Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja
Download 339.39 Kb.
|
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif
Internet saytlari:
www.wikipedia; www.cnshb.ru; www.ya-fermer.ru Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirishda qo‘llaniladigan barcha donli ozuqalar kuchli ozuqalar guruhiga kiradi. Bu ozuqalar tarkibida boshqa ozuqalar turlarga qaraganda ko‘p miqdorda to‘yimli moddalarni saqlab ular yengil hazm bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Donli ozuqalar tufayli hayvonlar ratsionlarini energiya, protein, ayrim mineral moddalar va boshqa ko‘rsatkichlar buyiicha tenglashtiriladi. Donli ozuqalar kimyoviy tarkibiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: Uglevodlarga boy bo‘lgan donli ozuqalar, ularga boshoqli donlar kiradi Proteinga boy bo‘lgan donli ozuqalar, ularga dukkakli donlar kiradi Protein va yog’ga boy bo‘lgan donli ozuqalar. ularga yog’i olinadigan urug’lar kiradi. Donli oziqalarning sifatini baholashda ularning to’qligi, rangi, hidi, yaltiroqligi. Ta’mi, namligi, tozaligi, kislotaligi, ombor zararkunanda va zamburug’lar bilan ifloslanganligi o‘rganiladi. Donning to’qligi uning sifatini va to‘yimliligi baholovchi asosiy ko‘rsatkichdir. Don to’qligi bir litr hajmdagi donning gramlar hisobidagi miqdori bilan belgilanadi va bu ko‘rsatkich yuqori, o’rta va past to’qlilik darajasiga ega bo’lgan donlar deb baholanadi. Bu ozuqalar qatorida eng to‘yimli don makkajo’xoridir, ya’ni 1 kg tarkibida 1,34 ozuqa birligi bo‘ladi va to‘yimli moddalarning hazmlanish darajasi 90 %. Ammo, bu don protein, lizin, ayrim makro va mikroelementlarni kam saqlaydi. Dukkakli donlarga – no’xat, xashaki dukkaklar, soya, lyupin, vika china va boshqalar kiradi. Bu tarkibida yog’ kam miqdorda bo‘ladi. Dukkakli donlar tarkibida boshoqli donlarga Qaraganda ko‘p aminokislotalar uchraydi. Ammo ularning hazmlanish darajasi boshoqlilarga nisbatan past. Yog’lar tarkibida ma’lum darajada xolesterin va litsitin ko’proq uchraydi. Mineral moddalar saqlanishiga Qaraganda esa dukkaklilar tarkibida boshoqlarga nisbatan ko’proqdir, jumladan kobalt, yod, molibden va rux. Dukkakli donlar tarkibida boshqa ozuqalarga nisbatan karotin kam uchraydi. Dukkakli donlar hayvonlar ratsioniga asosan protein manbai sifatida uglevodorodlarga boy bo‘lgan ozuqalarga ko’shilib beriladi. Hayvonlarni dukkakli donlar bilan ko‘p gazlari me’yordan ziyod natijasida hazm qilish organlarida ichak gazlari me’yordan ziyod hosil bo‘lishi kuzatiladi. Buning sababi dukkakli donlar tarkibida proteinni hazm qilishni qiyinlashtiradigan moddalar mavjud, jumladan soya tarkibida bu gemmaglyutinin, ureaza, lipoksidaza, saponinlar va ekstrogenlardir. Qishloq xo’jaligi hayvonlarini boshoqli va dukkakli donlar aralashlari, ya’ni ularning kimyoviy tarkibi har xil bo‘lgan ozuqalar bilan oziqlantirish natijasida ularda bir birini oziqlantirishi to’ldirish vazifasi kuzatiladi. Don aralashmalari bilan oziqlantirishda hayvon organizmida mahsulot uchun sarf bo‘lgan ozuqalarning kamayishi va chorva mahsulotlarini ishlab chiqarishda ehtiyojlik kuzatiladi. Don to’qligiga, to‘yimliligiga va boshqa sifat ko‘rsatkichlariga agrotexnikasi, tuproq tarkibi, tuproq va iqlim sharoiti, o‘simikni ma’lum bir o‘sish davrlarida yig’ishtirib olishi va to’g‘ri saqlanishi ta’sir etadi. Har bir don ozuqaning turi o’ziga mos rangi, hidi, ta’mi va boshqa xususiyatlariga ega bo‘ladi. Yaxshi bo‘lmagan sharoitda saqlangan don ozuqalar tezda buziladi va ombor zararkunanadalar yoki bakteriyalar bilan zararlanishiga olib kelishi mumkin. Boshoqli donlar – ozuqa sifatida barcha qishloq xo’jalik hayvonlari uchun qo’llaniladi. Ular tarkibida don turi, navi va o‘sish sharoitiga qarab o‘rtacha 10-14 % yoki 8 dan 20 % gacha protein bo‘ladi. Proteinning 85-90 % oqsil va oqsilsiz azot saqlovchi moddalar asparagin va erkin aminokislotalardan iboratdir. Boshoqli donlar ichida makkajo’xori protein, ayrim aminokislotalar kam saqlanadi, shu jumladan lizin, triptofan va glitserinlardir. Boshoqli donlar tarkibida mineral moddalarning umumiy miqdori 1,5 dan 5 % gacha o‘zgarib turadi. Kul asosan fosfat kislotasining tuzlari va kaliydan iboratdir. Kalsiy juda kam miqdorda uchraydi. Boshoqli donlarning asosiy turlari karotinni kam saqlaydi. Ular ichida faqat sariq navli makkajo’xorining 1 kg tarkibida 5 mg gacha uchraydi. Don ozuqalardan unumli foydalanish maqsadida ularni mollarga yedirishdan oldin ham ko’zda tutiladi. Yedirishdan oldin tayyorlash asosiy usullaridan biri maydalashdir. Butun donning tashqi qatlamdagi kletchatka ozuqani hazm qilishga to’sqinlik qiladi. Maydalangan don esa yengil chaynaladi va to‘yimli moddalar so’lak, oshqozon shirasi va boshqa fermentlar ta’siriga bevosita uchraydi. Yedirishdan oldin tayyorlash usullariaga termik, achitish, ko’kartirish va boshqalar kiradi. Bu usullar ozuqaning yedirilmaganligini va hazmlanish darajasini ko‘paytiradi. 3. Omixta-yem to‘liq qiymatli oziqlantirishni tashkil etish uchun ilmiy asoslangan retseptlar asosida tuzilgan har xil ozuqa vositalarning bir xil darajada maydalangan aralashma ozuqadir. To‘liq qiymatli omixta yemlarni tuzishning iqtisodiy jihatdan nazariy asosi shundan iboratki har xil ozuqalardan aralashma tayyorlashda ulardagi har xil to‘yimli elementlarida bir birini to’ldirish xususiyati paydo bo‘ladi. Omixtani tug‘ri tuzishda hayvonlarni me’yoriy darajada energiya, protein aminokislota, vitamin va minearl moddalar bo‘yicha oziqlantirishga imkon beradi. Omixta retseptlari ilmiy muassasalarda eng so’nggi har xil turdagi qishloq xo’jaligi hayvonlarni oziqlantirish ma’lumotlari asosida tuziladi. Eng qulay retseptlar maxsus dastur asosida elektron hisoblash mashinalarda tuziladi va Davlat tomonidan standart sifatida tasdiqlanadi. Omixta yemlar hayvonlar turiga, yoshiga, jinsiga, fiziologig holatiga va mahsuldorligiga qarab tayyorlanadi. Bu ozuqalarning biologik to‘liq qiymatligi hayvonlarning energiya, protein, aminokislotalar, makro va mikroelementlar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalarga bo‘lgan talabini qondirish bilan xarakterlanadi. U yoki bu tur hayvonlarga mo’ljallangan retsept raqamlanadi: Tovuqlar uchun – 1 dan 9 gacha Kurka uchun – 10 dan 19 gacha O‘rdak uchun 20 dan 29 gacha G‘oz uchun 30 dan 39 gacha Kaptar uchun 40 dan 49 gacha Cho‘chqa uchun 50 dan 59 gacha Qoramol uchun 60 dan 69 gacha Ot uchun 70 dan 79 gacha Qo‘y uchun 80 dan 89 gacha Quyon va nutra 90 dan 99 gacha Mo‘ynali hayvonlar 100 dan 109 gacha Laboratoriya hayvonlari 120-129 gacha Bir tur hayvonlar uchun yana qo‘shimcha retseptlar quyidagicha raqamlanadi. Misol, qoramolar uchun: Sog‘in sigirlar 60 Sutdan chiqqan va bug‘oz chigirlar 61 1 oylik 6 oygacha bo‘lgan buzoqlar 62 6 oydan 12 oygacha bo‘lgan qoramol 63 12 oydan 18 oygacha qoramol 64 Bo‘rdoqiga boqiladigan qoramol 65 Nasilli buqalar 66 Quyidagi omixta yem turlari ishlab chiqariladi: Download 339.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling