Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


Download 339.39 Kb.
bet4/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

Hazmlanish koeffitsenti deb, hazm bo’lgan moddalarning umumiy qabil qilingan moddalarga bo’lgan nisbatining foizda ifodalanishiga aytiladi.
I.S.Popovning qo‘chqorlar bilan hazmlanish bo‘yicha o‘tkazgan tajribasida olingan natijalar: qo‘chqor 1 sutkada 800 g pichan egan, 10 kunda esa 8000 g pichan egan va 10 kun davomida 7000 g nam tezak ajratgan. Ozuqa va tezakning kimyoviy tarkibi va organik moddalarning hazmlanish koeffitsenti quyidagicha:

Ko‘rsatkichlar

Proteinlar

Yog’

AYEM

Kletchatka

Pichan, %

7,39

0,40

33,69

32,29

Tezak, %

4,09

0,75

15,70

17,47

Ozuqada jami qabul kilngan, g

591,2

112,0

2695,2

2583,2

Tezakda chiqgan, g

286,3

52,5

1099,0

1222,9

Hazmlangan, g

304,9

59,5

1596,2

1360,3

Hazmlanish koef, %

51

53

59

52

Ozuqalarning hazmlanishini aniqlash uchun bir hil tirik vazndagi, yoshdagi, zotdagi 3-4 ta sog‘lom hayvon ajratib olinadi. Cho‘chqa va parrandalarda organizmida oshqozon, ichakdagi qurtlarni chiqarish maqsadga muvofiq.
Hazmlanishni aniqlash tajribasi
1 – davr: tayyorgarlik ko’rish davri
2 – davr: hisob – kitob davri
Tayyorgarlik ko‘rish davri oshqozon ichak sistyemasini eski ozuqalardan tozalash o‘rganilayotgani esa organizmni o‘rgatish uchun o‘tkaziladi. Tayyorgarlik davri kavshovchi va otlar uchun 10-15 kun cho‘chqa va parrandalar uchun esa 7-10 kun davom etadi. Hisob -kitob davri hayvon turiga qarab 5-10 kun davom etadi. Bu davrda bergan ozuqa miqdori va emay qolgani, chiqarilgan tezak miqdori kimiyoviy tahlil uchun namuna olinadi.
Tajribadagi mol uchun maxsus moslamalar tiqilib chiqargan tezagi yig‘iladi. Ular uchun alohida oxurlar va suv ichish moslamalari ajratiladi.
Agarda biron-bir ozuqaning hazmlanish koeffitsentini alohida o‘rganmoqchi bo’lsa tajriba 3 davrdan iborat bo‘ladi. Birinchi tajriba davrida umumiy ratsiondagi ozuqalarning hazmlanishi aniqlanadi, ikkinchi tajriba paytida esa 1-chi asosiy ratsiondagi ozuqalardan 80% olinib, 20% o‘rganilayotgan ozuqadan olinadi. Ikkinchi hisob-kitob davridagi farq o‘rganilayotgan ozuqa hisobiga bo‘lishi aniqlanadi.
Yirik hayvonlar bilan hazmlanish koeffitsentini aniqlash, ancha murakkab, xarajatli va vaqt talab qiladi. Shuning uchun chiqarilgan tezak miqdorini yig‘ib hisoblamasdan inert indekatorlar yordamida aniqlash usulidan foydalaniladi. Buning uchun inert moddalar o‘rganilayotgan ozuqaga inert moddalar bir tekisda aralashtiriladi. Inert modda sifatida xrom oksididan foydalanish mumkin. Katta yoshdagi qoramollardan tezakning o‘rtacha namunasi to’g‘ri ichakka qo’lni solib ham olish mumkin.
Bu usuldan foydalanganda hazmlanishni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

Hazmlanish koeff.


Yaylovda boqiladigan hayvonlarda ko‘k ozuqalarning hazmlanishini aniqlash uchun 2 marotaba indikator qo‘llash usuli ishlab chiqilgan. Bu usulda hayvon tomonidan yeyiladigan ozuqa va organizmdan chiqarilgan tezak hisobga olinmaydi. Bu usul yordamida hazmlanishni aniqlashda maxsus tenglik qo‘llaniladi.


O‘tkazilgan ko’pgina tajribalar natijalari, ozuqalar tarkibidagi to‘yimlik moddalar hazmlanishi bilan hayvon tomonidan chiqariladigan tezak o‘rtasida to’g‘ridan –to’g‘ri bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi. Shuning uchun maxsus tenglik ishlab chiqildi. Bu usulda hayvon organizmi tomonidan chiqarilgan tezakning tarkibi aniqlanadi:

U - ratsiondagi organik moddalarning hazmlanishi, %
X - tezak tarkibidagi azot moddasi miqdori, %
Amalda buni bajarish uchun sigirning to’g’ri ichagidan qo‘lqop yordamida tezak olinadi.

Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling