinchi usulda aniqlangan natija ikkinchi usuldan deyarli farq qilmaydi.
CHo‘chqalar uchun beriladigan oziqalar to‘yimliligini almashinuv energiyasida ifodalash uchun quyidagi ekvivalentlardan foydalaniladi:

  • 1 g hazm bo‘lgan yog‘ - 38,9 kDj yoki 9,3 kkal almashinuv energiyaga teng;

  • 1 g hazm protein – 18,8 kDj yoki 4,5 kkal almashinuv energiyaga teng;

  • 1 g hazm uglevodlar – 17,6 kDj yoki 4,2 kkal almashinuv energiyaga teng.

CHo‘chqalar ratsioniga kiritilgan oziqalarning to‘yimliligini almamashinuv energiyasida hisoblash uchun hazm bo‘lgan to‘yimli moddalar ushbu ekvivalentlar ko‘rsatkichlariga ko‘paytiriladi va barcha almashinuv energiya natijalari jamlanadi.

Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling