Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja
Download 339.39 Kb.
|
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-MAVZU: HAYVONLARINI ME’YOR ASOSIDA OZIQLANTIRISHNING ASOSIY ELEMENTLARI. SUTDAN CHIQQAN BO’G’OZ SIGIRLAR VA G’UNOJINLARNI OZIQLANTIRISH Reja
Nazorat savollar
Dukkakli donlarga qaysi turdagi donlar kiradi? 2. Boshoqli donlarga qaysi turdagi donlar kiradi? 3. Donlarni yedirishga tayyorlash usullari? 4. Don sifatini qaysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi? 5. Omixta yemlar necha xil bo‘ladi? 7-MAVZU: HAYVONLARINI ME’YOR ASOSIDA OZIQLANTIRISHNING ASOSIY ELEMENTLARI. SUTDAN CHIQQAN BO’G’OZ SIGIRLAR VA G’UNOJINLARNI OZIQLANTIRISH Reja 1.Mе'yor asosida oziqlantirishning asosiy elеmеntlari 2. Ozuqa mе'ri qanday bеlgilanadi. 3. Ratsion dеb nimaga aytiladi. 4. Ratsion strukturasi qanday aniqlanadi? 5.Sutdan chiqgan buqoz sigirlarning to'yimli moddalarga bўlgan talabi 6.Sutdan chiqgan bug‘oz sigirlarni oziqlantirishda ratsion tuzish 7.Bug‘oz sigirlarni qish vaktida ratsion tuzish Tayanch iboralari: kepak, tegirmon changi, muchka, shuluxa, shrot, kunjara, ozuqaviy fosfat, barda, jom, mezga, pivo kesmasi, pivo drobinasi. Adabiyotlar: Chorvachilikda oid prezident farmonlari, k-x vazirligi byulletenlari R. Xamrakulov, K. Karibaev. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish. Toshkent 1999. V.N.Bakanov, V.K.Menkin. Kormlenie s-x jivotnыx, M. 1989 y G.A.Bogdanov. Kormlenie s-x jivotnыx M.1990 y Qishloq xo‘jalik hayvonlarni me’yorda oziqlantirishni tashqil qilishdan asosiy maqsad oziqlantirishni tug‘ri yo‘lga qo‘yish bilan salomatligini saqlab, takror ishlab chiqarishni ta’minlangan xolda, hayvonlarning genetik imkoniyatlarini amalga oshirishdan iboratdir. Oziqlantirishni tug‘ri yo‘lga qo‘ymaslik ya’ni etarlik darajada oziqlantirmaslik natijasida hayvon organizmi o‘sish va rivojlanishidan orqada qolib, ko‘zda tutulgan mahsulot miqdori va sifati pasayishga sabab bo‘ladi, oganizmning immuniteti pasayib tarli hil kasalliklarning paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Bundan tashqari xo‘jalikning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ham keskin ta’sir ko‘rsatadi. SHuni ta’kidlash joizki, me’yoridan ziyod oziqlantirish ham hayvonlar organizmiga salbiy tasir ko‘rsatadi, masalan hayvonning semirib ketishi natijasida hayvon mahsuldorligi pasayadi, ayniksa nasllik buqa, quchqor, cho‘chqa va boshqa erkak hayvonlarda urug‘ olish jarayoni qiyinlashadi, tuhum beruvchi tovuqlarning tuxumdorligi pasayadi va x.k. SHuning uchun chorvachilikning samarali yuritishining asosi - hayvonlarni me’yor asosida oziqlantirishdir. Ozuqa mе'yori dеb - hayvonlarning sog’ligini, takroriy ishlab chiqarish funktsiyasini, ko’zda tutilgan mahsulotni bеrishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan to'imli moddalarga bo'lgan talabiga aytiladi. Ozuqa me’yor o‘rta semizlikdagi hayvonlarga muljallanagan bo‘lib, organizmning to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabi ko‘p sabablarga bog‘liq bo‘ladi, masalan hayvon turiga, zotiga, yoshiga, tirik vazniga, mahsuldorgigiga, fiziologik holatiga, bajariladigan ishning og‘irligiga hamda ularni saqlash usullariga. Hayvonlarning ozuqa bo‘lgan talabi maxsus respiratsion kameralarda modda va energiya balansini aniqlash yoqi ilmiy-ishlab chiqarish tajribalarida aniqlash mumkin. Kichik vaznga ega bo‘lgan (qo‘y, cho‘chqa, quyon, parranda) hayvonlarda nazorat so‘yimini o‘tkazish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin bo‘ladi. Hayvonlar ratsionida ozuqalarning energetik to‘yimliligi 1 ozuqa birligi yoki 1 kg ozuqa tarkibidagi almashinuv energiyasi miqdori bo‘yicha hisoblanadi. Ozuqadagi to‘yimli moddalar organizm tomonidan turli hil moddalar almashinuvi jarayonlar uchun, hayotni saqlash (issiqlik energiyasini hosil qilish) hamda mahsulotni hosil qilish uchun ishlatiladi. SHuning uchun ozuqa me’yorlarida hayvonlarning umumiy talablari deb tushuniladi. Ammo, hayotni saqlash va mahsulot uchun sarflanadigan energiya nisbatlari hayvonlarning mahsuldorligiga bog‘liqdir, ya’ni mahsuldorlik qancha yukori bo‘lsa bir birlik mahsulotni hosil qilish uchun yuqori mahsuldor hayvonlarda bu sarf kam bo‘ladi.. Masalan tirik vazni 500 kg, lekin mahsuldorligi har xil bo‘lgan sog‘in sigiralarning 1 kg sut hosil qilish uchun sarflanadigan ozuqa birligini ko‘rib chiqamiz: Download 339.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling