Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


Download 339.39 Kb.
bet26/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

Uglerod balansi. Organizmda yog‘ning jamg‘arilishi uglerod balansi yordamida aniqlanadi. Hazmlanish jarayonida uglerod saqlaydigan to‘yimli moddalar parchalanish jarayonida qon va limfaga so‘riladi. Hazm bo‘lmagan qismi tezak, siydik va mahsulot sifatida organizmdan ajralib chiqadi. Uning bir qismi oshqozon-ichak yo‘llarida uglevodlarning achish va bijish natijasida hosil bo‘lgan ichak gazlari (metan va boshq.) va moddalarning oksidlanish natijasida hosil bo‘lgan karbonad angidridi sifatida nafas yo‘llari bilan organizmdan ajralib chiqadi. SHuning uchun uglerod balansi quyidagi formula yordamida o‘rganiladi:
C balansi=oziqadaqi C-(tezakdagi C+siydikdagi C + nafas yo‘llari bilan ajralgan C+ ichak gazlari bilan ajralgan C+mahsulotdagi C)
SHunday qilib uglerod balansini o‘rganish uchun tezak, siydik va mahsulotlot bilan organizmdan chiqariladigan uglerodni bilishdan tashqari ichak gazlari va nafas yo‘llari bilan ajraladigan gazlarning miqdorini aniqlash kerak. SHuning uchun ushbu tajriba maxsus respiratsion kamera yordamida amalga oshiriladi. Ushbu kameraga haydalgan va undan chiqqan gazlar tarkibida uglerod miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, uglerod tenligi ham musbat, manfiy va nol ko‘rsatkichga ega bo‘lishi mukin. Buning asosida hayvon orginizmida hosil bo‘lgan yog‘ (yoki parchalanib nobud bo‘lgan) miqdori aniqlanadi. Buning uun tajriba natijasi asosida oqsil tarkibida saqlanadigan uglerod (52,54%) miqdorini bilib, sintez bo‘lgan oqsil uchun sarflanagan uglerod miqdorini aniqlashimiz mumkin. Uglerodning qolgan qismi yog‘ sintezi uchun sarflanadi. YOg‘ tarkibida o‘rtacha 76,5% uglerod saqlanadi, demak ushbu ko‘rsatkich asosida hosil bo‘lgan yog‘ miqdorini aniqlash mumkin.
Qo‘yidagi misolda (S.N.Xoxrin, 2004 y. ma’lumoti bo‘yicha) laktatsiya davrida bo‘lgan sog‘in sigir bilan o‘tkazilgan tajriba natijalari keltirilgan.
Sigir ratsion bilan 267,5 g azot qabul qilgan, organizmdan ajralib chiqgan azot: tezak bilan – 74,4 g; siydik bilan – 124,2 g; sut bilan – 55 g ni tashkil etgan. Qabul qilingan uglerod miqdori – 4413,9 g; tezak bilan ajralgan uglerod – 1433 g; siydik bilan – 194,9 g; sut bilan – 182,4 g; ichak gazlari na nafas yo‘llari bilan – 1661,0 g. Bu misolda azot va uglerod tenligi natijalari 6-jadvalda keltirilgan.
6-jadval
Azot va uglerod balansi tajriba natijalari

Ko‘rsatkichlar

Azot, g

Uglerod, g

Qabul qilindi

Ajraldi

Qabul qilindi

Ajraldi

Ozuqalar tarkibida

267,5

-

4413,9

-

Tezakda

-

74,4

-

1433,0

Siydikda

-

124,2

-

194,9

Sutda

-

55,0

-

905,0

Gazlarda

-

-

-

1661,0

JAMI ajralgan

-

253,6

-

4193,9

Balans ±

+13,9

+220,0

6-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, balans musbat ko‘rsatkichga ega bo‘lib, organizmda 13,9 g azot va 220 g uglerod o‘zlashtirilgan. Ushbu balans natijalari asosida quyidagi hisob-kitob olib boriladi:


1) ma’lumki, quruq muskul oqsili tarkibida o‘rtacha 16,67 % azot saqlanadi, buning asosida organizmda sintez bo‘lgan oqsil 83,3 g (13,9×100÷16,67) ni tashkil etadi;
2) oqsil tarkibida o‘rtacha 52,54 % uglerod saqlanadi, demak 83,3 g sintez bo‘lgan oqsil uchun sarf bo‘lgan uglerod miqdori 43,7 g (83,3×52,54÷100) ga teng;
3) uglerodning qolgan qismi, ya’ni 220-43,7=176,3 g yog‘ni hosil qilish uchun sarflangan;
4) yog‘ tarkibida o‘rtacha 76,5 % uglerod saqlanadi, buning asosida organizmda sintez bo‘ladigan yog‘ miqdori hisoblab chiqariladi, ya’ni 176,3×100÷76,5=134,8 g.
5) ma’lumki, yangi hosil bo‘lgan muskul to‘qimasi tarkibida o‘rtacha 77% suv bo‘ladi (23% quruq modda), buning asosida organizmda hosil bo‘lgan go‘sht miqdorini hisoblab chiqamiz – 83,3×100÷23=362,1 g.
6) organizmda charvi ham suv bilan birgalikda to‘planadi va uning tarkibida yog‘ning o‘zi 76% dan 93% gacha bo‘ladi, bizning misolimizda bu ko‘rsatkichni o‘rtacha 85% qilib olamiz va charvi (ichki yog‘) miqdorini hisoblab chiqamiz – 134,8×100÷85=158,8 g.
7) demak sigirning go‘sht va charvi hisobiga bir kunlik o‘sish sur’ati 520,9 g (362,1 +158,8=520,9) ni tashkil etgan.



Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling