Nazorat uchun savollar:
Mе'yor asosida oziqlantirishning asosiy elеmеntlari nimadan iborat?
Ozuqa mе'ri qanday bеlgilanadi?
Ratsion dеb nimaga aytiladi?
Ratsion strukturasi ?anday aniqlanadi?
Mе'yor asosida ozi?lantirishning asosiy elеmеntlari nimadan iborat?
Ozuqa mе'ri qanday bеlgilanadi?
AMALIY MASH’GULOT MATERIALLARI
1.AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: OZIQALARNING TO‘YIMLILIGINI BIRLAMCHI KO’RSATGICH ASOSIDA BAHOLASH
Mashg‘ulot maqsadi: oziqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibi asosida baholashni o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Oziqalarning to‘yimlilik darajasiga baho beradigan birlamchi ko‘rsatkich bu ularning kimyoviy tarkibidir. O‘simlik va hayvon tanasining kimyoviy tarkibi o‘rtasidagi katta farq bo‘lishiga qaramasdan ularning tarkibida o‘xshashliklar ham mavjud. O‘simlik va hayvon organizmlarida davriy sistemadagi deyarli barcha elementlar mavjud, bu elementlarning 98,5% ni vodorod, kislorod, uglerod, azot, kalsiy va fosforlar tashkil etadi.
Hayvon va o‘simlik organizmi tarkibidagi kimyoviy elementlar organik va anorganik birikmalar tarkibiga kiradi. Organik birikmalarga protein, yog‘, ugdevodlar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar kiradi. Anorganik birikmalarga mineral moddalar va suv kiradi.
Oziqalarning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun birinchi navbatda oziqalarning xususiyatiga qarab o‘rnatilgan tartibda ulardan o‘rtacha namuna olinadi va laboratoriya sharoitida qurutish usuli bilan uning namligi aniqlanadi. SHuni ta’kidlash joizki, oziqa tarkibidagi namlik miqdori uning to‘yimlilik darajasini belgilmaydi, chunki suv anorganik modda bo‘lib energetik qiymatga ega emas. Namlik darajasi oziqaning texnologik xususiyatini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki turli hil oziqalarni tayyorlashda, masalan silos, senaj va boshqalarda namlik darajasi oziqaning konservatsiyalanish xususiyatini belgilaydi, bundan tashqari namlikning me’yordan ziyod bo‘lishi zararli mikroorganizmlarning (chirituvchi bakteriyalar, mog‘or bostiruvchi zambrug‘lar) rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Oziqa tarkibida suvdan qolgan qism quruq modda hisoblanadi va uning tarkibida anorganik va organik moddalarning saqlanishi aniqlanadi.
Anorganik moddalar guruhiga xom kul kiradi. Xom kul mineral moddalardan tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibiga makro- va mirkoelementlar kiradi. Makroelementlarga kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, xlor, magniy va oltingugurt kiradi. Mikroelementlarga esa temir, rux, mis, yod, molebden, marganets, kobalt va selen kiradi. Oziqalar tarkibida makroelementlar grammlarda, mikroelementlar esa milligramm yoki mikrogrammlarda o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |