Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


Download 339.39 Kb.
bet35/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

Mashg‘ulot maqsadi: omixta emlar turlari va retseptlari bilan tanishish, ularning to‘yimliligi va sifatiga qo‘yilgan talablarni o‘rganish.
Davlat andozasi bo‘yicha omixta emlarning sifatiga baho berishda quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: tashqi ko‘rinishi; rangi, hidi, namligi, ifloslanganligi, kislotaligi, kattaligi, briket va granularning ushoqlanish darajasi.
Omixta emning namligi, kislotaligi, ombor zararkunandalar bilan ifloslanganligi donli oziqalar sifatini aniqlash usullariga o‘xshashdir. Em tarkibiga kiritilgan oziqalarga mos holda sifatli bo‘lishi kerak, bunda chirik, chirik­mog‘orlangan hidlar va hidi bo‘yicha boshqa buzilish olamatlari bo‘lmasligi kerak.
Parrandalar uchun tayyorlangan emning namligi 13%, hayvonlar uchun 14,5% dan oshmasligi kerak. Xo‘jalik sharoitda omixta emning namligini tahminan aniqlash mumkin. Buning uchun bir qism oziqa kaftga olinadi va qisb ko‘riladi, bunda quruq em g‘irchirlaydi, kaft ochilgandan so‘ng em sochilib ketadi. O‘rta namlikdagi em kaft ochilgandan so‘ng to‘ppani hosil qiladi va barmoq bilan engil tegizilganda sochiladi. Nam bo‘lgan em kaftda to‘ppani hosil qilib, barmoq bilan engil tegizilganda shaklni yo‘qotmaydi.
Ombor zararkundalar ko‘rinishda zararli aralashmalar em tarkibiga kirgan xom ashyo uchun belgilangan miqdordan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Onasidan ajratiladigan cho‘chqa bolalari, bo‘g‘ozlikning ikkinchi davri va emzikli urg‘ochi hayvonlar hamda 6 oygacha bo‘lgan buzoqlar uchun tayyorlanadigan omixta em tarkibida ombor zararkunandalar bo‘lmasligi kerak. Boshqa hayvonlar uchun em tarkibida qora kuya 0,05% va kakra va boshqa zararkunandalar bilan 0,04% dan oshmasligi kerak. Omixta emlarlarning 1 kg tarkibida o‘rgamchaksimon va xashoratlar 5 ekzemplyardan oshmasligi kerak.
Omixta em tarkibida qum va boshqa xlorid kislotasida erimaydigan minerallar bilan ifloslanishini zootexniyaviy tahlili yordamida aniqlanadi. Buning uchun oziqa namunasi mufel pechkasida kul hosil bo‘lguncha to‘liq kuydiriladi, so‘ngra kulni xlorid kislotasida eritiladi va tarkibida kul elementlari bo‘lmagan (bezolnыy) filtr orqali filtirlanadi. So‘ngra filtr va unda qolgan qoldiq oldindan qizdirilgan va tarozida tortilgan tigelda kuydiriladi. Kuydirilgandan so‘ng eksikatorda sovutilib tarozida tortiladi.
Hayvonlarning tur va yoshiga qarab omixta em tarkibida minerlli aralashmalar 0,2% ­0,8% dan oshmasligi kerak.
Omixta emlar tarkibida o‘tkir burchakli metal aralashmalar bo‘lmasligi kerak. Metal aralashmalar bilan ifloslanishini aniqlash uchun omixta emdan 1 kg o‘rtacha namuna olinadi va oyna ustiga 0,5 sm qallinlikda yoyib chiqiladi. Magnit (kamida 12 kg yuk ko‘tara oladigan) yordamida oziqani to‘liq qamrab oladigan maydon tozalanadi. Magnitga yopishgan metall zarrachalari extiyotkorlik bilan to‘lik tozalab olinadi va elektron tarozida 0,0002 g aniqligigacha tortiladi va standart bilan taqqoqslanadi.
Omixta emning katta­kichikligini aniqlash uchun 100 g oziqa namunasi elakda elanadi. Buning uchun teshiklar diametri 1, 2, 3 va 5 mm bo‘lgan elak turlaridan foydalaniladi. Elak teshiklari diametri kamayadigan ketma­ketligida (tepadan pastga) bir­birigi kiydiriladi. Oziqani elaganda 1 daqiqa davomida 110­120 marotoba gorizontal yo‘nalishda 10 sm gacha xarakatlar amalga oshiriladi. Xosil bo‘lgan to‘ppalar asta­sekinlik bilan maydalanadi va 2 daqiqa davomida elanadi. Har bir elakda qolgan fraksiya qoldiqlari 0,1 g aniqligigacha tarozida tortiladi. Har bir fraksiya tarkibida maydalanmay qolgan butun donlar sanaladi va ularning turlari aniqlanadi (ekilgan va yovvoyi). Bunda butun donlar barcha qavatlari va qobig‘i saqlangan, ezilmagan va ko‘karmaganlar hisoblanadi. Omixta em­konsentrat tarkibida (oziqalar turiga qarab) butun donlar 0,3­0,7%; to‘liq ratsionli omixta emlarda 0,3­0,5%, shu jumladan yovoyi o‘simliklar urug‘lari 0,1% dan oshmasligi kerak.
Briket shaklida ishlab chiqarilgan emning zichligi kg/m3 da o‘lchanadi, bunda saqlamay hayvonlarni oziqlantirish uchun ishlab chiqarilgan briketlarning zichligi ­ 500­700 kg/m3, 2 oygacha saqlash uchun ishlab chiqarilgan briketlarning zichligi 700­1200 kg/m3 ni tashkil etish kerak. Granula shaklida ishlab chiqariladigan omixta emlarning zichligi 600­1300 kg/m3 ga teng bo‘lishi kerak.
Briket shaklida tayyorlangan omixta emlarning ushoqlanish darajasi 15% dan oshmasligi kerak, granular uchun ­ 12%, elaganda 2 mm diametrli teshikdan o‘tish 10% oshmasligi kerak. 1-Mavzu: Kimyoviy laboratoriyada ishlash uchun asosiy texnika xavfsizligi qoidalari.
Mashg’ulot maqsadi: kimyoviy laboratoriyada ishlash uchun asosiy texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish. Zaruriy refaol va eritmalarni tayyorlash, asbob va uskunalarni ishlash holatini tekshirish.

Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling