Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja
Kerakli refaol, asbob va uskunalar
Download 339.39 Kb.
|
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif
Kerakli refaol, asbob va uskunalar:
Farfor kosachalari. Analitik tarozi. Kyuvet. Qurutqich shkaf yoki termostat. Pichoq yoki qaychi (maydalash uchun). Sokslet apparati. Organik erituvchi – benzin, benzol yoki efir. Eksikator. Mufel pechkasi. Tiglni ushlash uchun maxsus qaychi. Rezinali qo’lqop, xalat, ko’zoynak, respirator yoki dokali niqob. Ammoniy nitrat (NH4NO3). Vodorod peroksidi, (N2O2, 30 % li eritmasi, GOST 10929-64). Kuchli sulfat kislotasi - H2SO4 (zichligi 1,84 g/sm3, GOST 4204-77 kimyoviy toza) va uning 0,1 n. eritmasi. Bor kislotasi - H3BO3 (GOST 9656-61 kimyoviy toza) va uning 2 % eritmasi. Xlorid kislotasi - HCl (kimyoviy toza). Natriy ishqori - NaOH (33 % li eritma). Kaliy sulfat tuzi - K2SO4 (GOST 4145-65, kimyoviy toza). Indikatorlar: Toshiro, kogorot yoki metil oranj. Distillangan suv. Qizil lakmus qog’ozi. Kyeldal kolbalari ( kuydirish uchun 200-250 ml li, haydash uchun 500-700 ml li). Kyeldal apparati (ammiakni haydab olish uchun elektroplita yoki gaz asbobi, 25-50 ml li byuretka idishlari, 25-50 ml li o’lchov silindri). Shtativ. Titrlash uchun asbob. O’lchov kolbalari (250-500 ml li). Idishlarni yuvish asbobi. Namliksiz natriy sulfat (NaSO4). Kaliy bixromat (K2Cr2O7). Allina trubkasi. Gigroskopik paxta. Kimyoviy laboratoriyada ishlash jarayonida turli xil refaollar, elektr va gaz asboblari, hamda boshqa jihozlardan foydalaniladi, shuning uchun ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga qa’tiyan rioya qilish talab etiladi, aks holda baxtsiz hodisa yuz berishi, asbob uskunalarning buzilishi va ishdan chiqishiga yoki laboratoriyaga moddiy zarar yetkazish mumkin. Texnika xavfsizligini saqlash maqsadida talaba va boshqa xodimlar kimyoviy laboratoriyada quydagi qoidalarga rioya qilish zarur. 1. Kimyoviy laboratoriyada toza xalat kiygan holda dars olib boriladi va barcha ishlar bajariladi. Ish jarayonida texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda tartib-intizom va tozalik saqlanishi shart. Kimyoviy laboratoriyada suv ichish, ovqatlanish va chekish qa’tiyan man etiladi. 2. Kislota, ishqor va shunga o’xshash xavfli refaol moddalar maxsus idishda, og’zi mahkamlangan holatda, maxsus qulflanadigan shkaflarda saqlanishi shart. Barcha idishlarda refaollar nomi va ularning ko’rsatkich yozuvlari (zichligi, %) bo’lishi lozim. Ikki refaollar o’rtasida xavfli reaksiya (alanga olish, portlash) hosil qilishi mumkin bo’lgan moddalar bitta joyda saqlanishi mumkin emas. 3. Kislota, ishqor va boshqa xavfli refaollardan foydalanish jarayonida katta ehtiyotkorlik talab etiladi. Bu refaollar bilan ishlayotgan kishining qo’l, ko’z yoki boshqa tana a’zolariga tegmasligi kerak, agar nojuya harakat natijasida kislota organizmga zarar yetkazsa, uni zararsizlantirish uchun darhol 5-10 daqiqa davomida jarohatlangan joyni suv bilan yuvish kerak, so’ngra 2-5% li natriy gidrokorbonat (NaHCO3 - choy sodasi) eritmasi, yoki 1-2% li ammiak eritmasi bilan yuviladi. Agar ishqor jarohat yetkazsa, u joy darhol suv bilan yuvib tashlanadi, keyin 1-2% li limon yoki sirka kislotasi bilan zararsizlantiriladi. Yuqorida keltirilgan holatlardan so’ng tibbiy ko’rikdan o’tish lozim. Ishqor ko’zga tekkan holatda uni ko’p miqdordagi suv bilan yuvib tashlanadi, sachoq bilan quritiladi va darhol tibbiy ko’rikka murojaat qilinadi. 4. Stol yoki boshqa predmetlarga to’kilgan kislota ustiga qum sepiladi, so’ngra kurak bilan yig’ishtirib olinadi va predmet soda bilan, keyin suv bilan yuvib tozalanadi. 5. Kislota va ishqorlar bilan bajariladigan ishlar havo tortqich shkafi ichida olib boriladi. Bunda qo’lqop, ko’zoynak va respiratorlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Yuqori konsentratli kislotadan eritma tayyorlash uchun avval idishga talab etiladigan miqdorda suv olinadi, keyin suv ustiga asta-sekin kislota quyilib aralashtiriladi. Bunda kislota keraklicha o’lchaydigan silindr yordamida olinadi. 6. Tez o’yuvchi moddalar, tutab turgan xlorid va azot kislotasi bilan ishlash jarayonida 2 % li soda eritmasi bilan yengil namlangan doka niqobidan foydalaniladi. Bu holatdagi ishlar havo tortqich shkafi ichida bajarilishi kerak. 7. Gaz va elektr asboblardan foydalanishdan oldin ularning to’g’ri ishlashi yoki ishlamasligi aniqlanadi, so’ngra ishlatiladi. Bu asboblaridan foydalanish jarayonida ularning ishlashi kuzatib boriladi va undagi harorat nazorat qilinadi. Ishlayotgan gaz va elektr plitalarni qarovsiz tashlab ketish man etiladi. 8. Xavfli yonilg’i moddalarni (etil efiri, spirt, benzol, benzin, atseton, sirka etil efiri, petroley efiri va bosh.) saqlash va ular bilan ishlaganda katta ehtiyotkorlik talab etiladi. Ular faqat havo tortqich shkafi ichida, barcha yong’in havfsizlik choralari olingan va himoya qilish vositalari bor sharoitda ishlatiladi. Ish jarayonida mufel pechkasi, elektr va gaz asboblari o’chiriladi. Laboratoriada tez yonib ketuvchi moddalar 2-3 litrdan ortiq yoki tahlilni o’tkazish uchun kerak bo’lgan miqdorda saqlanishi kerak. Bu moddalarni qizdirish yoki qaynatish ishlarida, masalan moddalarni haydash (otgonka) uchun asboblarning sovutgich uskunasi to’g’ri ishlashi tekshiriladi va undagi harorat doimiy ravishda nazorat qilinib boriladi. 9. Ish vaqtida yong’in yuz bersa, uni o’chirish uchun barcha vositalardan darhol foydalanish kerak. Bunday holatlarda suv, quruq qum yoki olov o’chirgichidan foydalaniladi. Agar suvda erimaydigan (benzin, skipidar va bosh.) moddalar yong’in bersa, olovni suv bilan o’chirish man etiladi. Bunda qum, astbes yoki boshqa vositalardan foydalaniladi. 10. Ish vaqtida bajaruvchining biror bir organi yuqori haroratda kuysa, u vaqtida 1-2 % li KMnO4 yoki 2 % li NaHCO3 (choy sodasi) dan tayyorlangan tampon kuygan joyga qo’yib bog’lanadi. So’ngra tibbiy yordamga murojaat qilinadi. 11. Laboratoriyada zaharli moddalardan faqat maxsus instruktajdan o’tgan mutaxassislar foydalanishi mumkin. Bu moddalarga sinil kislotasi, kaliy sianidi, efir, xloroform, fosgen, dimetilsulfat, xloralgedrid, brom, simob, sulema, uglerod oksidi, natriyli amid, natriy va kaliy metali va boshqalar kiradi. Zaharli moddalar saqlanadigan idishlarda "Zahar", "YAd" yoki “Poison” yozuv belgisi bo’lishi kerak. Bu moddalar maxsus qulflanadigan temir shkaf yoki seyflarda saqlanadi. Xona derazalari temir panjara bilan, eshiklar esa yaxshi himoyalangan bo’lishi kerak. Zaharli moddalar uchun maxsus tarozi va idishlar ajratilgan bo’lib havo tortqich shkafi ichida shahsiy himoyalovchi vositalar yordamida ishlatiladi. Barcha zaharli moddalar ma’sul mutaxassis javobgarligida saqlanadi. 12. Ish yakunida ish joyi tartibga solinadi. Barcha gaz, elektr va boshqa asbob uskunalar o’chirilganligi tekshiriladi. Download 339.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling