Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


-MAVZU: OZUQALAR TASNIFI. DAG’AL OZUQALAR


Download 339.39 Kb.
bet6/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

4-MAVZU: OZUQALAR TASNIFI. DAG’AL OZUQALAR.


REJA:
1. Ozuqa haqida tushuncha, ozuqaning to‘yimliligiga ta’sir etuvchi omillar.
2. Ozuqalarning turlari (klassifikatsiyasi).
3.Dag’al ozuqalar tasnifi.
4.Dag’al ozuqalarning hayvonlar ratsionida tutgan o‘rni.


Tayanch iboralar: o‘simlik va hayvonot olamidan olingan ozuqalar; hajimli va kuchli ozuqalar; dag‘al va shiralik ozuqalar; ko‘k o‘tlar.
Mavzu matni. Ozuqa deb o‘simiklar, hayvonot va mikroblar dunyosidan kelib chiqqan, tarkibida hazm bo‘lish hususiyatga ega bo‘lgan organik va anorganik moddalarni saqlaydigan, hayvon organizmiga zarar yetkazmaydigan mahsulotlarga aytiladi.
Ozuqalarning hazmlanishi jarayonida ularning tarkibidagi to‘yimlik moddalar tarkibiy qimlarga parchalanib qon va limfaga so’riladi, ular organizmda hayotiy jarayonlarni normal kechishida, organ va to‘qimalar shakillanishida, moddalar almashinuvi boshqarilishida hamda mahsulot ishlab chiqarishida foydalanalidi.
Ozuqalarning texnolog xususiyatlarini baholashda ularning kimyoviy tarkibi, to‘yimliligi, hayvonlar tomonidan yaxshi iste’mol qilinishi, ularni konservatsiyalash, saqlanish xususiyatlari va ishlab chiqarish tannarxi hamda yedirishga tayyorlanishini ham hisobga olish zarur.
Oziqalarnining sifati va to‘yimliligiga bo‘lgan asosiy talablar Davlat va soha tarmoqlar tomonidan belgilangan standartlarga asoslanadi. Ozuqaning sifati (klass va navi) uning tarkibidagi namlik miqdori, protein, karotin, kletchatka, organik kislotalar, zararli va zaharli moddalar miqdoriga qarab belgilanadi.
Ozuqalarning tarkibi va to‘yimliligiga ta’sir qiluvchi omillar.
Ozuqalarning turli xil tabiiy va xo‘jalik sharoitida yetishtiriladi. Shuning uchun ham ozuqa yetishtiriladigan ekologik va geografik sharoitlarni bilish ham zarur.
Hayvonlarni oziqlantishda ratsionning asosiy qismini o‘simik dunyosidan kelib chiqqan ozuqalar tashkil etadi. Ozuqaning kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi tuproq va iqlim sharoitiga, o‘simikning turi va naviga, agrotexnika tizimiga, o‘g‘itlanish darajasiga, o‘rish davri va usuliga, konservirovkalanish usullariga, saqlanish sharoitiga, yedirishga tayyorlanish texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling