Fanning maqsadi va vazifalari
Texnologik va fizik-kimyoviy nazoratning ishlab chiqarishdagi ro`li
Download 25.4 Kb.
|
yakuniy s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xom-ashyoni standartlashtirish sistemasi.
Texnologik va fizik-kimyoviy nazoratning ishlab chiqarishdagi ro`li.
Texnologik va fizik-kimyoviy nazoratning ishlab chiqarishdagi roli. Xom ashyoni qabul qilishda fizik - kimyoviy nazoratlarni olib borish va ularni sifat ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tahlil qilish, sifatli xom ashyo qabul qilishni to‘g‘ri tashkil qilish, uning konditsion vaznini to‘g‘ri aniqlashga va ularning narxlarini to‘g‘ri o‘rnatishga yordam beradi. Masalan, qabul qilib olinayotgan chigitlarni sifat ko‘rsatkichlariga qarab bir navdan boshqa navga o‘tkazish va h.k. Moyli urug‘larni saqlash davridagi nazoratlarni esa urug‘larni buzulishiga yo‘l qo‘yilishini oldini olish va ularni ishlab chiqarishga sifatli va benuqson qilib berilishiga yordam beradi. Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish ishlab chiqarilayotgan yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hamda ishlab chiqarish chiqindilarini sifatini yaxshilashga, ularni isrofgarchiligini oldini olishga va ishlab chiqrish unumini oshirishga qaratilgan. To‘g‘ri olib borilgan tahlillar asosida bajarilgan hisob-kitoblar natijasi asosida ish yuritishga o‘rgatadi. Texnologik va fizik - kimyoviy nazorat ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va korxona bo‘yicha olib boriladigan sarf - harajatlar va olinadigan daromadlar ushbu nazoratlar asosida olib borilgan hisob-kitoblar natijasidan kelib chiqadi. Xom-ashyoni standartlashtirish sistemasi. Standartlashtirish bizning mamlakatimizda va chet elda mahsulot sifatini me’yorlash asoslari bo‘lib xizmat qiladi. Amaldagi davlat SI sistemasi mahsulotni sifatini boshqarish sistemasini yaratishni uslubiy asosi bo‘lib hisoblanadi. Standartlashtirish – bu ma’lum bir tarmoqda faoliyatni belgilash maqsadida, umumiy optimal iqtisodiyotga erishishga qaratilgan qoidalarni o‘rnatish va qo‘llash demakdir. Standart - bu ma’lum bir organ tomonidan tasdiqlangan, standartlashtirish ob’ektiga kompleks me’yorlar, qoidalar va talablar qo‘yadigan standartlashtirishning me’yoriy – texnik hujjati hisoblanadi. Standart hozirgi fanning, texnikaning va ilg‘or malakaning yuksalishiga asoslanib tuziladi va jamiyat uchun optimal masalalarni echishni ko‘zda tutishi kerak. Standartlar ayrim materiallarga (mahsulot, etalonlar, moddalar namunalari va boshqalar) va tashkiliy - metodik va umumtexnik xarakterdagi ob’ektlarga quyiladigan me’yorlar, qoidalar, shartlarga qarab tuziladi. Milliy standartlar alohida bir davlat tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. SHu bilan birga milliy standartlar davlat standartlari, sohalararo standartlar, respublika standartlari va korxonalar standartlariga bo‘linadi. DST, (GOST) - Davlat standartlarini - standartlashtirish davlat komitetlari tomonidan tasdiqlanadi. Davlat standartlari - halq ho‘jaligining hamma sohalari uchun zarur hisoblanadi. SST, (OST) - Sohalararo standartlar - ayrim bir soha uchun ishlab chiqilgan va o‘sha sohaning vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘ladi. Sohalararo standartlar ana shu sohaning hamma korxonalari va tashkilotlar uchun zarur me’yoriy xujjat hisoblanadi va boshqa sohadagi korxona va tashkilotlar uchun ham (agar ular o‘sha sohani mahsulotini ishlab chiqarayotgan bo‘lsa yoki ishlayotgan bo‘lsa) zarur hisoblanadi. Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling