Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja
-chizma Oziqalarning kimyoviy tarkibini aniqlash chizmasi
Download 339.39 Kb.
|
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif
1-chizma
Oziqalarning kimyoviy tarkibini aniqlash chizmasi ОЗИҚА Сув Қуруқ модда Энергия Алмашинув Умумий Органик моддалар Хом кул (минерал моддалар) Биологик фаол моддалар (витаминлар, ферментлар, гормонлар ва бошқ.) Хом протеин: - парчаланадиган (ПП) - парчаланнмайдиган (ПнП) Хом ёғ
Углеводлар Структурасиз Амидлар Оқсиллар Структурали Клетчатка (лигнин, целлюлоза, гемицеллюлоза–НДК) Крахмал, қандлар, органик кислоталар ва бошқа АЭМ Xom protein boshqa moddalardan azot saqlashi bilan ajaralib turadi va azot saqlaydigan organik moddalar guruhiga kiradi. Uning tarkibiga oqsil va oqsil xususiyatga ega bo‘lmagan azot tutuvchi birikmala (amidlar) kiradi. Amidlar guruhi erkin aminokislotalar, aminokislotalar amidlari, azotli alkoloidlar, organik ishqorlar va ammoniy birikmalar, shu jumladan nitrat va nitritlardan ham tashkil topgan. Ayrim amidlar o‘simlik organizmida oqsil sintezi to‘lig‘icha hosil bo‘lmagan yoki ferment va bakteriyalar yordamida parchalanish jarayonida hosil bo‘ladigan mahsulotlardir. Oziqalar tarkibidagi yog‘ va uglevodlar azot saqlamaydigan moddalar guruhiga kiradi. YOg‘lar glitserin va yog‘ kislotalaridan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida uglevodlarga nisbatan kislorod kam saqlab, uglerod va vodorodni ko‘p saqlaydi, yog‘ning oksidlanish paytida uglevodlarga nisbatan 2,25 marotoba ko‘p energiya ajratadi, shuning uchun organizmda asosiy energetik manba bo‘lib hisoblanadi. YOg‘ olinadigan o‘simlik urug‘larida (paxta chigiti, soya, kungabaqar, zig‘ir, kunjit, mashar va bosh.) hamda ularni qayta ishlashdan qolgan qoliqlarida (shrot va kunjara) yog‘ ko‘p miqdorda saqlanadi. Hazmlanish xususiyatiga qarab uglevodlar ikki guruhga, ya’ni strukturali va strukturasiz uglevodlarga bo‘linadi. Birinchisiga xom kletchatka va ikkinchisiga azotsiz ekstrfaol moddalar (AEM) kiradi. Xom kletchatka tarkibiga sellyuloza (shaxsiy kletchatka), gemitsellyuloza (pentozalar va geksozanlar) va qiyin hazmlanadigan moddalar (ligin, kutin, suberin) kiradi. Kletchatka faqat o‘simlik tarkibida uchraydi va hujayrani tashqi muhitdan himoya qilib tarkibida hazmlanishi qiyin bo‘lgan moddalarni saqlaganligi uchun, boshqa to‘yimli moddalarga nisbatan qiyin hazmlanadi. Oziqa tarkibidagi xom kletchatka miqdori ham uglevod sifatida uning energetik to‘yimliligini belgilashda ishtirok etadi. Kletchatkani ko‘p saqlaydigan oziqalarga dag‘al poyali oziqalar kiradi, ya’ni pichanlarda 25-26%, samonlarda – 33-42% kletchatka saqlanadi. Xom kletchatka tarkibida neytral-detergent kletchatka (NDK) va kislotali-detergent kletchatka (KDK) aniqlanadi. Oziqa namunasiga neytral-detergent etirmalari ta’siridan so‘ng qolgan qism NDK deb nomlanib, uning tarkibiga sellyuloza va lignin kiradi. Oziqa namunasiga kislotali-detergent eritmalari ta’siridan so‘ng qolgan qism KDK deb nomlanib uning tarkibiga gemitsellyuloza va NDK kiradi. Azotsiz ekstrakt moddalarning (AEM) asosiy qismini kraxmal va qandlar tashkil etadi, bundan tashqari ularga organik kislotalar (shavel, olma, sut, sirka, moy kislotar), inulin va pektin moddalar kiradi. Kraxmal ko‘p miqdorda don, ildizmeva va tuganaklarda saqlanadi, ularda quruq modda tarkibining 50-60% ni kraxmal tashkil etadi, kartoshkada 14%. Kraxmalning o‘ziga xos shakli inulindir, u ko‘p miqdorda topinambur (er noki) tuganagida saqlanadi. Hayvonlar organizmida kraxmalga o‘xshash bo‘lgan uglevod bu glikogendir, u asosan muskul va jigarda zahira sifatida to‘planadi. Qandlar (glyukoza, fruktoza, mannoza va boshq.) ko‘p miqdorda ildiz va tuganak mevalilarda hamda o‘simlik poyasining shiralari tarkibida saqlanadi. Hayvonot olamidan olinagan qandning yagona vakili bu laktozadir, u sut tarkibida 3-6 % atrofida saqlanadi. Bundan tashqari organik moddalar guruhiga biologik faol moddalar ham kiradi (vitamin, ferment va boshqalar). Bu moddalar oziqa tarkibida kam miqdorda bo‘lishiga qaramay modda almashinuvi jarayonlarida katta ahamiyatga egadir. Oziqalar tarkibidagi to‘yimli moddalar miqdori o‘zgaruvchan bo‘lib bir qator omillarga, ya’ni tuproq tarkibi, ob-havo va iqlim sharoiti, o‘simliklarni o‘g‘itlash, agrotexnika, o‘simliklarning vegitatsiya davri va boshqa bir qancha omilarga bog‘liq bo‘ladi. Download 339.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling