Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja
Download 339.39 Kb.
|
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif
- Bu sahifa navigatsiya:
- A’lo sifatli silos
- YAxshi sifatli silos
- O‘rta sifatli silos (qoniqarli). Agrada me’yordan ortiq qizigan bo‘lsa tarkibida karotin miqdri kam bo‘ladi, orgnik moddalarning hazmlanishi past bo‘ladi
- O‘rtachadan past sifatli silos (shartli yaroqsiz); o‘zoq muddat davomida bostirilgan, yaxshi zichlanmagan va germetizatsiyalanmagan
- Juda yomon va yaroqsiz
16–jadval
Silosning pH muhiti aniqlash (A.N.Mixin usuli bo‘yicha)
Silosning pH muhiti boshqa usullar bilan ham aniqlanadi, masalan: indikatorli qog‘oz yoki maxsus pH–metr yordamida. Agar silos so‘litilgan o‘tlardan tayyolangan bo‘lsa yoki natriy pirosulfitdan konservant sifatida foydalanilgan bo‘lsa, unda silosning pH muhiti aniqlanmaydi. 17–jadvalda silosning sifatini organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlash uslubiyoti keltirilgan. Organoleptik ko‘rsatkichlari natijalari va laboratoriya tahlillari (17–jadval) asosida silosning sifatiga baho beriladi va uning klassi aniqlanadi, bundan tashqari silosning sifatini umumiy ballar yig‘indisi asosida ham baholash mumkin (17–jadval). 17–jadval Ballar yig‘indisi asosida silosning tasniflanishi
Silosning pH muhiti 3,7 dan kam bo‘lsa uni nordonlashtirish lozim, buning uchun ammiakli suv, ohakli eritma, bo‘r va natriy bikorbonatlardan foydalaniladi. O‘ta nordon silosning yaxshi iste’mol qilinishi uchun uni ishqorli reaksiyasiga ega bo‘lgan, engil hazmlanadigan uglevodlarga boy bo‘lgan (ildizmevalilr, oziqaviy patoka) oziqalar, pichan hamda o‘t uni bilan aralashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 18–jadval Silosning sifatini organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlash
19–jadval Laboratorriya tahlillari asosida silos sifatini ballar bo‘yicha baholash
*Kimyoviy konservantlar bilan makkkajo‘xori va kunbaboqar o‘simliklardan tayyorlangan silos (I,II va III klasslar uchun namligi mos ravishda 82, 85 va 88% dan ziyod bo‘lmagan). Natriy pirosulfit bilan konservatsiya qilingan silosning pH aniqlanmaydi. Propion kislotasi va uning boshqa kislotalar aralashmalari eritmasi bilan konservatsiyalangan silos tarkibida moy kislotasining umumiy miqdori aniqlanmaydi. Boshqa konservanlar qo‘llanilganda moy kislotasi miqdori I va II klassga mansub silosda 0,1 g% dan; III –klassga mansub silosda esa 0,2 g% dan oshmasligi kerak. ** So‘litilmagan bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar va barra o‘tlar. Senaj – bu ko‘k o‘tlarni 45–55% namligigacha quritilib anaerob sharoitda konservatsiya qilingan shirali oziqadir. Senaj asosan dukkakli (beda, sebarga, esparset va boshq.) va dukkakli–boshoqli xashaki no‘xat, suli va boshq. aralashmalari) o‘tlardan tayyorlanadi. Konservatsiyalanish xususiyati asosan oziqalarning fiziologik qururiqligi, CO2 to‘planishi va kam miqdorda organik moddalarning hosil bo‘lishi hisobiga amalga oshiriladi. Senaj ko‘k o‘tlar tarkibidagi to‘yimli moddalarning maksimal darajada saqlab qolishga imkon beradigan yuqori sifatli oziqa hisoblanadi. Senaj past kislotaligi (pH 4,5–5,5), yuqori oziqaviy qiymati va parxezlik xususiyati bilan xarakterlanadi. Senaj hayvonlarga edirishga tayyor bo‘lganidan so‘ng uning sifati o‘rganiladi, buning uchun organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha oziqa hidi, rangi, vegetativ organlarning strukturasi hamda laboratoiya tahlillari bo‘yicha quruq modda tarkibida saqlanadigan karotin, protein, kletchatka hamda organik kislotalarning nisbati aniqlanadi. Hidi. YAxshi sifatli senajning hidi xushboy, meva hidini beradi. O‘rta sifatli senajning hidi yangi yopilgana javdar noni hidini beradi, ushbu hid senajni bostirish yoki saqlash jarayonida qizib ketish natijasida hosil bo‘ladi. Bunda organik moddalarning hamlanish darajasi pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Buzulgan yoki yaroqsiz senaj hidi mog‘or, dog‘lanmagan moy, sirka yoki go‘ng hidini beradi. Rangi. YAxshi sifatli senajning rangi o‘simlik turiga qarab yashil, qo‘ng‘ir–yashil, sarg‘ich–yashil bo‘ladi. O‘rta va o‘rtachadan past sifatli senajning rangi uning me’yordan ortiq qizib ketish natijasida och–jigan rang yoki to‘q–jigar rang bo‘ladi. YAroqsiz holatga kelgan senaj rangi to‘qroq tusga ega bo‘ladi, ya’ni qora, qo‘ng‘ir va h.k. Bunday senaj mog‘orlangan bo‘lishi ham mumkin. Download 339.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling